Ушбу «Гистология» маъруза матнлари кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябрь) =ылланишга тавсия этилган



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/51
Sana04.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#526964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
13gistalogiyapdf

Miqdoriy gistoximiyaviy usullar.
Gistologik usullar uzluksiz takomillashib
murakkablashib bor-moqda. Endilikda shunday gistoximiyaviy tekshirish usullari 
yaratildiki, ular yordamida faqat to’qimalar tarkibidagi moddalar, ya’ni elementlarning 
sifatini emas, balki ularning miqdorini ham aniqlash mumkin. Bunday usullar 
gistolgiyada miqdoriy gistoximiyaviy tadqiqot usullari deb nomlanadi. Ular yordamida,
odatda, muayyan to’qima va hujayralar strukturasi aniqlanadi. 
 
Radioavtografiya usuli.
Bu usul yangi zamonaviy usul bo’lib, uning yordamida 
hujayra va to’qimalardagi moddalar almashinuvi o’rganiladi. Buning uchun hay-vonlar 
organizmiga ovqat hazm qilish sistemasi orqali yoki in’eksiya yo’li bilan har xil 
radioaktiv elementlar yoki nishonlangan birikmalar yuboriladi. Preparat tayyorlash 
odatdagi gistoloik preparatlar tayyorlash usuli bilan deyarli bir xil. Lekin farqi, bunda 
mikrotom yordamida olingan kesmalar alohida fotoemulsiyaga solib qo’yiladi. Bu 
vaqtda radioaktiv moddalar nuri to’qimalarga fotoemulsiya orqali o’tib, kumush 
bromid donachalarini sensibilizatsiya qiladi. Har xil muddatlardan so’ng shu qorong’i 
joyda ularni xuddi fotografiya qog’ozlarini tayyorlagandek qilib, "proyavitel" va 
boshqa eritmalarga solib ishlov beriladi. 
Maxsus eksperimental-morfologik tadqiqot usullari 
Hozirgi vaqtda hayvonlar yoki odam organlari, to’qimalari va hujayralarining 
tuzilishi hamda funksiyasini har tomonlama o’rganish, tadqiq qilish uchun yuqorida 
bayon etilgan tadqiqot usullaridan tashqari, yana bir qator usullar borki, ularga 
immunologik ximiyaviy tadqiqot usullari bilan maxsus eksperimental tadqiqot 
usullarini kiritish mumkin.
Shulardan keyingisi, ya’ni maxsus eksperimental-morfologik tadqiqot usullari 
amaliy tekshirish usullari bo’lib hisoblanadi. Тekshirishning bu usuli, odatda, radiatsion 
ximerlar, diffuzion kameralar usuli va organ hamda to’qimalarni transplantatsiya qilish 
usullarini o’z ichiga oladi. 
Mazkur ish gistologiya kursi dasturiga asoslan-ganligi uchun shulardan eng ko’p 
uchraydigan va student-larga ancha tanish bo’lgan organ va to’qimalarni trans-
plantatsiya qilish usuliga to’xtalib o’tamiz. 
Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, organ va to’qimalarni transplantatsiya qilish, 
ya’ni ko’chirib o’tkazish hayvonlar ayni hayot kechirayotgan davrda bajariladi. Butun 
bir organ yoki uning bir qismi, aksariyat to’qimalar parchasi bir hayvondan olinib, 
ikkinchi bir hayvonga yoki shu hayvonning boshqa biror yeriga ko’chirib o’tkaziladi. 
Bundan maqsad, ko’chirib o’tkazilgan organ yoki to’qimaning yashab ketish qonu-
niyatini, ular strukturasidagi o’ziga xos xususiyatlarni, tabiatini va bizga hali noma’lum 
bo’lib kelayotgan tomonlarni o’rganishdan iborat. Ayniqsa, qon bilan biriktiruvchi 
to’qima gistogenezining o’ziga xos tomonlarini tadqiq etishda mazkur usul ancha qo’l 



keladi. Organ va to’qimalarni ko’chirib o’tkazish joyiga ko’ra ikki xil transplantatsiya 
farq qilinadi: 
1)
 
Geterotopik transplantatsiya-organ yoki to’qima o’z o’rniga emas, balki boshqa 
joyga ko’chirib o’tkaziladi. 
2)
 
Ortotopik transplantatsiya-organ yoki to’qima
bo’shatilgan, ya’ni olib tashlangan organ yoki
to’qima o’rniga ko’chirib o’tkaziladi. 
Umuman, transplantatsiya masalalarini organ va to’qimalarni konservatsiyalash, 
sun’iy organlar yaratish hamda qo’llash usullarini ishlab chiqish va o’rganish o’ziga 
xos katta soha bo’lib, u bilan biologiya hamda meditsinaning transplantologiya sohasi 
shug’ullanadi. 
Хulosa qilib aytganda, hozirgi zamon gistologiyasi ko’p qirrali, murakkab tadqiqot 
usullariga ega. Ayniqsa elektron mikroskopiya, gistoximiya, radio-avtografiya kabi 
usullar to’qima va hujayralarning strukturasi hamda tarkibi haqida to’la tushuncha 
berish bilan birga metabolik jarayonning o’tishi xususida bizga mukammal tushuncha 
beradi. Har qaysi tadqiqot usuli o’ziga xos alohida tekshirish pozitsiyasiga ega. Ammo 
bir butun holda ular hujayra va to’qimalarning makro- va mikro tuzilishini, 
differensiyalanishi hamda regeneratsiyasini, irsiy belgilarining nasldan-naslga o’tish 
qonuniyatlarini o’rganadi va hokazo. 
Mustahkamlash uchun savollar 
 
1.
Gistologiya nima haqidagi fan? 
2.
Gistologiyaning qanday bo’limlarini bilasiz? 
3.
Gistologiyaning qanday asosiy tekshirish usul-larini bilasiz? 
4.
Тo’qimalarni ko’chirib o’tkazishning qanday usullari bor? 
Adabiyotlar 
1.
Yu.Antipchuk. Gistologiya s osnovami embriologii. M., "Prosveheniye", 1983 
2.
U.Velshi i dr. Vvedeniye v gistologiyu i gistologiyu jivotno’x. M., «Mir», 1976
3.
K. Zufarov. Gistologiya. Т., «Ibn Sino», 1991
4.
E Kodirov. Gistologiya. Т., «O’qituvchi», 1994
Тayanch iboralar 
1.
Gistologiya. 
2.
Gistologiyaning asosiy bo’limlari. 
3.
Gistologiyaning asosiy sohalari. 
4.
Gistologiyaning tekshirish metodlari. 
5.
Gistologiyaning maxsus eksperimental morfologik tadqiqot usullari. 



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish