Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet79/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

9.2. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash yo‘nalishlari.

Qishloq xo'jaligining eng asosiy vazifasi respublika hududidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalaming xomashyoga, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talablarini qondirishdir. Shu bilan birgalikda, tarmoq tashqi bozor talabini qondirishda ham qatnashishi maqsadga muvofiqdir.


Qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tarmoqda yetishitirilgan mahsulotlaming bir qismi ichki ehtiyojlar uchun sarflanadi, jumladan, urug‘lik, yem-xashak, ozuqa uchun ishlatiladi, zahira fondiga ajratiladi, ishchi-xizmatchilarga natura shaklidagi ish haqi sifatida beriladi, ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi va hokazo. Aks holda tarmoqda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi ta'minlanmaydi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlami sotish yo'nalishlari quyidagi ikki guruhga bo'linadi:
a) davlat buyurtmalari asosida davlatga qarashli tayyorlov tashkilotlariga sotish;
b) erkin ravishda sotish.
Hozirgi vaqtda davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda va mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jalik korxonalari o'zlari yetishtirgan paxta xomashyosi, g‘alla, pilla kabi mahsulotlarining davlat buyurtmasida ko‘rsatilgan miqdorini joylardagi


199


davlatga qarashli tayyorlov korxonalariga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida sotadilar. Bu turdagi mahsulotlaming davlat buyurtmasidan ortiqcha qismi erkin ravishda shartnomalar asosida qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi va qayta ishlovchi korxonalarga sotiladi. 2008-yilda mamlakatimizda yetishtirilgan jami 6335,8 ming tonna g‘allaning 2531,4 ming tonnasi, yetishtirilgan jami 6146,5 ming tonna bug'doyning esa 2401,1 ming tonnasi davlat buyurtmasi asosida sotilgan.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini erkin sotish o‘z navbatida tayyorlov korxonalariga shartnomaviy baholarda sotish, ulgurji baholarda birjalar orqali sotish, chakana baholarda dehqon bozorlari, turli yarmarkalar, ichki sotish tizimi orqali sotish kabi yo'nalishlarda amalga oshiriladi.
Erkin bozor sharoitida mahsulotlami sotish bilan bogiiq boigan munosabatlar barcha talablarga javob bera oladigan darajadagi mukammal tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirishni taqozo etadi. Shartnomalar har ilcki tomonning erlcin kelishuvi asosida tuzilishi shart. Shartnomalami tuzishdan oldin tomonlar bozor konyunkturasini o‘rganishlari, zarur vositalami qayerdan, qachon, qanday baholarda, qancha va qanday usullarda olish mumkinligini, shuningdek, o‘z mahsulotlarini sotishni to‘g‘ri tashkil etish yo‘llarini o'rganib chiqishi lozim. Bundan tashqari, amaldagi me'yoriy hujjatlami ham mukammal bilishlari, ular asosida ish yuritishlari kerak.
Shartnomalar uzoq, qisqa muddatga va bir marta amalga oshiriladigan munosabatlar bo'yicha tuzilishi mumkin. Masalan, qishloq xo‘jalik korxonalari mahsulotlarini sotish uchun har yili shu mahsulotlami (paxta, g‘alla, chorvachilik mahsulotlari va boshqalar) sotib oluvchilar bilan shartnomalar tuzadilar. Shartnomalar har bir hamkor bilan mahsulotlar, bajariladigan ishlar va xizmatlar bo‘yicha alohida-alohida tuzilishi lozim. Ulami tuzishni osonlashtirish maqsadida 0 ‘zbekistonda namunaviy shartnomalaming bir necha turi mutasaddi tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan. Chunonchi, viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqannasi, ularning tumanlardagi bo‘limlari, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi hamda fenner xo‘jaliklariga o‘z ish faoliyatlarini yuritish uchun yemi uzoq muddatga ijaraga berish; bog‘ va tokzorlami ular joylashgan yer uchastkalari bilan ijaraga berish bo‘yicha namunaviy shartnomalarni davlat tilida taqdim etilgan.
Ayrim vaziyatlarda shartnomalaming to‘g‘ri tuzilmasligi qishloq xo‘jalik korxonalarining katta miqdordagi zarar ko‘rishiga olib kelishi mumkin. Namunaviy shartnomalarda tomonlaming huquqlari, burchlari, majburiyatlari kabi barcha shartlar to‘liq, aniq, ravon yozilgan boladi. Qishloq xo‘jalik korxonalari shartnomalarni tuzishda ulardan foydalanadilar, bu esa tuzilayotgan shartnomalaming sifatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining barcha xo'jaliklarda bir vaqtda tayyor bo‘lishi shu davrda ulaming bozordagi taklifini keskin oshiradi va tabiiy


200


ravishda ulaming narxi pasayadi. Bundan tashqari ko‘pchilik qishloq xo‘jalik mahsulotlari tez buziluvchan bo‘lganligi sababli fermer xo‘jaliklari mahsulot tayyor bo'lgan paytda arzon narxlarda sotishga majbur bo‘ladi. Shu sababli qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z mahsulotlarini qayta ishlaydigan minitexnologiyalarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari yurtimizda yetishtiriladigan o‘ta sifatli meva-sabzavotlami, jumladan, olma, anor, uzum, xurmo va boshqa shu kabi mahsulotlami saqlab, ma'lum muddatdan so‘ng ichki va tashqi bozorda sotish imkonini beradigan saqlash omborlarini tashkil etish lozim. Bunda xalqimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash bo‘yicha boy tajribasi va an’analaridan ham foydalanish mumkin. Bu orqali nafaqat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish jarayoni takomillashadi, balki aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan yil davomida bir maromda ta’minlash, qish oylarida ularning baholari keskin oshib ketishining oldini olish masalalari ham o‘z yechimini topadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishi samarali rivojlanishini ta'minlash maqsadida yetishtirgan mahsulotlarining ma’lum qismini o‘z ichki ehtiyojlari uchun taqsimlaydilar. Shu sababli ko‘pgina qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovarlilik darajasi 100 foizdan past bo‘Iadi. Masalan, qishloq xo'jalik korxonasida yetishtirilgan g‘allaning bir qismi urig‘lik uchun, chorva mollariga yem-xashak sifatida berish uchun, xo‘jalikdagi umumiy ovqatlanish korxonasi uchun sarflanishi mumkin. Bundan tashqari xo'jaliklar ijtimoiy maqsadlarga, jumladan, iqtisodiy nochor oilalarga, keksalarga, bolalar uylariga, shifoxonalarga xayriya shaklida ham o‘z mahsulotlarini beradilar. Qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarining taqsimlanish yo'nalishlari quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
a) xo'jalikning ichki ehtiyojlari uchun;
b) ijtimoiy maqsadlarda.
Xo‘jalikning ichki ehtiyojlari uchun taqsimlashda urug‘likka, ozuqa fondiga, mehnat haqiga, umumiy ovqatlanishga, zahira fondiga va boshqa maqsadlarga sarflanadi. Ijtimoiy maqsadlar uchun taqsimlaganda esa kam ta'minlangan oilalar va boquvchisini yo'qotganlarga moddiy yordam sifatida, bolalar bog‘chalariga, shifoxonalarga va turli tadbirlarga homiylik sifatida sarflanishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamiz aholisining ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga, jumladan baliq, parranda go'shti va boshqa ayrim mahsulotlarga bo'lgan ehtiyoji to‘liq qondirilmayapti. Ulami chetdan import qilish orqali ehtiyoj qondirilmoqda. Shuning uchun ushbu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni yanada ko‘paytirish eng dolzarb masaladir.
201


9.3. Yalpi mahsulotni ko'paytirish va uning tovariilik darajasini oshirish yo‘Hari.

Hukumatimiz tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toidirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1047-sonli Qarori, 2008-yil 20- oktabrdagi «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni va boshqa bir qator me'yoriy hujjatlar shu maqsadga qaratilgan. Bundan tashqari 2009-yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning agrar tarmog‘i samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks choralar doirasida, eng avvalo, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha zamonaviy korxonalami barpo etish ishlarini jadallashtirish evaziga hisobot davrida meva-sabzavot, go'sht va sut mahsulotlarini qayta ishlovchi minitexnologiyalar bilan jihozlangan 66 ta korxona tashkil etildi. Umumiy maydoni 341 gektarga teng boigan yengillashtirilgan konstruksiyali, muqobil issiqlik manbalaridan foydalanuvchi 648 ta issiqxona tashkil etildi. Meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka yetishtirish uchun avans ajratish, ulami xarid qilish, tayyorlash, saqlash va ulguiji sotish bo'yicha 13 ta hududiy ixtisoslashtirilgan “Mevasabzavottayyorlovsavdo” kompaniyalari tashkil etildi.


Qishloq xo‘jalik korxonalarida bozomi o'rganib, savdo-sotiq ishlarini rivojlantiradigan marketing bo‘limlari tashkil etib, ulami rivojlantirishga alohida e'tibor berish lozim.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishda va sotishda tabiiy sharoitlarni hamda xalqimizning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini, albatta, e'tiborga olish zarur. Chunki ayrim mahsulotlami yetishtirishga tabiiy sharoitlar, ayrimlarini yetishtirishga milliy urf-odatlarimiz ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, cho‘chqachilik serdaromad soha hisoblanadi, lekin mazkur tarmoq milliy an'analarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki musulmon diniga mansub bo‘lgan aholi cho‘chqa go'shtini, cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlami sotib olmaydi, chunki ulami iste'mol qilmaydi. Lekin un, non mahsulotlarini, guruchni ko'proq sotib oladi. Demak, mahsulotlami ishlab chiqarish va ulami sotishda aholining milliy xususiyatlarini ham e'tiborga olish lozim.
Qishloq xo'jalik yalpi mahsulotini ko'paytirishning asosan quyidagi ikki usuli mavjud:
a) ekstensiv usul, ya’ni ekin maydonlarini, chorva hayvonlari bosh sonini ko'paytirish hisobiga yalpi mahsulot hajmini ko'paytirish. Bu usul ayrim ishlab chiqarish resurslari, jumladan, yer va suv resurslari tabiatan cheklanganligi,


202


moliyaviy resurslar taqchilligi sababli to‘liq ta'mmlanmaydi. Bu usulda qishloq xo'jalik mahsulotlari hajmini ko'paytirish uchun moddiy mablag1 hamda mehnat sarflari asosan yangi yerlami o‘zlashtirib, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga jalb etishga hamda chorva hayvonlari bosh sonini ko‘paytirishga qaratiladi. Natijada dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining miqdori ko‘paytiriladi. Shu bilan birga bu jarayonda yangi texnikalarni, ilg‘or texnologiyalami, zooveterinariya ishlarini ham amalga oshirish talab qilinadi. Demak, bu usul yordamida yalpi mahsulot hajmi ko'payishi, sifati yaxshilanishi ta'minlanadi.
Mamlakatimizda aholi soni ko‘payishi va qayta ishlash sanoati quwatlarining o‘sishi natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori sur’atlarda ortmoqda. Ushbu talabni qondirish sug'oriladigan yerlami ko'paytirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda suv resurslarining taqchilligi va so'nggi yillarda yog‘ingarchilik miqdorining awalgi yillarga nisbatan kamayishi bunga to‘siq bo‘lmoqda. Shu sababli hukumatimiz tomonidan sug‘orishning tejamli usullaridan foydalangan holda sug‘oriladigan maydonlami ko'paytirishga e'tibor berilmoqda. Bunda tomchilatib sug'orish usullarini qishloq xo‘jaligiga joriy etish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
b) intensiv usul, ya’ni foydalanilayotgan yerlaming unumdorligini oshirish, fan-texnika yutuqlari, samarali texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mavjud resurslardan oqilona foydalanish, ulaming unumdorligini yuksaltirish, urug'chilik va naslchilik ishlarini rivojlantirish asosida qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligi va chorva hayvonlarining mahsuldorligini oshirish orqali yalpi mahsulot miqdorini ko‘paytirish. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining hajmini ko'paytirish va sifatini yaxshilash asosan intensiv usulda bo'lishi, ya’ni fan yutuqlarini, yangi texnikalami hamda ilg‘or texnologiyalami, hayvonlarning nasl va zotlarini, o‘simlik navlarini yaxshilash orqali bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda ekstensiv usul bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko'paytirish imkoniyatlari ancha cheklangan. Lekin intensiv usuldan foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun, awalo, qishloq xo‘jaligida mehnat qiluvchilaming moddiy va ma'naviy manfaatdorligini oshirish lozim.
Qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirishda yerlardan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Surxondaiyo viloyati sharoitida yerdan bir yilda ikki-uch marotaba hosil olish imkoniyatlari mavjud. Qish oylarida ham ko‘katlar yetishtirish, sabzavot, poliz ekinlarini plyonka ostiga ekish va boshqa shu kabi tadbirlar orqali qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini oshirish hamda shu orqali yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishish lozim.
Ta'kidlangan tadbirlar o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishi natijasida dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlari miqdorining ko‘payishi va qiymatining


203


oshishi ta'minlanadi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari hajmining o'sishi ular ichki va tashqi talabni qondirish maqsadida ko‘proq sotilishini ta'minlaydi. Natijada dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarining tovarlilik darajasi oshiriladi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish lozim. Buning uchun avvalo, qishloq xo'jalik korxonaiarining o‘zida marketing masalalari bilan muntazam shug'ullanadigan guruhlar yoki bo‘limlarni tashkil etish, ulami bozor konyunkturasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan muntazam ta'minlash zamr. Shuningdek, qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotib olish bilan shug'ullanuvchi barcha tashkilotlaming, koraonalaming faoliyatini rivojlantirish, ulaming bo'limlarini ishlab chiqarishga yaqinlashtirish kerak. Shundagina ortiqcha xarajatlarga, nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi: qishloq xo‘jalik korxonalari tez buziladigan mahsulotlami uzoq masofadagi zavodlarga tashib, vaqtdan yutqazmaydi, ortiqcha xarajatlar qilmaydi va mahsulot sifati yomonlashmaydi, mahsulotlaming ko'proq, tezroq, arzonroq sotilishi ta'mmlanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotish jarayonini bozor iqtisodiyoti talablari asosida takomillashtirish lozim. Bundan tashqari qishloq xo‘jalik korxonalari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini sotish bilan shug'ullanuvchi uyushmalar, agrofirmalar tashkil etishlari mumkin. Uyushmaga kiruvchilar uchun erkin, qulay sharoitlar yaratilishi lozim. Bunday uyushmalar mahsulotlami sotishda erkin raqobatli bozor vujudga kelishida va sotish jarayonini to‘g‘ri tashkil etishda muhim o'rin tutadi. Natijada qishloq xo‘jalik korxonalari bozor konyunkturasini o‘rganib, marketing tadqiqotlarini o‘tkazgan holda mahsulotlarini sotish va yuqori daromad olish imkoniyatiga ega boMadi. Yalpi va tovar mahsulotlarining ko'payishi o‘z navbatida daromadlaming oshishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.



Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish