turg’un
va
doimiy
. Moda va soxta urflar
tez o’zgaruvchan va qisqa umrli bo’ladi, chunki ular hech bir ma’naviy
asosga ega emas. Katta ma’naviy ildizga ega va uzoq vaqtdan beri
jamiyatga ezgu xizmat qilib kelayotgan
asl an’analar bilan moddiy
maqsadni ko’zlagan va muhimlikka xizmat qiladigan vaqtinchalik urflarni
bir-biridan ajratish juda oson. Faqat, buning uchun ozgina sergaklik talab
etiladi.
Milliy
an’analarimiz sofligini saqlab qolish uchun ularni ajnabiy
madaniyatlar ta’siridan emas – to’da instinkti hosil qilgan o’tkinchi
shamollardan pana qilish lozim. Axir, bir zaminda gullab turgan daraxt
go’zalligini qo’shni daraxtning gullaridan taralgan ifor bulg’ab qo’ymaydi.
Lekin aniq bir maqsad va sababsiz bugun u yoqqa, ertaga bu yoqqa
esadigan bebosh shamollar daraxt gullarini to’kib yuborishi mumkin.
O’sha daraxt doimo gullarga belanib, yashnab turishiga esa
barchamiz
va
har birimiz
javobgarmiz. Nima dedingiz?..
Do'stlaringiz bilan baham: |