Urugʻchilik Urug‘chilikni rivojlantirish markazining asosiy vazifalari Genetika va seleksiya yutuqlari



Download 48,62 Kb.
bet3/7
Sana01.01.2022
Hajmi48,62 Kb.
#295148
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SELEKSION MATERIALNI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH 2021

urug‘liklar selektsiya va tadqiqot ishlari, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa.

Ilmiy maqsadlarda va navni sinash uchun olib kirilayotgan hamda olib chiqilayotgan urug‘liklar uchun bojxona boji undirilmaydi va ular kvotalanmaydi hamda litsenziyalanmaydi.

  • Urug‘chilik sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻz urugʻchilik bazasini yaratish, qimmatli navlarning genofondini saklab krlish, respublikaning iqlim sharoitlariga moslashgan yangi nav va duragaylarini yaratish, qishloq xoʻjaligini serhosil va yuqori sifatli urugʻliklar bilan taʼminlash, urugʻchilikka jahon tajribasi yutuklarini joriy etish U.dagi asosiy vazifalarga aylandi. Bu masala davlat ahamiyatiga ega ekanligi eʼtiborga olinib 1996-yil 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasining "Urugʻchilik toʻgʻrisida" qonuni qabul qilindi. 1999 —2001 yillarda Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibida respublikada ekiladigan asosiy ekin turlari boʻyicha U. boshqarmalari tashkil etildi.

Oʻzbekistonda U. tizimining umumiy qoidalariga koʻra, i.t. muassasalari (navlar mualliflari) superelita va elita urugʻligini yetishtiradilar (birlamchi U.) va ularni koʻpaytirish uchun respublikadagi boshqa i.t. muassasalarining tajriba xoʻjaliklariga va qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining oʻquv xoʻjaliklariga beradilar. Bu xoʻjaliklar urugʻchilik xoʻjaliklarini urugʻlik material bilan taʼminlaydilar. Elita urugʻchilik xoʻjaliklaridagi urugʻlik ekinlar dalalarida oʻsimliklarni yetishtirishda navdor, sara va sifatli urugʻlik olishni taʼminlaydigan maxsus texnologiyalar qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda shakllangan hozirgi U. tizimi mamlakatda bugʻdoy, gʻoʻza, makkajoʻxori, beda, sabzavot va boshqa navli ekinlar maydonlarini 100% ga yetkazish imkoniyatini yaratdi. U.ning hozirgigi zamonaviy tizimi gʻoʻza U. i, boshoqli don ekinlari U.i, sabzavot ekinlari U.i, kartoshka U.i, qand lavlagi U.i, makkajoʻxori U.gi, moyli ekinlari va oʻtlar U.gi va boshqalardan iborat. Gʻoʻza urugʻ chiligi tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: navlarni dastlabki koʻpaytirish, nav almashtirish, r-nlashtirilgan navlar urugʻini yangilash; urugʻlik chigit fondini tayyorlash, chigitni ekishga tayyorlash, xujaliklarni urugʻlik chigit bilan taʼminlash; urugʻchilik nazorati. r-nlashtirilgan yangi navning chigiti dastlabki koʻpaytirishdan soʻng elita urugʻchilik xoʻjaliklarining elita koʻchatzorlariga ekiladi. Olingan chigit keyingi yili yana xoʻjalikda ekilib, ulardan 1reproduksiya chigitlari olinadi, ular keyingi yillari urugʻchilik xoʻjaliklarida ekilib, 2 va 3reproduksiya uruglari yetishtiriladi. 3reproduksiya urugʻlari shu mintaqadagi boshqa paxtachilik xoʻjaliklarida ekiladi. 4reproduksiya chigitlari aksariyat texnika maqsadlarida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Chigitni koʻpaytirishda elitadan 4reproduksiyagacha boʻlgan jarayon 5 yil davom etadi. Davlat reyestriga kiritilgan gʻoʻza navlarining elita uruglarini yetishtirish ikki uslubda: nav ichida chatishtirish oʻtkazish orkali yoki nav ichida chatishtirish oʻtkazmasdan olib boriladi.

Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi tizimi. Respublikada ishlab chiqilgan boshokli don ekinlari urutchiligi tizimiga asosan, Suyuriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar instituti va uning Gʻallaorol va viloyat filiallari nav mualliflari bilan birgalikda r-nlashtirilgan va istikbolli boshokli don ekinlari navlarining birlamchi urugʻchilik tizimini toʻla olib borgan xrlda elita urugʻchilik xoʻjaliklarini superelita urugʻlari bilan taʼminlaydi. Viloyatlardagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari elita va 1reproduksiya uruglarini yetishtirib maxsus urugʻchilik xoʻjaliklariga beradi. Ular elita va 1reproduksiya uruglarini 4reproduksiyagacha koʻpaytirib, oʻzlari va ularga birkitilgan xujaliklarni navdor, yuqori sifatli urugʻlik bilan taʼminlaydi.

Sabzavot va poliz ekinlari urugʻchiligi tizimi. Sabzavot va poliz ekinlarining deyarli hammasi chetdan changlanib urug tugadi, shu sababli ularning navdor urugʻlari oʻzga navlardan masofa bilan ihotalangan maydonlarda yetishtiriladi. Bunday navlararo oraliq masofalarning uzoqyaqinligi ekin turi ga qarab 50 m dan 2000 m gacha (karam, sabzi) buladi. Ikki yillik sabzavot ekinlarining navlari birinchi yilda birbiridan masofa orqali ihotalanmaydi. Urugʻlik maydonlarda nav tozalash ishlari olib boriladi. Bodringda nav tozalash ishlari 1marta oʻsimlik gullab naycha tukkanda boshlanadi. Urugʻlik mevalar tulik, pisha boshlagandan soʻng dala aprobatsiyasi utkaziladi.

Kartoshka urugʻchiligi tizimida respublikada r-nlashtirilgan navlarining navdor hamda birlamchi urugchiligi, chetdan keltirilgan navlar boʻyicha faqat navdor urugʻchilik ishlari olib boriladi. Birlamchi urugʻchilik 6 yillik sxemada (boshlangʻich sogʻlom oʻsimlikni tanlab klon olish, klonlarni birinchi yili sinash; klonlarni ikkinchi yili sinash; supersuperelita, superelita; elita) tashkil etilgan. Navdor kartoshka urugʻlari "Oʻzkartoshkanavurugʻlari" firma xoʻjaliklarida birinchi reproduksiya, shuningdek, ozuqabop kartoshka yetishtiradigan xoʻjaliklarning urugʻlik uchastkalarida 2—3reproduksiya urugʻlari yetishtiriladi. Ekiladigan tuganaklar vazni 60—80 g boʻlishi (ayrim hollarda 40—50 g lilardan xam foydalanish mumkin) talab etiladi. Uruglik uchun ekilgan maydonlar nav sofligini saqlash uchun fitopatologik tozalanadi — begona navlar hamda kasallangan usimliklar olib tashlanadi.


Download 48,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish