Nerv to’qimalarining rivojlanishi va regeneratsiyasi
Nerv to’qimalarining rivojlanishi. Nerv to’qi-malari organizmning embrional
rivojlanish davrida ektodermadan hosil bo’ladi, ya’ni dastlabki davrda ektodermaning
dorzal qismida kam tabaqalangan, ko’payish xususiyatiga ega hujayralardan nerv plas-
tinkalari hosil bo’ladi. Nerv plastinkalarining chetlari asta-sekin yo’g’onlashib borib,
nerv naychasiga aylanadi. Silindr shaklidagi hujayralar ko’payishi natijasida nerv
naychasi qalinlashib uch qavatga bo’linadi: ichki-ependima qavati, o’rta-mantiya
qavati, tashqi-chekka vual qavati. Bu qavat asosan oldingi qavat hujayralarining
o’simtalaridan tarkib topadi. Ikkinchi va uchinchi qavatlar birinchi qavatni tashkil
etuvchi hujayralarning ko’payishi va boshqa joyga ko’chishi natijasida hosil bo’ladi.
Bu qavatlar hujayralaridan neyroblast, spongioblast hujayralari va neyroblast
o’simtalari paydo bo’ladi.
Neyronlar hosil bo’lishida dastlab nerv sis-temasining o’zagi deb atalmish
neyrblastlar hosil bo’ladi. Neyroblastlarning o’simtalari esa bir tomonga yo’nalib,
markaziy nerv sistemasi bilan periferik nerv sistemasi o’rtasida impuls o’tkazuvchi
"yo’l"ga aylanadi. Neyrogliya hujayralari paydo bo’lishida esa oldin spongioblastlardan
ependima hujayralari, so’ng oligodendrotsitlar hosil bo’ladi.
75
Nerv to’qimalarining regeneratsiyasi. Nerv to’qima-lari regeneratsiyasi haqida
shuni aytish mumkinki, masalan, nerv tolasi shikastlansa, shikastlangan joyidan
buyog’i degeneratsiyaga uchraydi, ya’ni ajrab qolgan o’simta kesigi yo’g’onlashib va
ingichkalashib 2-5 kun deganda yorilib, bo’lakchalarga bo’linib ketadi. Keyinchalik
ko’p o’tmay, bu bo’lakchalar multipotensial gliyalar, leykotsitlar va astrotsitlar
ishtirokida fagotsitoz qilinadi va so’rilib ketadi. Qavat-qavat bo’lib turgan miyelin
qoldiqlarini esa yuqoridagi hujayralar qamrab oladi. Neyronning shikastlangan joyidan
buyog’idagi kesik o’simta yemirilayotganda multipotensial glial hujayralar bilan
astrotsitlar nobud bo’lmaydi, aksincha, zo’r berib mitotik bo’lina boshlaydi. Nerv
tolalarini hazm qilib bo’lgach, uzun tasma hosil qiladi. Shikastlangan nerv tolasi
o’rnida shu usulda yangi tolalar hosil bo’ladi. Ammo markaziy nerv sistemasining
shikastlangan joyida bunday mitotik bo’linish yuz bermaydi. Demak, unda rege-
neratsiya jarayoni bo’lmaydi. Nerv to’qimasining hujayraviy regeneratsiyasi
bo’lmasligi, hujayra ichki regeneratsiyasining bo’lishi uning vazifasiga bog’liq-dir.
Chunonchi, bosh miya po’stlog’ining yoki orqa miyaning vazifasi atrofdagi va hatto
uzoqda joylashgan turli xil organlardagi neyronlar va boshqa to’qima hujay-ralari bilan
muttasil bog’liqdir. Chunki ularda neyron tanasini tomirlar, muskullar, bezlar va
boshqa a’zolar bilan tutashtirib turuvchi minglab o’simtalar borki, shu o’simtalar
yordamida bosh miya ham, orqa miya ham "xabardor" bo’lib turadi. Hayvonlarning
biror organining nervi shikastlanishidan harakatdan qolsa yoki sezgisini yo’qotsa va
vaqt o’tishi bilan bu holat tiklanishi mana shu nerv hujayralari regeneratsiyasi tufayli
sodir bo’ladi. Buni yuqorida nerv tolasi shikastlangandagi degeneratsiya va
regeneratsiya hodisasi misolida ko’rib o’tdik.
Shunday qilib, gistologiya to’qimalarning tuzili-shini o’rganar ekan, biologiyaning
bir tarmog’i sifatida uni to’ldirib turadi, unga asos bo’ladi, poydevor vazifasini o’taydi.
Тo’qimalarning normal, patologik holatlardagi tuzilishini yoki o’zgarishini bilish
bilangina ularning funksiyasi xususida aniq va to’g’ri xulosa chiqarish mumkin.
Binobarin, to’qimalarning mikroskopik, ultramikroskopik va molekulyar tuzilishini
o’rganish, tadqiq qilish va nihoyat, ularni funksiyalari bilan bog’lash hozirgi zamon
gistolo-giyasining eng muhim vazifasidir. Shunda biologiyada organizmlarning
funksional qonuniyatlarini yana ham chuqurroq tadqiq qilish ishiga hissa qo’shilgan
bo’ladi. Chunki to’qimalarning tuzilishi bilan funksiyasi bir-biriga chambarchas
bog’liq. Birini bilmaslik, tushun-maslik ikkinchisini rad etish demakdir. Demak,
to’qimalarning gistologik tuzilishini bilish bilan ularning fiziologik jihatlarini ham
bilish mumkin.
Matnni yozishda ana shularga e’tibor berildi. Bundan tashqari, matnda hayvon
organizmi to’qima-larining rivojlanishi, evolyutsion rivojlanishining qiyosiy
strukturalari, ontogenez va filogenez haqida ma’lumotlar berildi. Epiteliy to’qimasi
bilan ichki muhit to’qimalariga katta o’rin berildiki, bu gistologiya fani bo’yicha
tuzilgan dasturga mos keladi.
Mustahkamlash uchun savollar
1.
Nerv to’qimasining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2.
Neyron nima va qanday vazifani bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |