ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI MASHINASOZLIK TEXNALOGIYASI FAKULTETI IQTISODIYOT YO’NALISHI II-KUSR 69-20 GURUH TALABASI RAXMATULLAYEVA MUSHTARIYNING MINTAQAVIY IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI. MAVZU: SAMARQAND VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIGI TARMOG’INI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI. REJA 1 SAMARQAND VILOYATINING SHAKLLANISH TARIXI. 2 VILOYATDA QISHLOQ XO’JALIK TARMOG’INI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. 3 VILOYATDA QISHLOQ XO’JALIK TARMOG’INI TAHLILI. 4 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VILOYATLARGA BO’LINISHLARI 1938- YIL 15- YANVAR KUNIDAN BOSHLANGAN. DASTLAB SHU KUNI 5 TA BUXORO, SAMARQAND, TOSHKENT, FARG’ONA VA XORAZM VILOYATLARI TASHKIL ETILGAN. USHBU VILOYAT RESPUBLIKA HUDUDINING MARKAZIY QISMIDA ZARAFSHON DARYOSINING O’RTA OQIMI HAVZASIDA JOYLASHGAN. UNING CHEGARALARI G’ARB VA SHIMOLI-G’ARBDA NAVOIY VILOYATI, SHIMOL VA SHIMOLIY-SHARQDA JIZZAH VA JANUBDA QASHQADARYO VILOYATLARI , JANUBIY- SHARQDA TOJIKISTON BILAN TUTASH. SAMARQAND VILOYATI XOKIMI: ERKINJON TURDIMOV. QISQACHA MA’LUMOT - MA’MURIY MARKAZI: SAMARQAND
- YIRIK SHAHARLARI : SAMARQAND, KATTAQO’RG’ON
- RASMIY TILI : O’ZBEK
- AHOLI : 3790900 ( 2019-YIL 1- YANVAR HOLATI)
- MAYDONI : 16,8 MING KM/KV
- TARKIBI : 14 TA TUMAN, 11 TA SHAHAR VA 88 TA
- : SHAHARCHA MAVJUD.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, qorako‘lchilik, ipakchilik.
Xo‘jaligi. Samarqand viloyati hududida aholi qadimdan obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Dehqonchilik bilan birga savdo va hunarmandchilik ham taraqqiy etgan.
Samarqand hududiy ishlab chiqarish majmuyida qishloq xo‘jalik alohida o‘rin tutadi. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 75 foizini beradi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i bu rayonda ham paxtachilik va g‘allachilikdir. Boshqa texnik ekinlardan tamaki, kunjut, zig‘ir va safsar (maxsar) yetishtiriladi. Urgut tumani tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Bahorikor yerlarda bug‘doy va arpa ekiladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlari yuksak taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi xo‘jaliklarda, aholining tomorqa yerlarida ko‘plab turli xil sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 1 299 440 gektarni tashkil etadi.
Umumiy ekin maydoni – 429 038 gektar.
2020-yilda Samarqand viloyatida jami 44 ta agroklaster ishlagan. Yerlarga 7 188 ta fermer xo‘jaligi biriktirilgan. Umumiy ishlab chiqarish quvvati – 1 031 884 tonna. Shuningdek, 38 ta fermer xo‘jaligidan tashkil topgan 1 ta meva-sabzavotchilik kooperatsiyasi faoliyat yuritgan. Umumiy ishlab chiqarish quvvati 3 5 000 tonna. 7 ta agrologistika markazlari mavjud.
Viloyatda 11 740 ta fermerlik hamda 521 426 ta dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyat yuritadi. 398 gektar maydoni 223 ta fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga taqsimlangan.
Hozirgi kunda 245 ta fermer xo‘jaligi uchun 12 822 gektar maydon intensiv bog‘lar uchun ajratilgan.
Qishloq xo‘jaligi
2021 yilning yanvar-dekabr oylari hisobotlariga ko‘ra Samarqand viloyati qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egalagan, ya’ni yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 13,0%i (41 206,1 mlrd.so‘m) viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 4,6%ga oshgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 10 328,6 ming so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 2,6%ga o‘sish kuzatilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |