11.3-chizma.
Mamlakatimizda joriy etilgan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilishini imtiyozli kreditlar
231
orqali moliyalash tartibi fermerlarimizda haqiqiy mulkdorlik hissini rivojlantirish va moliyaviy resurslardan unumli foydalanish imkonini bermoqda.
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan boshqa barcha mahsulotlar esa erkin holda, shartnomaviy baholarda sotiladi. Bunda, qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z mahsulotlarini biijalarda, ko'rgazmalarda, yarmarkalarda, kimoshdi savdolarida, dehqon bozoriarida, o'zining ichki sotish tizimi orqali, tayyorlov va qayta ishlovchi korxonalarga sotishi mumkin.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z mahsulotlarini sotishni to‘g‘ri tashkil etishlari lozim. Mamlakatimizda yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘zining sifati, vitaminlarga boyligi va ta'mi bilan butun dunyoga mashhurdir. Shu sababli ulami xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilish imkoniyatlaridan unumli foydalanish lozim. Bunda qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlovchi va qayta ishlovchi infratuzilmani rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Erkin baho bozorda mahsulot sotuvchi va uni sotib oluvchilar o‘rtasida, ulaming iqtisodiy manfaatlari hamda bozor talabi va taklifi asosida shakllanadi. U tarmoqlarning mahsulot oldi-sotdi munosabati bo'yicha tuzilgan shartnomalarida o‘z aksini topadi. Shuning uchun erkin baholar shartnomaviy baholar deb ham ataladi. Uning absolyut miqdori mahsulot sotish davriga, unga boigan talabga hamda mahsulot sifatiga bogiiq.
Mahsulotlar ayrim hollarda iste'molchilarga erkin baholarda ulguiji holda, ya’ni ko‘p miqdorda, katta partiyalarda ham sotiladi. Bunda qoilaniladigan erkin baho ulgurji baho deb ataladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari xorijiy xaridorlarga jahon bozori baholarida ham sotilmoqda. Uning mutlaq miqdori jahondagi ixtisoslashgan yirik birjalarda belgilanib, mahsulot eksporti va importi shartnomalarida aks ettiriladi. Qishloq xo'jalik mahsulotarining jahon bozori baholari darajasiga jahondagi yirik tovar ishlab chiqaruvchilar hamda ulami sotib oluvchilar ham ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga baho darajasiga dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik ham ta’sir etadi.
Paxta tolasining o'rtacha jahon bozori bahosi asosan yirik xalqaro tovar birjalaridagi savdolarda belgilanadi. Lekin keyingi yillarda mamlakatimizda paxta tolasini sotishni takomillashtirish borasida islohotlar amalga oshirildi va Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligi asosida 2005-yil 10-11-oktabr kunlari Toshkent shahrida I Xalqaro 0 ‘zbekiston paxta yarmarkasi o'tkazildi. Bu mamlakatimiz hayotida muhim voqea boTib, o‘zbek dehqonlari o'zlari yetishtirgan paxta tolasini o‘z yurtida sotish imkoniyatiga ega boTdilar. Ushbu holat ko‘plab ortiqcha xarajatlaming tejalishiga olib keldi. Mazkur paxta yarmarkasini an’anaviy tarzda Toshkent shahrida o‘tkazishga
232
kelishib olingan edi. 2009-yilning 14-15-oktabr kunlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, “0 ‘zpaxtasanoat” uyushmasi hamda “Sifat” markazi hamkoriigida Toshkent shahrida V Xalqaro 0 ‘zbekiston paxta yarmcurkasi bo'lib o‘tdi. Ko‘rgazmada dunyo paxta va to‘qimachilik sanoati mutaxassislari, to‘qimachilik korxonalari vakillari hamda treyderlar ishtirok etdilar. 2007-yilgi yarmarkada dunyoning 30 davlatidagi 169 ta kompaniyalardan vakillar tashrif buyurgan, 2008-yilgi yarmarkada esa dunyoning 49 davlatidagi 250 ta kompaniyalardan vakillar qatnashgan bo‘lsa, 2009-yilda yarmarkada dunyoning 34 mamlakatidagi 300 ga yaqin firma va kompaniyalaridan 515 nafar vakillar bevosita tadbiming ishtirokchisiga aylandilar. Ular e'tiboriga paxta tolasining mingdan ortiq namunalari namoyish etildi hamda paxta tolasini tayyorlash hamda xaridorlarga yetkazishga xizmat qiluvchi terminallar faoliyati tanishtirildi. Mazkur yarmarka mamlakatimiz dehqonlari tomonidan yetishtirilgan paxta tolasi bahosining erkin raqobat ta'sirida shakllanishiga o'zining ijobiy ta'sirini ko‘rsatadi. Ushbu yarmarkada bir million tonnadan ortiq paxta tolasini sotib olish bo'yicha shartnomalar imzolandi. Tolamizga, ayniqsa, to'qimachilik sanoati rivojlanib borayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari korxonalari katta qiziqish bildirmoqda. Uning salmoqli qismi Xitoy, Eron, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Janubiy Koreya, Singapur, Vyetnam davlatlariga sotilgani bunga misol boTa oladi. Mazkur yarmarka 2010-yilda ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining baholari ma’lum omillar ta'sirida talab va taklif muvozanatining buzilishi natijasida o‘zgarib turadi. Masalan, qurg‘oqchilik, qahraton sovuq, yogTngarchilikning me’yordan ko‘p boTish va boshqa tabiiy ofatlar yuz berishi natijasida biror turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotini ishlab chiqarish hajmi keskin kamayib ketishi mumkin. 2008-yilda mamlakatimizda bahor oylarida yogTngarchilikning ancha kam boTishi mamlakatimizda g‘alla yetishtirishning ancha kamayishi, buning natijasida esa bug‘doy, sholi kabi mahsulotlaming bahosi ko‘tarilishiga olib keldi. 2007-yilda qishning juda sovuq kelishi esa mamlakatimizda uzum, anor, xurmo kabi mahsulotlami yetishtirishning kamayishiga olib kelgan edi. Bu esa ulaming bahosiga o‘z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Xuddi shunday holatni jahon bozorida ham kuzatish mumkin. Bu esa mamlakatimizga chetdan olib kelinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bahosi keskin oshishiga olib kelishi, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuni e'tiborga olgan holda mustaqillikning ilk davridan boshlab hukumatimiz tomonidan o‘zimizni eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan toTiq ta’milashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bunda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan Don mustaqilligi dasturi, qishloq xo'jalik ekinlari tarkibining takomillashtirilishi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish bo'yicha qabul qilingan me'yoriy
233
hujjatlar hamda ular asosida amalga oshirilayotgan tadbirlami alohida ta'kidlab o‘tish lozim.
Turli omillar ta’sirida jahon bozorida bug'doy bahosi keyingi yillarda oshib bormoqda. 2007-yiIning 28-avgust holatiga dunyo bo‘yicha bug'doy bahosining 0 ‘sishi O'zbekistonda 117 foiz, Avstraliyada 123,3 foiz, AQShda 154,4 foiz, Yevropa Ittifoqida 164,3 foizni tashkil etgan (11.4-chizma).
r » •' ,v;' ’^>Sj
2007-yilning 28-avgust holatiga dunyo bus’doy bozorida ■ j j j.,-
i I' inirxlarning o'sishi, % 1 , ■ '
' .1." "■■■ .:■ I ’ !■"■■Vv
O'zbekiston l l 17
■ r. ;
' i>- '■ ■■ ■' ■ .'. ■•■'•,' 1■ ■ v
' ■ j Avstraliya 1123,3
■ ’■ ' ■/. ■ ►' ■ ■ f
i • '
AQSh 11 5 4 ,4 .
Yevropa ittifoqi 1164.3 "
■i * . -. , ,■.
rl ' ‘ V ■ Vlk'
G erm aniya l l f i W
- M '.'is '. v'4
‘ / J ' i ' 4 s *, •> " v
Do'stlaringiz bilan baham: |