MAVZU: SELEKSION MATERIALNI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH
REJA:
Urugʻchilik
Urug‘chilikni rivojlantirish markazining asosiy vazifalari
Genetika va seleksiya yutuqlari
Urugʻchilik
Urugʻchilik — oʻsimlikshunoslikning navdor urugʻlikni yalpi koʻpaytirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi; fan va i.ch. sohasi. U. urugʻshunoslik va seleksiya bilan chambarchas bogʻliq. Nav yangilash, nav almashtirish uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarining yuqori sifatli navdor urugʻligini yetishtirish usullarini ishlab chiqish va ekinlar urugʻini yalpi koʻpaytirish bilan shugʻullanadi. U.ning asosiy vazifalari — yangi va r-nlashtirilgan navlarning qimmatli xoʻjalik sifatlarini sakdagan navdor uruglik yetishtirish; yangi navlarni takomil lashtirish; barcha xujaliklarni yuqori sifatli urugʻlik bilan taʼminlash; yangi navlarni jadal koʻpaytirish, i.ch.ga joriy etish va qulay r-nlarda joylashtirish. U. Rossiyada 19-asrning 2yarmida, Oʻrta Osiyoda rus olimlari ishtirokida 20-asr boshlarida vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoda birinchi marta 1900 yilda qishloq xoʻjaligi tajriba st-yalari tashkil etildi. Ular Turkiston, Andijon, Mirzachoʻl, Ashxobod tajriba styalari boʻlib, ularda, asosan, gʻoʻza boʻyicha ish olib borilgan edi. 1910 yilda Turkiston tajriba stansiyasida (hozirgi R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. instituti) don ekinlarining Turkiston mahalliy navlari ekilib, birinchi marta seleksiyaurugʻchilik nuqtai nazaridan oʻrganila boshlandi. Oʻrta Osiyoda gʻoʻza boʻyicha U. 1910 yilda tajriba muassasalarida urugʻlik ekinzorlari tashkil etila boshlagandan keyin paydo boʻldi. 1921—34 yillarda U. va seleksiyaning yagona tizimi ishlab chiqildi. 1925— 26 yillarda ilmiy U. shakllandi. Gʻoʻza U.gi boʻyicha ishlar 1925 yildan Turkiston seleksiya va urugʻchilikni nazorat qilish st-yasida olib boriddi. 1926 yilda Fargʻona, 1929 yilda Toshkent viloyatlarida sabzavot, poliz ekinlarining navli urugʻligini yetishtirish boʻyicha urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etildi. 1926—37 yillarda donli ekinlar U. bilan Kattaqoʻrgʻon va Milyutin (hozirgi Gʻallaorol) tajriba st-yalari shugʻullandi. 1927 yilda Andijonda birinchi elita ekinzorlari tashkil etildi. 1931 yilda donli ekinlarning navdor urugʻligi uchun davlat standarti tasdiqlandi, davlat navdor urugʻlik fondi tuzildi va yangi U. tizimi vujudga keldi. 50—60-yillarda ham U. tizimini shakllantirish ishlari davom ettirildi. 1965 yilda gʻoʻza, beda va boshqa oʻt ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi bilan shugʻullanadigan hozirgi Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, 1974 yilda gʻalla ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi bilan shugʻullanadigan Oʻzbekiston gʻallachilik instituti (sobiq Milyutin tajriba st-yasi) tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |