Birinchi savolning bayon
Hissiyot turlari va hissiy holatlarning ifodalanishi.
Kishi biror narsani idrok va tasavur qilganida, eslab qolganida va esga
tushirganida, fikr qilganida va gapirganida hamda harakat qilganida biror
yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish
yoki ranjishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat bo’ladi. Bu
kechirmalarda odamning o’z tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga),
odamlarga va o’ziga nisbatan subektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki
yoqimsiz kechinma hissiyotimizning (emottsiyalarimizning) birinchi belgisi
va elementidir.
Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar xafa
qiladi, ba’zi hodisalarga kishi qoyil qoladi, ba’zi hodisalardan g’azablanadi,
odam ba’zi hodisalarni ko’rib jahli chiqadi, ba’zilaridan qo’rqadi.Shuning
uchun ham subektiv kechinmalardan iborat bo’lgan hissiyotlar ijobiy va salbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |