Ushbu amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi Urganch Davlat Universiteti Kengashining 20 yil dagi “ ” –sonli bayoni bilan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: U. Q. Abdurahimov



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/39
Sana26.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#467125
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Farmokognoziya amaliy namunaviy qo\'y

 
6. Mustaqil ishlash tartibi. 
O’simliklar 
haqida ma’lumotlar to’plang. Rasmlar chizing. 
7. Kuzatiladigan natijalar. 
O’qituvchi
a) Talabalar mavzu bo’yicha to’la 
ma’lumotni olishi;
b) Talabalar bilimlarini shakllantirish;
c) Talabalar qiziqish bilan qabul 
qilishi.
Talaba
a) Mavzu bo’yicha maqsadni 
tushuntirish;
b) Talabalarda qiziqish uyg’ontirish;
c) Yani texnologik usullarni qo’llash. 
8. Kelgusi rejalar
O’qituvchi


46 
a) O’qituvchi internetdan yangi 
material olish uchun foydalanishni 
mukammallashtirish;
b) Aniqlash va joriy etish;
Talaba 
c) Kasbiy tayyorgarlikni 
insonparvarlash.
a) Talaba ushbu materiallarni 
o’zlashtirishi, konspekt 
yozishi,mustaqil ishlashi;
b) Adabiyotlar bilan ishlashi;
c) Yangi texnologiyaga yondashuvi. 
 
 
6-amaliy mashg’ulot. Kumarin saqlovchi o‘simliklar. 
1.Darsning 
maqsadi. 
Kumarinizatsiyani o’rganish. 
2. Darsning vazifasi. 
Sitologik 
formalarni o’rganish. 
3. O’quv jarayonining mazmuni. 
1) Texnika xavfsizligini tushintirish.
2) Kumar saqlovchilarni o’rganish. 
3) Kumarin turlarini ajratish.
4. O’quv jarayonida amalga 
oshirish tеxnologiyasi (mеtod, 
forma (shakl), vosita usul, nazorat 
baholash). 
а) Darsning turi – suhbat.
b) Mеtod – FSMU. 
v) Forma (shakl) – guruh.
g) Vosita – doska, tarqatma matеrial, 
jadval, tayyor prеparat.
d) Usul – nutqli.
е) Nazorat – kuzatish, ko’rish.
j) Baholash – o’z-o’zini va umumiy 
baholash.
5. Mеtod F.S.M.U. trеningi. 
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga sabab 
ko’rsating.
M – ko’rsatgan sababingizni 
isbotlovchi dalil ko’rsating.
U – fikringizni umumlashtiring. 
TARKIBIDA KUMARINLAR VA ULARNING HOSILALARI BO‘LGAN 
DORIVOR O‘SIMLIKLAR 
Kumarin (sis-orto-oksidolchin) kislotaning hosilalari bo‘lgan, o‘simliklardan 
olinadigan laktonlar kumarinlar deb ataladi. Sis-orto-oksidolchin kislota va uning 
hosilalari tabiatda deyarli sof holda uchramaydi. Bu kislotalar o‘zidan bir molekula 
suv ajratib, tezda tegishli laktonlarga aylanadi. Shuning uchun kumarinlar benzo-α-
piron hosilasi deb ham qaraladi. Kumarinning o‘zi esa sis-orto-oksidolchin 
kislotaning laktonidir. Kumarinlarning boshlang‘ich birikmasi — kumarin birinchi 
marta 1820- yilda Fogel tomonidan Diðteryx odarata Willd. (Coumoruna odarata, 
dukkakdoshlar oilasiga kiradi) o‘simligining mevasidan ajratib olingan. Kumarinlar 
selderdoshlar — Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbelliferae), rutadoshlar 
(Rutaceae), 
dukkakdoshlar 
(Fabaceae), 
yasnotkadoshlar 
— Lamiaceae 
(labguldoshlar — Labiatar), astradoshlar — Asteraceae (murakkabguldoshlar — 
Compositae), chinniguldoshlar (Caryophyllaceae), ituzumdoshlar (Solanaceae), 
sutlamadoshlar (Euphorbiaceae) oilalarining vakillari tarkibida ko‘p uchraydi. 
O‘simliklar tarkibidagi kumarinlar miqdori ham har xil bo‘ladi. Ular juda oz 
miqdordan tortib, to 10 % gacha (Daphna odora Thunb. o‘simligining barg kurtagi 
tarkibida 22 % ga cha) to‘planishi mumkin. Odatda, bitta o‘simlik tarkibida bir 


47 
qancha (5—10 tagacha) har xil kumarinlar uchrashi mumkin. Ko‘pincha, kumarinlar 
o‘simliklarda sof holda va oz miqdorda o‘zining glikozidlari holida uchraydi.
KUMARINLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI 
O‘simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall modda bo‘lib, suvda 
yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, 
xloroform va boshqalar) da yaxshi eriydi. Kumarinlar glikozid holida bo‘lsa, 
ularning suvda erishi kuchayadi. Lekin glikozidlarning suyultirilgan sulfat kislota 
ta’sirida gidrolizlab olingan aglikonlari suvda erimaydi, spirt va organik 
erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Kumarinlar lakton bo‘lganligi uchun ishqorlar 
ta’sirida ularning α-piron halqasi uziladi va har bir kumarinning o‘ziga xos 
kislotasining tuzi — kumarinatlar hosil bo‘ladi. Ular suvda yaxshi eriydi (eritmalari 
sariq rangli bo‘ladi), organik erituvchilarda esa erimaydi. Kumarinatlarga kislota 
ta’sir ettirilsa, reaksiya orqaga qaytadi, lekin hosil bo‘lgan sof kislota tezda o‘zidan 
bir molekula suv ajratib, qaytadan laktonga — kumarinlarga aylanadi. Kumarinning 
o‘zi suv ta’sirida gidrolizlanmaydi, kislota va ammiak eritmasi bilan reaksiyaga 
kirishmaydi. Agar unga suyultirilgan natriy ishqori qo‘shib qizdirilsa, sariq rangli 
eritma — kumarin (sis-orto-oksidolchin) kislota natriyli tuzining eritmasi hosil 
bo‘ladi. Eritmaga kislota ta’sir ettirilsa, reaksiya orqaga qaytadi. 
KUMARINLARNI TAHLIL QILISH USULLARI. KUMARINLARGA SIFAT 
REAKSIYALARI 
Kumarinlar borligini aniqlash ular eritmalarining ultrabinafsha nurda o‘ziga xos 
fluoressensiya bilan tovlanishiga hamda ba’zi reaktivlar bilan spetsifik reaksiya 
berishga asoslanilgan. Bu reaksiyalardan ko‘p ishlatiladigani va eng muhimlari 
diazoreaktiv bilan o‘tkaziladigan reaksiya hamda lakton reaksiyasidir. Kumarinlarga 
qilinadigan sifat reaksiyasining tez bajariladigan varianti quyidagicha: quritilgan va 
maydalangan mahsulotdan 1—2 g olib, kolbaga solinadi va uning ustiga 5—10 ml 
spirt quyib, 4 soat qoldiriladi. So‘ngra kolbani 50°C haroratda 2—3 minut 
qizdiriladi. Ajratmani filtrlab olinadi va unga 5% li ishqor eritmasidan bir necha 
tomchi qo‘shib, suv hammomida bir necha minut qizdiriladi. Agar spirtli ajratmada 
kumarinlar bo‘l sa, ular kumarinatlar hosil qiladi va, natijada, eritma sariq (och sariq) 
rangga bo‘yaladi. Sariq (och sariq yoki sarg‘ish) rangli ishqoriy sharoitdagi 
ajratmani 2 ta probirkaga bo‘lib, kumarinlarga sifat reaksiyalar qilinadi. 1. 
Diazoreaksiya. Birinchi probirkadagi 2 ml sarg‘ish rangli (ishqoriy sharoitdagi) 
ajratmani chinni idishga solib, unga yangi tayyorlangan sulfanil kislotaning 
diazoreaktividan bir necha tomchi qo‘shiladi. Natijada aralashma qo‘ng‘ir-qizil yoki 
to‘q qizil rangga bo‘yalib, ajratma tarkibida kumarinlar borligini isbotlaydi. Agar 
sulfanil kislota o‘rnida n-nitroanilin olinsa, u holda aralashma binafsha yoki 
qo‘ng‘irrangga bo‘yaladi. 2. Lakton reaksiyasi. Ikkinchi probirkadagi sarg‘ish rangli 
ajratmaga (ishqoriy sharoitdagi) 4 baravar ortiq miqdorda suv qo‘shilgan taqdirda 
aralashma loyqalanmasligi va cho‘kma hosil qilmasligi lozim. So‘ngra bu 
aralashmaga xlorid kislotaning 5% li eritmasidan qo‘shib neytrallanadi. Agar 
probirkadagi ajratmada kumarinlar bo‘lsa, cho‘kma yoki loyqa hosil bo‘ladi. 


48 
Reaksiya natijasida suvda erib, sariq rangli eritma hosil qilgan kumarinatlar xlorid 
kislota ta’sirida suvda erimaydigan laktonlar — kumarinlarga aylanadi. 3. 
Mikrosublimatsiya 
reaksiyasi. 
Kumarinlar 
qizdirilganda 
uchuvchanlik 
(mikrosublimatsiya berish) xossasiga ega. Shuning uchun tarkibida kumarin bo‘lgan 
mahsulotlar bilan mikrosublimatsiya reaksiyasini o‘tkazish mumkin (antratsen 
hosilalariga qilingan mikrosublimatsiya reaksiyasiga qaralsin). Bunda mahsulotdan 
uchib o‘tib, oyna ustida yig‘ilgan kumarin kristallarini spirtda eritiladi va unga 
diazoreaksiya qilinadi.
KUMARINLAR TASNIFI (KLASSIFIKATSIYASI) 
Hozirgacha ma’lum bo‘lgan kumarinlar o‘zining kimyoviy tuzilishiga qarab 
quyidagi 7 guruhga bo‘linadi:
1. Kumarin va uning oddiy hosilalari (degidrokumarin, kumarin glikozidlari).
2. Oksi-, metoksi- va metilendioksikumarinlar.
3. Furokumarinlar.
4. Piron-kumarinlar yoki xromen-α-pironlar.
5. 3, 4- benzokumarinlar.
6. Tarkibida benzofuran sistemasi bo‘lgan kumarinlar.
7. Tarkibida kumarin sistemasi bo‘lgan boshqa murakkab birikmalar. 
KUMARINLARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI 
Kumarinlar, furokumarinlar va tarkibida bu guruh birikmalari bo‘lgan 
o‘simliklardan olingan preparatlar antikoagulant (qon ivishiga qarshi), spazmolitik 
(muskullarning ixtiyorsiz qisqarishi va tarang tortishishiga qarshi), yurak-qon 
tomirini kengaytirish, xavfli o‘smalarga qarshi va boshqa ta’sirlarga ega. Shuning 
uchun bu preparatlar tromboz (qon tomirlarda qonning ivib qolishi), spazm, rak 
(operatsiya qilish mumkin bo‘lmagan ba’zi shakllarida) va boshqa kasalliklarni 
davolashda qo‘llaniladi. Furokumarinlarning fotosensibilizatsiya (nur ta’siriga 
nisbatan sezuvchanlikning oshishi) ta’siri, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shuning 
uchun tarkibida furokumarin bo‘lgan ba’zi preparatlar (beroksan, ammifurin, 
psoralen va psoberan) vitiligo (pes) kasalligini davolashda ishlatiladi. Pes kasalligini 
furokumarinlar bilan davolash bu preparatlar ta’sirida teri oqargan yerining nurga 
nisbatan sezuvchanligining oshishi va melanin pigmenti hosil bo‘lishi natijasida 
terining o‘z rangini tiklashiga asoslangan. Terining bunday o‘z pigmentatsiyasini 
tiklashi ultrabinafsha nurlar ta’sirida boradi. Pesni davolashda furokumarin 
preparatlari bir vaqtda ichishga va sirtdan terining oqargan yeriga surtishga (eritma 
yoki surtma dori holida) tavsiya etiladi. Dorini teriga surtilgan yerlariga keyinchalik 
dori qabul qilingandan so‘ng ochiq holida quyosh nurini (yoki sun’iy ultrabinafsha 
nurni) ta’sir ettirish lozim.
KATTA KELLA MEVASI – FRUCTUS AMMI MAJORIS 


49 
O‘simlikning nomi. Katta kella — Ammi majus L., selderdoshlar — Apiaceae 
(soyabonguldoshlar — Umbelliferae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 100—140 sm 
gacha bo‘lgan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, tuksiz, silindrsimon, chiziqli, yuqori 
qismidan boshlab shoxlangan. Bargi oddiy, ikki yoki uch marta ajralgan bo‘lib, 
poyada qini bilan ketma-ket joylashgan. Barg bo‘lakchalari keng lansetsimon
tishsimon qirrali. Gullari mayda, oq rangli bo‘lib, murakkab soyabonga to‘plangan. 
Soyabonlarning diametri 10—15 sm bo‘lib, unda 50—55 tagacha soyabon nurlari 
bor. Soyabonda o‘rama va o‘ramacha barglar bo‘ladi. Gulkosachasi juda mayda, 5 
tishli, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Mevasi — 
qo‘shaloq doncha. lyun-iyul oylaridan boshlab sentabrgacha gullaydi, mevasi 
sentabrda pishadi. Geografik tarqalishi. Vatani Janubiy Yevropa (O‘rtayer dengizi 
atrofidagi mamlakatlar) hisoblanadi. Krasnodar o‘lkasida ekiladi. Hozirgi kunda 
Turkmanistonda ham o‘stirilmoqda. Mahsulot tayyorlash. O‘simlikning mevasi 
pisha boshlagach yig‘iladi. Buning uchun o‘simlikni o‘rib, soyabonlarini bir 
tomonga qaratib, bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi. So‘ngra o‘simlikning soyabonlarini 
yuqoriga qaratib, bog‘lamlarni bir-biriga suyab, g‘aramlab qo‘yiladi. Mevalarining 
hammasi qurigandan so‘ng o‘simlikni mashinada yanchiladi, shamol mashinada 
sovurib, mevalarni ajratib olinadi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot 
elliðssimon, kulrang, qo‘ng‘ir yoki qizil-jigarrang, o‘ng‘aylik bilan 2 ga ajraladigan 
qo‘shaloq donchadan iborat. Yarimta mevaning uzunligi 1,5—3 mm, eni 1,80 mm 
gacha bo‘lib, qavariq tomonida iðsimon 5 ta birlamchi qovurg‘alari ko‘rinib turadi. 
Mahsulotning o‘ziga xos kuchsiz hidi va achchiqroq mazasi bor. Kimyoviy tarkibi. 
O‘simlik mevasida 3,45 % (yerustki qismida 1,37 % gacha) furokumarinlar, efir 
moyi va yog‘ bo‘ladi. Mevadan olingan furokumarinlar yig‘indisidan imperatorin, 
ksantotoksin, bergapten, izopimpinellin va boshqa furokumarinlar ajratib olingan. 
Ishlatilishi. O‘simlikning dorivor preparatlari pes kasalligini davolashda 
qo‘llaniladi. Dorivor preparatlari. Ammifurin (bergapten va izopimpinellin 
furokumarinlari aralashmasidan iborat bo‘lib,tabletka va eritma holida chiqariladi).
PASTERNAK MEVASI – FRUCTUS PASTINACEAE 
O‘simlikning nomi. Ekma (oddiy) pasternak — Pastinaca sativa L., selderdoshlar — 
Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbelliferae) oilasiga kiradi. Ikki yillik, bo‘yi 
70—100 sm (ba’zan 1—2 m gacha) bo‘lgan xushbo‘y o‘t o‘simlik. Ildizi yo‘g‘on va 
shirin mazali. O‘simlik birinchi yili ildizoldi to‘pbarglar, ikkinchi yili poya 
chiqaradi. Poyasi tik o‘suvchi, o‘tkir qirrali, yuqori qismidan boshlab shoxlangan. 
Bargi tuksiz, toq patsimon ajralgan bo‘lib, qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. 
Barg bo‘lakchalari tuxumsimon yoki cho‘ziq-tuxumsimon, tishsimon qirrali yoki 
bo‘lakli. Poyaning pastki qismidagi barglarining bandi uzun va asos qismi 
kengaygan bo‘ladi. Gullari sariq rangli bo‘lib, murakkab soyabonga to‘plangan. 
Soyabonlar 8—35 tagacha nurli bo‘lib, ularning uzunligi 6 sm ga teng. Kosachabargi 
5 tishli, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastga joylashgan. Mevasi 
— qo‘shaloq doncha. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi. 
Geografik tarqalishi. Ziravor o‘simlik sifatida Rossiyaning janubida, Ukrainada, 
Moldovada, ayniqsa, Kavkazda ko‘p ekiladi. Mahsulot tayyorlash. Mahsulotni yoz 


50 
(iyul-avgust) oylarida mevalari pisha boshlagach î‘rib olinadi. Soyabonlarini bir 
tomonga qaratib, bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi va bir-biriga suyab, g‘aramlab 
qo‘yiladi. Mevalarining hammasi pishganidan va quriganidan so‘ng o‘simlikni 
mashinada yanchib, shamol mashinada sovurib, mevalari ajratib olinadi. 
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yalpoqroq, tuxumsimon, 
yumaloqroq, sariq-yashil rangli, pishganda 2 ga ajralib ketadigan qo‘shaloq 
donchadan iborat. Yarimta mevalarning uzunligi 5—7 mm, eni 3—6 mm ga teng 
bo‘lib, qavariq tomonida iðsimon 3 ta qovurg‘alari bo‘ladi. Mahsulotning xushbo‘y 
hidi va yoqimli-achchiqroq mazasi bor. Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning hamma 
qismida efir moyi bo‘ladi. Mevasida efir moyidan (1,5—2,5 %) tashqari yog‘, 
flavonoidlar, 2—2,6 % gacha furokumarinlar va boshqa birikmalar bor. 
Furokumarinlar yig‘indisidan pastinatsin, imperatorin, izopimpinellin, bergapten va 
boshqalar 
ajratib 
olingan. 
Furokumarinlardan 
pastinatsin, 
imperatorin, 
izopimpinellin yurak, buyrak va jigar qon tomirlarini kengaytiradi, pastinatsin 
spazmga qarshi ta’sirga ham ega. Ishlatilishi. Pastinatsin preparati spazmolitik 
xususiyatga ega bo‘lib, ko‘krak qisishi hamda buyrak va me’da-ichak spazmi 
kasalliklarida ishlatiladi. Beroksan preparati esa pes kasalligini davolashda 
qo‘llaniladi. Dorivor preparatlari. Pastinatsin (tabletka holida chiqariladi), beroksan 
(bergapten va ksantotoksin furokumarinlarning aralashmasidan iborat bo‘lib, 
tabletka va eritma holida ishlatiladi). 
OQQURAY ILDIZI VA MEVASI – RADICES ET FRUCTUS PSORALEAE 
O‘simlikning nomi. Danakli oqquray — Psoralea drapacea Bge., dukkakdoshlar — 
Fabaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, bo‘yi 70—130 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. 
Ildizi 2—4 m gacha chuqurlikda joylashgan bo‘ladi. Poyasi tik o‘suvchi, asos qismi 
biroz yog‘ochlangan, sertuk, shoxlangan. Bargi oddiy (ba’zan uch bo‘lakli), 
qo‘shimcha bargli, sertuk (ayniqsa, pastki tomoni), dumaloq shaklli, o‘yilgan-
tishsimon qirrali (bargning asos qismi tekis qirrali) bo‘lib, qisqa bandi bilan poyada 
ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, oq-ko‘kish rangli bo‘lib, barg qo‘ltig‘idan 
chiqqan shingilga to‘plangan. Gulkosachasi 5 tishli, tojbargi qiyshiq, 5 ta bo‘lib, 
kapalakguloshlarga xos tuzilishga ega. Onalik tuguni bir xonali, yuqoriga 
joylashgan. May-iyulda gullaydi, mevasi iyun-sentabrda pishadi. Geografik 
tarqalishi. O‘rta Osiyo respublikalarida hamda Janubiy Qozog‘istonda uchraydi. 
Tekis cho‘llarda, qirlarda, tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Mahsulot tayyorlash. 
O‘simlikning ildizi va mevasi tayyorlanadi. Ildizini erta bahorda yoki kuzda kovlab 
olinadi va suv bilan yuvib tuproqdan tozalanadi, bo‘laklarga bo‘lib, ochiq yerda 
quritiladi. Mevasini yig‘ish uchun ular pishgan vaqtida o‘simlikning yerustki qismi 
o‘rib olinadi va soya yerda quritiladi. So‘ngra yanchib, elab, mevasi ajratib olinadi. 
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot ildiz bo‘- laklaridan va mevadan 
tashkil topgan. Ildizlari yirik, yuqori qismi — boshli, shoxlangan, sertolali, ustki 
tomoni och jigarrang, bo‘yiga biroz burishgan, ichi oq, diametri 4—5 sm ga teng. 
Mevasi — mayda, yumaloq, sertuk, pishganda ochilmaydigan, bir urug‘li dukkak. 
Kimyoviy tarkibi. O‘simlik tarkibida 0,03—0,4% efir moyi, 2,13% qandlar, 12,3% 
(ildizida) oshlovchi moddalar, furokumarinlar (mevasida — 0,1 — 1,1%, ildizida — 


51 
0,25— 0,57%), kumarin umbelliferon hamda drapatsin steroid glikozidi bor. 
Furakumarinlar yig‘indisidan psoralen va izopsoralen (angelitsin) ajratib olingan. 
Ishlatilishi. Oqquray ildizi va mevasining dorivor preparatlari pes kasalligini 
davolashda ishlatiladi. Dorivor preparati. Psoralen (psoralen va izopsoralen 
aralashmasi kukun va spirtdagi eritma holida ishlatiladi). 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish