Qarorni ijro etish
Biron qaror shu qarorga muvofiq keladigan choralar ko’rish va ish-
harakatlar qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o’tishni ijro qilish,
bajarish deyiladi. Irodaviy jarayonlarda eng muhim narsa qabul qilingan
qarorni bajarishdir. Kishining irodasi xuddi mana shu qarorni bajarishda
namoyon bo’ladi deyish mumkin.
Odatda, ikki turli irodaviy harakat farqlanadi: jismoniy va aqliy. Jis-moniy
harakatlarga har turli mehnat operatsiyalari, o’yin hamda sport mashg’ulotlari
va boshqalar kiradi. Aqliy harakatlarga bo’lsa - hisob ish-lari, yozma ishlar,
dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shuning kabilar kiradi.
Ko’p vaqt takrorlab, o’zlashtirilib ketgan, ko’nikma va odat bo’lib ketgan
harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardan-dir. Iroda, yana ayni chog’da
keraksiz harakatlarni to’xtatish, tugatish yoki o’zgartirishda ham namoyon
bo’ladi.
Qarorni ijro etish, odatda, ma’lum vaqt va ma’lum muddat bilan bog’liq
bo’ladi. Qarorning hech kechikmay, belgilangan vaqtida ijro etili-shi irodaning
ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik va puxta-likni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |