Alohida turdagi kompotlarni tayyorlash
Assorti kompotlari. Assorti kompotlari 4-5 tur butun yoki maydalangan xom ashyoning aralashmasidan ishlab chiqariladi. Turli meva hosili bir vaqtda pishib yetilmagani uchun yangi xom ashyo bilan birgalikda yirik tara (3 l cig’imli banka)ga ustiga 20%li sirop quyilib konservalangan va sochma
holatda yaxlatilib -180C li sovutgichlarda saqlanuvchi YaTM ham ishlatiladi.
Barcha YaTM tayyorlangach bankalar ochiladi va meva kerakli yig’mada boshqa, asosan mayda taraga qadoqlanadi.
Bankalarga joylashtirilgan mevaning ustiga 40-45%-li sirop quyiladi. Ushbu siropni tayyorlashda ochilgan YaTM bankasidagi siroplardan ham foydalaniladi. To’ldirilgan bankalar berkitiladi, 15-50 daqiqa 1000C temperaturada sterilizatsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |