Ушбу «Гистология» маъруза матнлари кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябрь) =ылланишга тавсия этилган


Agranulotsitlar (donachasiz leykotsitlar)



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/51
Sana04.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#526964
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Bog'liq
13gistalogiyapdf

 
Agranulotsitlar (donachasiz leykotsitlar) 
Agranulotsitlar yoki donachasiz leykotsitlar o’z sitoplazmalarida maxsus 
donachalar saqlamaydigan oq qon tanachalaridir. Ammo "agronulotsitlar" termini ko’p 
jihatidan shartli bo’lib, hujayralarning tuzilishini to’la ifodalamaydi. Тuzilishi va 
funksiyasi jihatidan agranulotsitlar limfotsitlarga va monotsitlarga bo’linadi. 
Limfotsitlar. Ular voyaga yetgan organizmda ley-kotsitlar umumiy sonining 20-
35% ini tashkil qiladi. Organizmda o’rta hisobda 1,5 kg atrofida limfotsitlar bo’lib, 
shundan faqatgina 5 g ga yaqinigina periferik qonda, 70 g suyak ko’migida, qolganlari 
esa to’qima va organlarda taqsimlangan bo’ladi. Limfotsitlar yirik (diametri 10-15 
mkm), o’rta (diametri 7-9 mkm) va mayda limfotsitlarga (diametri 4,5-6 mkm) ajra-
tiladi. Normal sharoitlarda qonda faqat 10% ga yaqin yirik limfotsitlar bo’lib, qolgan 
90% ini esa o’rta va mayda limfotsitlar tashkil qiladi. Limfotsitlarning umumiy tuzilish 
prinsipi juda oddiy, ular ko’pincha markazda joylashgan yirik, yumaloq va loviyasimon 
shaklga ega bo’lgan yadro saqlaydi. 
Elektron mikroskop yordamida mayda va o’rta limfotsitlar sitoplazmasida ko’p 
sonli erkin ribosomalarni va bir necha mitoxondriyalarni ko’rish mumkin. 
Enloplazmatik to’r va Golji kompleksi sust taraqqiy etgan bo’ladi. Ba’zida yadroning 
botiq zonasida hujayra markazi va mayda pufakchalar uchraydi. Rastrlovchi elektron 
mikroskop ostida limfotsitlarning yuzasida turli miqdorda va kattalikda bo’lgan 
mikrovorsinkalar ko’rinadi. 
Immunologik va funksional nuqtai nazardan limfotsitlarning ikki turi - Т- va V-
limfotsitlar sistemasi farqlanadi. Т-limfotsitlar bo’qoq bezida rivojlanadi. Ularning 
nomi ham shu organning bosh harfidan kelib chiqadi. Тimusga kelgan o’zak hujayralar 
shu a’zoda hosil bo’luvchi moddalar ta’sirida Т-limfotsitlarga aylanadi. V-limfo-sitlar 
haqidagi ta’limot birinchi marta qushlarda topilgan Fabritsiy xaltasi (Bursa Fabricius) 
bilan bog’liq bo’lib, shu tufayli V-limfotsitlar deb yuritiladi. 
Limfotsitlarning ma’lum sharoitlarda turli moddalar-stimulyatorlar ta’sirida kam 
differen-siallangan blast hujayralarga aylanishi ularning muhim xususiyatlaridan 
biridir. Blast hujayralar bo’linish va differensiallanish qobiliyatiga ega bo’lib, ular 
hisobiga aktivlashgan limfotsitlar kloni hosil bo’ladi. 
Limfotsitlar sonining kamayib ketishi nur kasalligida va turli xil intoksikatsiyalarda 
uchraydi. 


36 
Monotsitlar. Monotsitlar qonning eng yirik hujayralari hisoblanadi. Ularning 
kattaligi surt-malarda 20 mkm gacha, qonda esa 9-12 mkm gacha bo’ladi. Monotsitlar 
soni yetuk organizmda umumiy leykotsitlar miqdorining 6-8 % ini tashkil etadi. 
Monotsitlar yadrosi shaklining turli xilda bo’lishi bilan xarakterlanadi-ko’pchilik 
hollarda yadro loviyasimon yoki taqasimon shaklga ega bo’ladi. Хromatin siyrak, 
notekis to’r shaklida joylashib, Romanovskiy usuli bilan bo’yalganda, qizg’ish binafsha 
rangga bo’yaladi. Ba’zan 1-2 ta oksifil bo’yalgan yadrocha ko’rinadi. Monotsitlar 
sitoplazmasi bazofil bo’yalish xususiyatiga ega. 
Mitoxondriyalar ko’p sonli bo’lib, enloplazmatik to’r va Golji komplekslari yaxshi 
taraqqiy etgan. Hujayra qobig’i ostida juda ko’p pinotsitoz pufak-chalar joylashib, 
ba’zan ularda fagotsitoz qilingan zarrachalar uchraydi. Monotsitlar mononuklear 
fagotsitlar sistemasining asosiy hujayralaridir. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish