Ушбу «Гистология» маъруза матнлари кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябрь) =ылланишга тавсия этилган


Yurakning ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasi



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/51
Sana04.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#526964
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
Bog'liq
13gistalogiyapdf

Yurakning ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasi 
Ko’ndalang targ’il mushak to’qimasi yurakning miokard qavatida joylashadi. 
Bu mushak to’qima skelet ko’ndalang-targ’il mushakdan farqli ravishda ko’nda-lang-
targ’il mushak tolalaridan emas, balki yurak mushak hujayralari-miotsitlardan tashkil 
topgan. Bu hujayralar faqat yurakda uchragani uchun kardio-miotsitlar deb yuritiladi. 
Hozirgi vaqtda 3 xil kardiomiotsitlarni farq qilish mumkin: qisqaruvchi-tipik, impuls 
o’tkazuvchi-atipik va sekretor. Qis-qaruvchi kardiomiotsitlar uzunligi 50-120 mkm, 
kengligi 15-20 mkm bo’lgan silindr shaklidagi hujayralardir. Ular oraliq plastinkalar 
orqali o’zaro birlashib, zanjirsimon tuzilmalar hosil qiladi. 
Kardiomiotsit markazida bir yoki ikki oval, yoki cho’zinchoq shakldagi yadro 
joylashadi. Miofibrillalar yadro atrofida joylashib, ular orasida mitoxondriyalar ko’p. 
Silliq endoplazmatik to’r va Т-sistema yaxshi rivojlangan. Donador endoplazmatik to’r 
kuchsiz rivojlangan. 
Kardiomiotsitlar sarkolemma bilan qoplangan bo’lib, sarkolemma o’z navbatida 
plazmatik membrana va bazal membrana bilan o’ralgan. Bazal membrana oraliq 
plastinkalar sohasida bo’lmay, kardiomiotsitlarni faqat yon tarafdan o’rab turadi. Oraliq 
plastinkalar ikki hujayraning plazmatik membranalari orasida joylashib, elektron 
mikroskop ostida zinapoyasimon joylashganini ko’ramiz. Oraliq plastinkalar sohasida 
kardiomiotsitlar desmosomalar, tirqishli birikish (neksus), interdigitatsiyalar orqali 
birlashgan. Oraliq plastinkalarga miofibrillalarning aktin protofib-rillalari kelib tugaydi. 
Miofibrillalar tuzilishi xuddi skelet ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasini eslatadi. 
Yurakdagi ko’zg’alishni o’tkazuvchi mushak to’qimasi ham mushak hujayralari-
kardiomiotsit-lardan tuzilgan bo’lib, ular qisqaruvchi kardiomio-sitlardan yirikroq 
qo’zg’alishni peysmeker hujay-ralaridan qisqaruvchi mushak tolalariga o’tkazadi. 
Peysmeker hujayralar atipik mushakning alohida turi bo’lib, u vegetativ nerv 
sistemasining tolalari bilan innervatsiya qilingan. Gistologik preparatlarda atipik 
hujayralar kuchsiz bo’yaladi. Chunki bu hujay-ralarda miioglobin va miofibrillalar 
kamroq, sarkoplazma esa ko’proqdir. Miofibrillalar doimo bir-biriga parallel yotmaydi, 
natijada 
bu 
hujay-ralarda 
ko’ndalang-targ’illik 
kuchsizroq 
rivojlangan. 
Kardiomiotsitlarda mitoxondriyalar, ribosomalar ancha kam, Т-sistema esa juda 
kuchsiz rivojlangan. Sarkosomalarning kam bo’lishi moddalarning aerob parchalanishi 
sust ketishini ko’rsatuvchi dalilidir. 
So’nggi vaqtlarda yurakning bo’lmacha kardiomio-sitlarida maxsus glikoproteid 
tutuvchi sekretor granulalar borligi aniqlandi. Shu bilan birga bu hujayralar qon bosimi 
va ionlar munosabatini boshqaruvchi natriy uretik faktor sekretsiya qilishi bu hujayralar 
ma’lum endokrin funksiyaga ega ekanligini ko’rsatadi. 


66 
Yurak mushak to’qimasining taraqqiyoti va rege-neratsiyasi. Yurak mushak 
to’qimasi segmentlanmagan mezodermadan, aniqrog’i, splanxnotomning visseral 
varag’idan rivojlanadi. Bu varaqdan mioepikardial plastinka hosil bo’lib, uning 
hujayralaridan miokard va epikard hosil bo’ladi. Mioepikardial plastinkaning 
mezenxima hujayralari mioblast hujayralarga dif-ferensiallashib kardiomiotsit 
hujayralarni hosil qiladi va so’ngra plastinkalar orqali birlashadi. 
Yurak ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasining regeneratsiyasi yoshga qarab 
o’zgaradi. Go’daklarda kardiomiotsit hujayralar bo’linish qobiliyatiga ega bo’lsa, 
balog’atga yetgan organizmda va qari odamlarda yo’ldosh hujayralar bo’lmagani uchun 
va kardiomiotsit hujayralar bo’linish qobiliyatini yo’qotgani uchun nobud bo’lgan 
kardiomiotsit hujayralar qayta tik-lanmaydi va nobud bo’lgan kardiomiotsitlar o’rnida 
(miokard infarktida) biriktiruvchi to’qimali chandiq hosil bo’ladi. 
Mustahkamlash uchun savollar 
 
1.
Silliq muskul to’qimasining tuzilishi qanday bo’ladi? 
2.
Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasi silliq muskuldan qanday farqlanadi? 
3.
Yurak muskulining o’ziga xos xususiyatlari. 
Adabiyotlar 
1. K.Zufarov. Gistologiya. Т., "Ibn Sino", 1991 
2.
E.Qodirov. Gistologiya. Т., "O’qituvchi", 1994 
Тayanch iboralar 
1.
Muskul to’qimasi. 
2.
Muskullarning xillari. 
3.
Silliq muskul to’qimasi. 
4.
Ko’ndalang-targ’il muskul. 
5.
Yurak muskuli. 
6.
Muskullarning rivojlanishi. 
7.
Muskullarning regeneratsiyasi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish