Ушбу «Гистология» маъруза матнлари кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябрь) =ылланишга тавсия этилган



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/51
Sana04.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#526964
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Bog'liq
13gistalogiyapdf

Qon yaratilishi (gemotsitopoez) 
Gemotsitopoez (yunon. haemocyti-qon hujayralari, poiesis-yaratish) qon shaklli 
elementlarining emb-rionda (embrional gemotsitopoez) va yetuk orga-nizmda yaratilish 
(postembrional gemotsitopoez) jarayonlarini o’z ichiga olib, ularni o’rganish klinik 
amaliyot uchun muhim ahamiyatga ega. 
Embrionda qon yaratilishi 
Odam homilasida dastlabki qon hosil bo’lishi embrion taraqqiyotining 3 haftasida 
sariqlik xalta-sida boshlanadi. Sariqlik xaltasi birinchi yoki angioblastik qon taraqqiyoti 
davridir. Sariqlik xaltasi devoridagi mezenxima hujayralari qon orolchalari shaklida 
ajralib chiqadi. Keyinchalik mezenxima hujayralari yumaloq shaklni oladi va qonning 
o’zak hujayralariga aylanadi. 
Qon orolchalarining chekka qismida joylashgan mezenxima hujayralari esa, 
aksincha, yassilashadi va bo’lajak qon tomirlarining devorini hosil qiluvchi endotelial 
hujayralarga aylanadi. O’zak hujayra-larining ma’lum bir qismi birlamchi qon hujay-
ralariga differensiallashadi. Birlamchi qon hujay-ralari yirik, yumaloq va ovalsimon 
bo’lib, bazofil bo’yaladigan sitoplazmaga ega bo’ladi. 
Dastlabki embrional davrda eritrotsitlar taraq-qiyotining o’ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, bu protsess sariqlik xaltasi tomirlarining ichida, ya’ni intravaskulyar 


38 
amalga oshadi. Embrional taraqqiyotning 4-5 haftasiga kelib sariqlik xaltasi atrofiyaga 
uchraydi va uning qon yaratish funksiyasi yo’qoladi. Shu vaqtdan boshlab xususiy 
embrional qon yaratilish davri boshlanadi. Eritrotsitlar va leykotsitlar jigar, taloq, 
timus, suyak ko’migi va limfa tugunlarida yaratiladi.
 
Jigarda qon yaratilishi 
Embrional davrning beshinchi haftasidan boshlab jigar embrionda qon yaratilishi 
markazi bo’lib qoladi. Hosil bo’ladigan qon hujayralari o’zak hujayralaridan 
rivojlanadi. Ular birlamchi qon hujayralariga ayla-nadi va yuqorida ko’rsatilgan 
bosqichlarni bosib o’tib, ikkilamchi eritrotsitlarni beradi. Тakomillashgan eritrotsitlar 
bilan bir paytda jigarda donador leykotsitlar, asosan takomillashgan neytrofil va 
eozinofillar ham ko’riladi. 
Тaloqda qon yaratilishi. Embrional hayotning birinchi yarmida taloqda 
gemopoezning barcha hujay-ralari taraqqiy etadi. Тaloqda ekstravaskulyar qon 
yaratilishining manbai bo’lib mezenximadan takomil-lashuvchi o’zak hujayralar 
hisoblanadi. 
Homila tug’ilishi paytiga kelib taloqda eritro- va granulotsitopoez jarayonlari 
susayadi va butunlay to’xtab, taloq asosan agranulotsitlar va trombotsitlarni yaratuvchi 
manbaa rolini o’taydi. 
Limfa tugunida qon yaratilishi. Embrion taraq-qiyotning uchinchi oyiga kelib limfa 
qopchasi devo-rining mezenximasidan harakatchan o’zak hujayralari ajralib chiqa 
boshlaydi. Mezenxima sinsitiysi reti-kulyar to’qimaga aylanib, bu to’qima orasida erkin 
hujayralar-limfoblastlar va limfotsitlar joyla-shadi. Limfa tuguni kurtaklarining 
dastlabki taraq-qiyot davrlarida ularda eritroblastlar va miyeloid elementlarining 
borligini ko’rish mumkin, biroq, bu elementlarning ko’payishi limfotsitlar paydo 
bo’lishi bilan to’xtaydi. 
Bo’qoq bezida qon yaratilishi. Тimusda Т-limfo-sitlar yaratilishi homila 
takomilining 9-10-hafta-sidan boshlab, homila tug’ilgandan keyin ham davom etadi. 
Hozirgi paytda timus Т-limfotsitlarning aso-siy yaratilish manbai hisoblanadi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish