Urugʻchilik Urug‘chilikni rivojlantirish markazining asosiy vazifalari Genetika va seleksiya yutuqlari



Download 48,62 Kb.
bet6/7
Sana01.01.2022
Hajmi48,62 Kb.
#295148
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SELEKSION MATERIALNI URUG‘CHILIGINI TASHKIL ETISH 2021

Genetika va seleksiya yutuqlari

Genetika (yun. genezis — kelib chiqish, paydo boʻlish) — barcha tirik organizmlarga xos boʻlgan irsiyat va oʻzgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini oʻrganadigan fan. G.ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromosoma, genlar va nuklein kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda funksiyalarini tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi avlodlarga oʻtishini ochib berishdan iborat. Har xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida organizmlarda irsiy oʻzgaruvchanlikning paydo boʻlishi va uning organizmlar evolyutsiyasidagi ahamiyatini tadqiq qilish ham G.ning vazifalari qatoriga kiradi. Madaniy oʻsimliklarning serhosil navlari, hayvonlar va mikroorganizmlarning mahsuldor zotlari va shtammlarini yaratish; irsiy kasalliklarning paydo boʻlish sabablarini oʻrganish asosida ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; ekologik muhitning irsiyatga salbiy taʼsir etuvchi omillarini oʻrgaiib, genofondni saqlab qolishni genetik jihatdan asoslab berish G. tadqiqotlarining amaliy muammolarini ifodalaydi.

Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida qishloq xo‘jaligi va uning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblangan paxtachilikning o‘rni beqiyos. Ushbu sohada rivojlanishning istiqboli ko‘p jihatdan g‘o‘za genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligida erishilgan fan yutuqlariga bog‘liq.

Hozirgi kundagi dolzarb masala seleksion tarmoqning urug‘chilikka bo‘lgan munosabati va uning eng zamonaviy uslublarini qo‘llash yo‘li bilan intensiv xususiyatli navlar yaratishning vujudga kelgan yaxlit tizimini izchil takomillashtirib borishdir.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Kleystogam genetikasi laboratoriyasida davom ettirilayotgan xazmogam (ochiq) va kleystogam (yopiq) gul belgilari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chilik ishlari noan’anaviy usullarga asoslangan, mutlaq yangi yo‘nalishga qaratilgan bo‘lib, muayyan genetik qonuniyatlar mexanizmi yaratilishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu ijodiy mexanizm bu boradagi yo‘nalishning fanda ma’lum bo‘lmagan jihatlarini aniqlab, genetik qonuniyatlar mexanizmini amaliy seleksiyada qo‘llash yo‘li bilan intensiv xususiyatli navlar yaratishning mukammal holatdagi oddiy, ammo barqaror genetik usullari ishlab chiqilishiga olib keldi. Shu tariqa genetik taraqqiyotning mahsuli sifatida gul belgilariga asoslangan yangi seleksion yo‘nalishning poydevori sifatida fanda genetik yo‘nalishning barqaror holati bilan bog‘liq bo‘lgan, yopiq gul belgisiga ega ingichka va o‘rta tolali navlar turiga mansub tizmalar — genkolleksiyalarga asos solindi.

Ulardan chatishtirish yo‘li bilan ochiq va yopiq gulli, intensiv xususiyatli oilalarni ajratib olish imkoniyati yuzaga keldi. Ajratib olingan ushbu oilalar va tizmalardan qisqa vaqt ichida g‘o‘zaning yopiq gul xususiyatiga ega bo‘lgan, tezpishar, serhosil, bargi tabiiy to‘kiladigan ingichka tolalilarga mansub, jahonda o‘xshashi yo‘q “Ijod”, “Navo” va “Kleystogam-1” navlari yaratildi.

Tur doirasidagi asosiy biologik jarayonlarni amalga oshiruvchi ochiq gul belgisi o‘rta tolali paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar tadqiqotlarida muhim o‘rin tutadi. Demak, bu belgi ochiq gulli genetik holatlar uchun barqaror xususiyatga ega bo‘lib, jahon paxtachiligining asosini tashkil etadi.

Biroq ochiq gullilar o‘z mohiyati jihatidan chetdan changlanish xususiyatiga ega. Bu holat irsiy o‘zgaruvchanlik qatorida sodir bo‘lgani tufayli ularning navdorlik darajasiga chetdan changlanish hisobida putur yetkazuvchi genlar faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa, tanlash jarayonida irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli sodir bo‘ladigan biologik ifloslanishga olib keladi. Biologik ifloslanish jarayoni sodir bo‘lmasligiga, o‘simliklarni sof holda saqlashga mutlaq yangi uslublarni qo‘llash asosida ularni chegaralash (o‘z-o‘zini changlash) yo‘li bilan erishish mumkin.

Eslatib o‘tish joizki, chatishtirishlar asosidagi ochiq gul belgisi genetik nishonli bo‘lib, yopiq gul belgisini birinchi avlodda yuzaga chiqarmaydi, ya’ni barqaror xususiyatga ega bo‘ladi.

Ochiq gul belgisi irsiyat va o‘zgaruvchanlik tufayli chetdan changlanish hisobiga o‘simlikni yangi belgi va xususiyatlar bilan to‘ldirsa (navning soflik darajasiga putur yetkazadi va ifloslanishiga olib keladi), yopiq (kleystogam) gul belgisi irsiyatning mavjud asosini bir xil genetik holatda saqlash imkoniyatini beradi. Demak, genetik va seleksion muammolarni o‘rganishda ochiq va yopiq gul belgilarini, avvalo, ularning genetikasini o‘rganish yo‘li bilan amaliy seleksiyaga qo‘llash orqali bir qator muammolarni ijobiy hal qilishning moddiy asosi yaratilib, nusxalar, tizmalar, genkolleksiyalar va intensiv xususiyatli navlar hosil qilishga asos bo‘ladi. Tadqiqotlar natijasida yaratilgan g‘o‘zaning “Yuksalish” navining qimmatli xo‘jalik belgilari shuki, uning tola chiqimi 44,5-45,5 foiz, tola uzunligi 35-36 mm, solishtirma hosildorligi gektaridan 42-45 sentnerni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda madaniy oʻsimliklar genetikasi va seleksiyasi sohasidagi i. t. ishlari boshlangʻich material hisoblangan oʻsimliklar genofondini yaratish bilan bogʻliq. Oʻsimliklar genofondi oʻsimliklarning ikki kolleksiyasini oʻz ichiga oladi. Ulardan biri oʻsimliklarning madaniy navlari, chala yovvoyi va yovvoyi ajdodlarining dunyo kolleksiyasidir .

Oʻzbekistonlik olimlar G. S. Zaysev, F. M. Mauyer, A. A. Abdullayev va b.ning saʼy harakatlari tufayli mamlakatimizda madaniy oʻsimliklarning boy kolleksiyasi barpo etildi. Soʻnggi yillarda gʻoʻzaning sof gomozigotali izogen, mutant, monosomik va trans-lokatsion liniyalar genetik kolle.k-siyasini yaratish ustida tadqiqotlar olib borildi (J. A. Musayev). ToshDU (hoz. OʻzMU)ning bir guruh olimlari tomonidan gʻoʻzaning muhim morfologik, biologik, xoʻjalik ahamiyatiga ega belgilarning genetik asoslari oʻrganib chiqildi va genetik kolleksiyasi yaratildi. Kolleksiyaning asosiy qismi izogen liniyalar majmuasidan iborat boʻlib, oʻzining sifati va soni jihatidan mamlakatlar ichida yagona hisoblanadi. Bunday kolleksiyalar gʻoʻzaning monosom va translokatsion liniyalari boʻyicha ham barpo etilgan. Keyingi yillarda G. sohasidagi tadqiqotlar Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutit ham olib borildi. Gʻoʻza sitogenetikasi va seleksiyasi sohalaridagi tadqiqotlarning rivojlanishiga S. S. Kanash, L. G. Arutyunova, F. M. Mauyer, A. A. Abdullayev, A. I. Avtonomov, L. V. Rumshevich, S. M. Mirahmedov, S. S. Sodiqov, B. P. Straumal va b. katta hissa qoʻshdi. N. N. Nazirov, O. J. Jalilov olib borgan tadqiqotlar asosida radiobiologiya, radiatsion seleksiyaning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Gʻoʻza mutagenezi sohasida bir qancha muhim tadqiqotlar olib borildi (Sh. I. Ibrohimov, A. E. Egamberdiyev va b.). G. sohasidagi tadqiqotlar bogʻdorchilik va tokchilik, donchilik, sholichilik, sabzavotchilik, botanika intlarida hamda bir qancha oliy oʻquv yurtlari kafedralarida olib boriladi.



Xulosa o‘rnida aytish joizki, olimlarimiz zimmasida, avvalo, xalqimiz manfaati hamda dunyo bozori talablariga javob beradigan g‘o‘za navlarini yaratish va ularni amaliyotga to‘liq joriy etishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda “Urug‘chilik qonuniyatlari to‘g‘risida”gi va “Seleksiya jarayonining yutuqlari to‘g‘risida”gi qonunlar dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.


Download 48,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish