71
Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar)
Тashqi va ichki ta’sirni, odatda, sezuvchi nerv uchlari qabul qiladi, ularni fanda
retseptorlar deyish rasm bo’lgan. Binobarin, retseptorlar sezuvchi nerv uchlari bo’lib,
ta’sirni qabul qilish va uni impulsga aylantirish, markaz tomon uzatib berish
xususiyatiga ega. Hamma retseptorlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
1.
Eksteroretseptorlar-ta’sirni tashqi muhitdan qabul qiladigan retseptorlar;
2.
Interoretseptorlar-ta’sirni organlarning ichki qismidan qabul qiladigan
retseptorlar.
Sezuvchi nerv uchlari morfologik tuzilishiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’linadi:
1) Erkin sezuvchi nerv uchlari. Bunda o’q silindr nerv uchlarining tarmoqlari
bevosita innervatsiya qilishi kerak bo’lgan to’qima hujayralari orasida yotadi.
2) Erkin bo’lmagan sezuvchi nerv uchlari. Bunga nerv tolalarining hamma
komponentlari, ya’ni o’q silindr tarmoqlari, ta’sirni qabul qilishga moslashgan gliya va
epiteliy hujayralari kiradi. Erkin bo’lmagan nerv uchlari biriktiruvchi to’qimadan iborat
kapsula bilan o’ralgan-o’ralmaganligiga qarab ham ikkiga bo’linadi:
1.
Kapsulaga o’ralgan nerv uchlari.
2. Kapsulaga o’ralmagan nerv uchlari-kapsulasi bo’lmaydi. Yuqorida barcha nerv
uchlari o’ziga xos fiziologik xususiyati va morfologik tuzilishiga ko’ra bir-biridan farq
qiladi, deb aytib o’tgan edik. Shulardan ayrim nerv uchlari bilan tanishib chiqamiz.
Merkel disklari yoki hujayralari. Erkin nerv uchlariga kiruvchi bu nerv tolalari
odatdagiday epiteliy qatlamiga kelib miyelin qavatini yo’qotadi va oxirgi terminal
tarmoqlari to’qima hujayralari ichiga tarqaladi. Buning xarakterli tomoni shundaki,
bunday nerv uchlarida terminal tarmoqlardan tashqari, spe-sifik o’zgarishga ega
bo’lgan hujayralar ham uchraydi. Bu sezgi disklari yoki Merkel hujayralari deyiladi.
Fater-Pachen tanachasi. Biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsulali sezuvchi nerv
uchi bo’lib, ichki organlarda bo’ladi. Ko’proq teri ostida uchraydi. Kapsulaning
o’rtasida kolbasimon Shvann gliyasining o’zgargan hujayralaridan tarkib topgan,
tarmoqlangan nerv uchlari joylashgan. Odatda, nerv tolasi kapsulaga kirish oldidan
miyelin qavatini yo’qotadi va ichiga faqat o’q silindrning o’zi kiradi. Plastinkasimon
kapsula fibroblast hujayralari va spiral holda joylashgan kollagen tolachalaridan hosil
bo’lgan.
Meysner tanachasi. Bu ham biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsulaga o’ralgan
sezuvchi nerv uchlariga kiradi. Bunga sezuvchi tanacha yoki Meysner tanachasi
deyiladi. Тanachada o’ziga nisbatan perpendikulyar holda oligo-dendrogliya hujayralari
joylashgan. Kapsulasi nisbatan yupqa kollagen tolachalardan tashkil topgan. Boshqa
tanachalarga o’xshab, nerv tolasi tanachaga kirish oldida miyelin qavatini yo’qotadi va
kapsula ichida o’q silindr tarmoqlanib, gliya hujayralari yuzasidan joy oladi. Bunday
sezuvchi tanachalar teri so’rg’ichlari tarkibida uchraydi.
Genital tanachalar jinsiy organlarda, organizmning boshqa joylarida, biriktiruvchi
to’qima tarkibida ham uchraydi. Boshqa tanachalardan asosiy farqi shundaki, bunda
kapsula tanachasiga odatdagidek bitta nerv tolasi kirmay, balki bir nechta nerv tolasi
kiradi va ko’p miqdorda oxirgi tarmoqlarni hosil qiladi.
Krauze kolbasi ko’p tarmoqlangan bo’lib, bu ham tashqi biriktiruvchi to’qimadan
iborat kapsula va uning ichida joylashgan oxirgi sezuvchi tarmoqlarni o’rab turuvchi
72
neyroglial kolbadan tashkil topgan. Skelet muskullaridagi retseptorlar morfologik tuzi-
lishiga ko’ra boshqa nerv uchlariga karaganda o’ziga xos tuzilishga ega. Ular nerv
muskul duklari deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |