15
ko’ra muayyan fiziologik vazifaga ega va aksincha, har bir hujayraning fiziologik
vazifasi uning tuzilishi va o’rnini belgilaydi. Evolyutsion taraqqiyot davrida ekologik
muhitning o’zgarishi orga-nizmni bu o’zgarishlarga moslashishga, ya’ni adaptatsiyaga
majbur etadi. Organizmning bunday moslashish jarayo-nida hujayra asosiy rol
o’ynaydi. Hujayra tashqi muhitga moslashar ekan, organizm tashqaridan morfo-logik
o’zgarishga uchraydi. Bu xildagi o’zgarishlarni, masalan, turli sinflarga mansub
hayvonlar turlarida ochiq-oydin ko’rish mumkin. Demak, tashqi muhit ta’sirida
hujayralar o’zgarar ekan, ulardan tarkib topgan to’qimalarda ham shunday o’zgarish
jarayoni sodir bo’ladi. Хo’sh, to’qimaning o’zi nima?
Тo’qima bu-ko’p hujayrali organizmning tarixiy filogenetik rivojlanishi jarayonida
vujudga kelgan, muayyan bir fiziologik vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayra va
hujayralararo elementlar majmuasidan tarkib topgan tuzilma. U ham o’ziga xos bir
sistema, chunki bir emas, balki bir necha elementdan: hujayra va hujayralararo
moddalardan tashkil topgan bo’ladi. Тo’qimani hujayraga nisbatan sistema desak,
organlarga nisbatan element deyiladi. Chunki to’qimalar birlashib, muayyan organni
hosil qiladi. Ammo barcha organlarning to’qimalari hamisha bir xil tuzilgan bo’lmaydi.
Har qaysi to’qima u qaysi organ to’qimasi bo’lishiga qarab, muayyan morfologik
struktura va vazifaga ega bo’ladi. Chunonchi 1) strukturasiga ko’ra: epiteliy to’qimasi,
ichki muhit to’qimalari, nerv sistemasi to’qimasi va muskul to’qimasi. Bular ko’p
hujayrali hayvonlarning barchasida uchraydi va qaysi organda bo’lishiga qarab,
ko’pmi-ozmi, ahamiyatga ega; 2) bajargan vazifasiga ko’ra, garchi umumiy bo’lsa
ham: chegaralab turuvchi, ichki muhitni doimiy ravishda bir xil saqlab turuvchi,
qisqartiruvchi, ta’sirlanishni idrok etuvchi, uzatuvchi va analiz qiluvchi to’qimalar farq
qilinadi. Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, ularning har qaysisi umumiy
vazifalari doirasida alohida ixtisoslashgan maxsus funksiyani bajaradi. Nerv sistemasi
to’qi-malari xususida ham ana shunday fikrni bildirish mumkin.
Тo’qimalar, odatda, embrion rivojlanishi davrida embrion varaqlarining u yoki bu
qismlaridan rivojlanadi, bunyodga keladi va hayot faoliyati davrida yuqorida
aytilganidek, joylashgan o’rniga, binobarin, turiga ko’ra har xil vazifa bajaradi. Demak,
to’qimalarni o’rganishda dastlab ularning evolyutsiyasiga murojaat qilish kerak. Bu
jarayonni o’rganuvchi fan evolyutsion gistologiya deb ataladi. Gistologiyaning bu
sohasini, asosan, I.I.Mechnikov, A.A.Zavarzin, N.G.Хlopin rivojlantirdilar va yangi
g’oyalar bilan boyitdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: