Ушбу «Гистология» маъруза матнлари кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябрь) =ылланишга тавсия этилган



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/51
Sana04.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#526964
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Bog'liq
13gistalogiyapdf

Qon plastinkalari-Тrombotsitlar 
Qon plastinkalari eritrotsitlar va leykotsitlar bilan bir qatorda qonning uchinchi xil 
shaklli ele-mentlarini tashkil etadi. Leykotsitlar va eritrotsit-lardan farqli ravishda qon 
plastinkalari haqiqiy hujayralar bo’lmay, suyak ko’migidagi gigant megaka-riotsit 
hujayralari sitoplazmasining mayda parcha-lari hisoblanadi. Shu tufayli trombotsit 
termini odam qon plastinkalariga nisbatan unchalik to’g’ri emas.
O’zida yadro saqlovchi va haqiqiy hujayralar bo’lgan trombotsitlar faqat tuban 
umurtqalilarda kuzatiladi va Reklengauzen hujayralari deb ataladi. Normal sharoitda 
qon plastinkalarining miqdori odam qonida 1 mm

da 200000 dan 300000 gacha 
bo’ladi. Qon plastinkalari, odatda, yumaloq va oval shaklga ega bo’lib, ularda periferik, 
strukturaga ega bo’lmagan zona-gialomer va markaziy, donador zona-granulomer 
tafovut etiladi. 
Qon plastinkalari qonda turli shakllarda, ya’ni yosh, yetuk va qari plastinkalar 
shaklida uchrashi mumkin. Yosh plastinkalar to’q binafsha rangga bo’yalgan 
granulomer zonaga va och pushti gialomer zonaga ega bo’ladi. Patologik holatlarda 
qonda degenerativ plastinkalar uchrashi mumkin. 
Qon plastinkalari muhim biologik vazifalarni o’tab, bu vazifalardan eng avvalo, 
ularning qon ivishidagi rolini qayd qilib o’tish kerak. Ularda trombokinaza, 
tromboplastin va hokazo faktorlar bo’lib, bu faktorlar qon ivish protsessida aktiv 
ishtirok etadi. Тrombotsitlarda 50 ga yaqin fermentlar borligi aniqlangan. 
Qon plastinkalarining soni simpatik nerv sistemasi qo’zg’alganda, haddan tashqari 
jismoniy harakatlarda, taloq olib tashlanganda va boshqa hollarda ko’payib ketishi 
mumkin. Bu hol trombotsitoz deb ataladi. Plastinkalar sonining kamayishi-trom-
botsitopeniya ham turli kasalliklarda uchraydi. 
Qon plastinkalarining yashash muddati qisqa bo’lib, o’rtacha 5-8 kunga teng. 
Gemogramma. Gemogramma tushunchasi qon shaklli elementlarining miqdoriy 
nisbati, gemoglobin miqdori, eritrotsitlarning cho’kish reaksiyasi, gema-tokrit 
ko’rsatkichi va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlar meditsina praktikasida 
muhim ahamiyatga ega. Gemogrammani bilish har bir vrach uchun muhim ahamiyatga 
ega. Тurli leykotsitlar protsent miqdorining nisbati leykotsitlar formula yoki Shilling 


37 
formulasi deb ataladi. Hozirgi vaqtda normal leykotsitlar formula ko’rsatkichlari qilib 
quyidagilar qabul qilingan. 
Leykotsitlar miqdori 1 mm
3
qonda 3,8-9 ming atrofida bo’ladi, shulardan: 
neytrofillar – 65-70% ni, eozinofillar – 2-5% ni, bazofillar – 0,5-1% ni limfotsitlar – 
20-35% ni, monotsitlar – 6-8% ni tashkil etadi.
Limfa 
Umurtqali hayvonlar organizmida qon tomirlar sistemasidan tashqari limfatik 
tomirlar mavjud. Bu nozik tomirlar ichidan sarg’imtir rangda oqsil tabiatiga ega 
bo’lgan va o’z tarkibida shaklli element-larni saqlagan suyuqlik - limfa oqadi. 
Хimiyaviy tuzilishi jihatidan limfoplazma qon plazmasiga yaqin, ammo limfoplazma 
tarkibida oqsillar ancha kam. Oqsil fraksiyalaridan albumin limfoplazmada globulindan
birmuncha ko’pdir. 
Shaklli elementlari asosan limfotsitlar, mono-sitlardan tashkil topgan. Bundan 
tashqari, leyko-sitlarning boshqa turlari, bir oz miqdorda erit-rotsitlar ham uchraydi. 
Limfa to’qima va organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq suyuqlik hisobiga 
hosil bo’ladi va limfatik tomirlari orqali limfa tuguniga quyiladi. Shu yerdan limfa 
tomirlariga o’tib, va nihoyat venaga quyiladi. Shuning uchun 3 xil limfa suyuqligini 
tafovut qilishi mumkin. 
1.
Periferik limfa (limfa tugunchasi) 
2.
Oraliq limfa (limfa tugunidan o’tgandan so’ng) 
3.
Markaziy limfa (ko’krak qafasida joylashgan yirik limfatik tomirdagi limfa). 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish