33
moddalarning gidrolizlanishi natijasida geksaoksidifen kislotaning laktoni sifatida
hosil bo‘lar, ellagotaninlarni esa uglevodlar (geksozlar) geksaoksidifen kislota bilan
birikib tashkil etar ekan.
II. Kondensatsiyalanuvchi taninlar (kotaninlar). Bu guruhdagi taninlar molekulasida
efirlarga xos bog‘lanish bo‘lmaydi, ular o‘zaro difenil tiðida birlashadi. Shuning
uchun ham bu taninlar suyultirilgan kislotalar ta’sirida oddiy birikmalarga
parchalanmaydi.
Aksincha, ular kuchli kislotalar va boshqa birikmalar ta’sirida
(yoki o‘zi oksidlanib) rangli birikmalar — flobafenlarni hosil qiladi.
Kondensatsiyalanuvchi taninlar uch valentli temir tuzlari bilan qora-yashil rangli
cho‘kma hosil qiladi. Taninlar ba’zan quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:
1. Flavan hosilalari. Kondensatsiyalanuvchi taninlarning asosiy qismini flavan
hosilalari — flavolanlar: flavan-3-ollar (katexinlar) va qisman flavan-3-, 4-diollar
(leykoantotsianlar) tashkil qiladi. Flavolanlar flavanlarga yaqin birikmalar bo‘lib,
keyingi vaqtda ularning bir qanchasi taninlar tarkibidan sof holda ajratib olindi va
yaxshi o‘rganildi.
2. Yuqori darajali kondensatsiyalashgan (jipslangan) taninlar va flobafenlar. Bu
taninlar yaxshi o‘rganilmagan.
OSHLOVCHI MODDALARNI TAHLIL QILISH USULLARI. OSHLOVCHI
MODDALARGA SIFAT REAKSIYALARI.
Odatda, o‘simlik taninlariga sifat reaksiyalar qilish uchun mahsulotdan 10% li suvli
ajratma tayyorlab, 5 ta probirkaga 3 ml dan quyiladi va ular ustiga temir-ammoniyli
achchiqtoshning va temir xloridning hamda alkaloidlar, o‘simlik shilliq moddalari
va jelatinning 1 % li eritmasidan qo‘shiladi. Temir tuzlari eritmasi qo‘shilgan
probirkada taninlar bo‘lsa, qora-ko‘k (pirogallol guruhi) yoki qora-yashil
(pirokatexin guruhi) rang va shu rangdagi cho‘kma, shilliq moddalar,
jelatin hamda
alkaloidlar eritmasi qo‘shilgan probirkada esa rangsiz cho‘kma hosil bo‘ladi.
OSHLOVCHI MODDALARNING TASNIF REAKSIYALARI
1. Oshlovchi moddalarning qaysi guruhga mansubligini xlorid kislota va formalin
ishtirokida olib boriladigan tasnif reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Buning
uchun 200—250 ml hajmli tagi tekis kolbaga o‘simliklardan tayyorlangan 10% li
tanin ajratmasidan 50 ml solinadi va ustiga 10 ml konsentrlangan (1:1) xlorid kislota
va formalinning 40% li eritmasidan 15 ml qo‘shiladi. So‘ngra kolbani tik turuvchi
shisha nay bilan birlashtirib, elektr plitka ustida to qizil g‘isht rangli cho‘kma
(taninlarning kondensatsiyalanuvchi guruhi kondensatsiyalanishidan vujudga
kelgan cho‘kma) hosil bo‘lgunga qadar astasekin qizdiriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma
filtrlansa, filtratda gidrolizlanuvchi guruhning parchalangan mahsulotlari qoladi. Bu
guruh mavjudligini aniqlash uchun 5 ml filtrat olib, ustiga 1 g kristall holdagi natriy
asetatdan asta-sekin solinadi va suyuqlikni chayqatmay, temir-ammoniyli
achchiqtoshning 1% li eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Natijada, kristall ustidagi
neytral zonada filtratdagi taninlarning gidrolizlanuvchi guruhi parchalangan
34
mahsulotlari mavjudligini isbotlovchi ko‘k yoki zangori rangli to‘garakcha hosil
bo‘ladi.
2. Kolbachaga o‘simliklardan tayyorlangan 10% li taninlar ajratmasidan solib, unga
nitrozometil uretan qo‘shib
qaynaguncha qizdirilsa, kondensatsiyalanuvchi
(pirokatexin guruhi) oshlovchi moddalar to‘liq cho‘kadi. Cho‘kma filtrlanadi.
Filtratda gidrolizlanuvchi (pirogallol guruh) oshlovchi moddalar borligini aniqlash
uchun probirkada olingan 5 ml filtratga 1 g kristall holdagi natriy asetatdan solinadi
va suyuqlikni chayqatmay, temir-ammoniyli achchiqtoshning 1% li eritmasidan 10
tomchi qo‘shiladi. Pirogallol guruhi oshlovchi moddalar bo‘lsa, filtrat
binafsharangga bo‘yaladi.
OSHLOVCHI MODDALARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI.
Oshlovchi moddalar va tarkibida taninlar bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlangan
dorivor preparatlar tibbiyotda me’da-ichak (ich ketishi, kolit), og‘iz va tomoq shilliq
qavatlarining yallig‘- lanishi (stomatit, gingivit) kasalliklarini, teri kuyishi, surunkali
ekzema hamda yaralarni davolashda burishtiruvchi va bakteritsid modda sifatida
hamda ichakdan qon oqishini to‘xtatish uchun ishlatiladi. Taninlarning bunday
ta’siri ularning oqsil moddalar bilan cho‘kma berishiga
hamda fenol gidroksil
guruhlarining bakteritsid xossalariga asoslangan. Bulardan tashqari, taninlar og‘ir
metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlar bilan zaharlanganda antidot sifatida
ham ishlatiladi.
EMAN (DUB) PO‘STLOG‘I – CORTEX QUERCUS.
O‘simlikning nomi. Oddiy eman (dub) (qo‘ng‘ir eman, bandli yoki yoz dubi) —
Quercus robur L. (Quercus pedunculata Ehrh.) va bandsiz gulli eman (qish dubi) —
Quercus petraea Liebl. (Quercus sessiliflora Salisb.), qoraqayindoshlar — Fagaceae
oilasiga kiradi (77-rangli rasm). Oddiy eman bo‘yi 40 (ba’zan 50) metrga yetadigan
daraxt. Eman daraxtining shoxlari yorilmagan kumushrangli, tanasi esa yorilgan
qo‘ng‘ir-kulrang tusli po‘stloq bilan qoplangan. Bargi patsimon bo‘lakli, umumiy
ko‘rinishi cho‘ziq-teskari tuxumsimon bo‘lib, poyada qisqa bandi bilan ketma-ket
joylashgan. Gullari bir uyli, bir jinsli,
otalik gullari siyrak, ingichka kuchalaga
to‘plangan. Gulqo‘rg‘oni 5—9 ta chiziqsimon-lansetsimon bo‘lakka qirqilgan,
otaligi 5—10 ta. Onalik gullari 1—3 tadan bo‘lib, ularning gulqo‘rg‘oni yaxshi
taraqqiy etmagan, 6 bo‘lakli, onalik tuguni uch xonali, pastga joylashgan. Mevasi —
gulqo‘rg‘onining qoldig‘iga joylashgan, uzun bandli cho‘ziq yong‘oqcha. Aprel-
may oylarida (40—60 yoshdan boshlab) gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda pishadi.
Qishki eman oddiy emandan mevasining bandsiz, bargining uzunroq bandli bo‘lishi
bilan farq qiladi. Geografik tarqalishi.
Eman daraxti Ukraina, Belorus, Moldova,
Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Rossiyaning Yevropa qismidagi keng yaproqli va aralash
o‘rmon zonasida ko‘p tarqalgan. Mahsulot tayyorlash. Dub daraxti po‘stlog‘i
bahorda, ya’ni daraxt tanasida suv yurisha boshlagan paytda maxsus ajratilgan
yerdagi daraxtlardan shilib olinadi. Odatda, usti tekis, yorilmagan, po‘stlog‘i
yaltiroq yosh, tanasining diametri 5—10 sm li daraxtdan yoki katta daraxtning yosh
shoxlaridan yig‘ilib, ochiq havoda, quyoshda quritiladi. Mahsulotning tashqi
35
ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot har xil
uzunlikdagi (30 sm gacha), 2—3 mm (6 mm
gacha) qalinlikdagi naychasimon yoki
tarnovsimon
po‘stloqdan
iborat.
Po‘stloqning ustki tomoni och qo‘ngir yoki
och kulrang tusli, yaltiroq, ba’zan xira, silliq
yoki
biroz
burushgan,
yorilmagan,
yasmiqchali, ichki tomoni esa sariq-
qo‘ng‘irrangli,
uzunasiga
juda
ko‘p
ingichka qirrali bo‘ladi. Po‘stloq (sindirib
ko‘rilganda) tolali. Quritilgan po‘stloqda
hid bo‘lmaydi. U kuchli burishtiruvchi
mazaga ega. Po‘stloqning ichki tomonini
temir-ammoniyli achchiqtosh eritmasi bilan
namlansa, qora-ko‘k rangga bo‘yaladi.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq
usulda
yumshatilgan
po‘stloqni
ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi.
Floroglusin eritmasi va xlorid kislota bilan bo‘yalgan po‘stloqning ko‘ndalangiga
kesilgan preparati mikroskop ostida ko‘riladi (25-rasm). Po‘stloq tashqi tomondan
po‘kak (probka) to‘- qimasi bilan qoplangan. Uning ichkarisida esa po‘stloq
parenximasi joylashgan. Po‘stloq parenximasida guruh holida lub tolasi va
toshsimon hujayralar hamda lub tolasi bilan toshsimon
hujayralar galma-gal
o‘rnashib hosil qilgan tutash mexanik halqa (belbog‘) bo‘ladi. Agar mexanik halqa
uzilib ketgan bo‘lsa (po‘stloq yorilganda), mahsulot past sifatli (qari) hisoblanadi.
Mexanik halqa hamda lub tolalari va toshsimon hujayralar flora.25-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: