Mavzu: Klon qonuni
Ta’limiy maqsadi: O`quvchilarga Klon qonuni haqida ma`lumot berish.
Tarbiyavay maqsadi: Fizika fanini o’rganish orqali vatan ravnaqiga munosib hissa qo’shishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Fizik fanini o’rganish orqali aqliy qobilyatlarni o’stirish va mustaqil fikrlashga o’gatish.
Uslubi: Interfaol
Jihozlar: Plokatlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish va sinfni darsga tayyorlash.
Suhbat: Fandagi yangiliklar.
Baholash: Qisqa vaqtga tayyorlangan testlar, tarqatma materiallar, doskada bilimdonlar sinovi va kim ko’p formula biladi musobaqasi.
Kulon tajribalari:
Elektrlangan jismlar bir-biriga tegmasdan ma’lum masofada turib ham ta’sirlashadi.
1785-yilda fransuz olimi Sharl Kulon elektr zaryadlarining o’zaro ta’sirlashish qonunini tajriba orqali kashf etdi.
Zaryadlangan jismlarning o’zaro ta’siri buralma tarozi yordamiga o’rganilgan. Buralma tarozida ingichka elastic sigma shisha sterjen osilgan. Sterjenning bir uchiga A metal sharcha, ikkinchi uchiga esa C posangi mahkamlangan. Boshqa bir B metal sharcha tarozining qopqog’iga qo’zg’almas qilib mahkamlangan. Sharchalar bir xil ishorali zaryadlanganda A sharcha B sharchadan itariladi, turli ishorali zaryadlanganda esa tortiladi. A sharcha harakatga kelganda, osilgan sim buraladi. Sharchalarning o’zaro kuchi simning buralish burchagiga qarab aniqlanadi.
Kulon sharchalar orasidagi masofani turlich qilib olgan. Bunda zaryadlangan sharchalarning F o’zaro ta’sir kuchi ular orasidagi r masofaning kvadratiga teskari proporsional ekanligi aniqlangan, ya’ni:
Kulon tajriba jarayonida sharchalarning zaryadini 2, 4, 8va hokazo marta kamaytirib brogan. Tajriba natijalari sharchalar orasidagi F ta’sir kuchi A va B sharchalardagi q1 va q2 zaryadlar miqdorlarining ko’paytmasiga to’g’ri proporsional ekanligini ko’rsatgan,ya’ni:
q1q2
Klon qonuni
O’zaro ta’sirlashayotgan jismlarni nuqtaviy zaryad deb olaylik. Nuqtaviy zaryad deb, o’lchami shakli hisobga olinmaydigan zaryadlangan jismga aytiladi. Klon yuqoridagi formulalarni umumlashtirib, nuqtaviy zaryadlarning o’zaro ta’sir kuchi formulasi quyidagicha bo’lishini aniqladi:
F=k
Bunda k – proporsionallik koefisienti.
Ikki qo’zg’almas nuqtaviy elektr zaryadlarining o’zaro ta’sir kuchi zaryadlarning miqdorlariga to’g’ri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional.
Elekr zaryadlangan jismlar o’zaro ta’sirining ushbu qonuni Sharl Klon tomonidan kashf etilgani uchun bu qonun Klon qonuni deb, o’zaro ta’sir kuchi esa Klon kuchi deb yuritiladi.
Ikki zaryadning o’zaro ta’sirida ikkinchi zaryad birinchi zaryadga qanday F1,2 kuch bilan ta’sir etsa, birinchi zaryad ham ikkinchi zaryadga xuddi shunday miqdorda F2,1 kuch bilan ta’sir ko’rsatadi. Nyutonning uchinchi qonuniga ko’ra, bu kuchlar miqdor jihatdan teng va o’zaro qarama – qarshi yo’nalgan, ya’ni:
F1,2=-F2,1
Klon kuchi f ning yonalishi ikki zaryadni bog’lovchi to’g’ri chiziq bo’ylab qaysi tomonga yo’nalganligi zaryadlarning ishorasiga bog’liq bo’ladi.
Bir xil ishorali zaryadlar bir-biridan itariladi, kuch F musbat ishorali bo’ladi. Turli ishorali zaryadlar esa bir-biriga tortiladi, kuch F manfiy ishorali bo’ladi.
Klon kuchi formulasidan k quyidagicha ifodalanadi.
k=F
Kuchni nyuton (N)da, zaryadlangan jismlar orasidagi masofani metr (m)da, zaryad miqdorini klon (C)da ifodalasak, proporsionallik koeffisienti k ning birligi Nm2/C2 ko’rinishida bo’ladi. K ning qiymati tajriba asosida quyidagiga tengligi aniqlandi:
k=9 109 N m2/C2
tabiatda eng kichik zaryad miqdori elektronning zaryadidir.
Qiymat jihatidan elektron zaryadiga teng bo’lgan zaryad elementar zaryad deb ataladi. Tabiatdagi barcha zaryadlar elementar zaryadga karrali bo’ladi.
Ya’ni elementar zaryad elektron zaryadining qiymatiga teng.
e=1.6 10-19 C
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish va savollarga javob qaytarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |