Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet83/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

10.2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning turlari va aniqlanish tartibi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy qiymat ko'rsatkichlari bilan birgalikda o'rtacha xarajatlar, ya’ni tannarx ko'rsatkichi ham mavjud. Tannarx bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy




215


kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlaming bir birligi xo'jalik uchun necha so‘mga tushganligi aniqlanadi. Uning darajasi baho bilan taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko'riladigan zararlar aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklar uchun juda muhimdir.
Tannarx deganda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlami bajarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uning mutlaq darajasini aniqlash uchun barcha xarajatlaming umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.
Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi fonnula yordamida aniqlanadi:
2*
TYM
Bunda: T mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxi;
I X - qilingan xarajatlarning summasi;
STM - yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmatlar miqdori.
Qishloq xo'jaligida mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi:
- reja tannarxi;
- ishlab chiqarish tannarxi;
- to‘liq tannarxi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisini yalpi yetishtirilgan mahsulot miqdoriga taqsimlash orqali aniqlanadi. To‘liq tannarx esa barcha xarajatlaming yetishtirilgan yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. To'liq tannarx tijorat tannarxi deb ham ataladi, chunki u asosan sotilgan mahsulotlar uchun hisoblanadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari (ishlar va xizmatlarjning reja tannarxi ham
aniqlanadi. Reja tannarxi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me'yorlar asosida aniqlanib, qishloq xo‘jalik korxonasi tomonidan yil boshida tuziladigan «Biznes reja»da aks ettiriladi. Qishloq xo'jalik mahsulotiarining reja tannarxini aniqlash yil boshida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad -ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan mahsulotlarning ilmiy asoslangan me'yorlar asosida reja tannarxini aniqlab olish va shu asosida tannarxni nazorat qilib borishdir. Bunda xarajatlar ilmiy asoslangan me’yorlar darajasida amalga oshirilayotganligi kuzatib boriladi. Agar ilmiy asoslangan rae'yorlardan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini yaratib beradi.
Qishloq xo‘jaligida barcha xarajatlami amalga oshirish natijasida asosiy va turli xildagi qo'shimcha mahsulotlar olinadi. Jumladan, paxtachilikda paxta xomashyosi asosiy mahsulot hisoblansa, g‘o‘zapoya qo‘shimcha


216


mahsulot sanaladi. G‘alla yetishtirishda don asosiy, somoni (poyasi) qo'shimcha mahsulotdir. Sut yo'nalishidagi qoramolchilikda sut asosiy, buzoq va go‘sht qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Lekin tarmoqdagi barcha xarajatlar asosiy mahsulotni yetishtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlaming ishlab chiqarish tannarxini aniqlashda xarajatlar asosiy va qo'shimcha mahsulotlar o‘rtasida koeffitsiyentlar orqali taqsimlanadi. Masalan, donchilikda qo‘shimcha mahsulot hisoblangan somon belgilangan koeffitsiyentlar yordamida asosiy mahsulotga aylantiriladi. Ulami asosiy mahsulotlaming miqdoriga qo‘shib, yalpi don mahsulotining shartli miqdori aniqlanadi. Jami shartli mahsulot tarkibidagi asosiy hamda qo‘shimcha mahsulotlaming salmoqlari aniqlanadi. Shundan so'ng jami ishlab chiqarish xarajatlari aniqlab olingan salmoqqa mutanosib ravishda asosiy va qo'shimcha mahsulotlarga taqsimlanadi. Asosiy mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlab, asosiy mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Qo‘shimcha mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘shimcha mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlash orqaii esa qo‘shimcha mahsulotning tannarxi aniqlanadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda olinadigan qo'shimcha mahsulotlami shartli asosiy mahsulotga aylantirish koeffitsiyentlari 10.1-jadvalda keltirilgan.
10.1-jadval

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish