Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet88/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

223


11-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA BAHOLARNING SHAKLLANISHIVA UNITAKOMILLASHTIRISH
YO‘LLARI

• Qishloq xo'jaligida bahoning iqtisodiy mohiyati, shakllanishi va funksiyalari.


• Qishloq xo'jaligida qo‘llaniladigan baholaming turlari.
• Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jalik mahsulotlari baholarining shakllanishini takomillashtirish yoilari.


11.1. Qishloq xo‘jaligida bahoning iqtisodiy mohiyati, shaldlanishi va funksiyalari.

Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan boiib, bu munosabatlar baholar yordamida amalga oshadi. Baho tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Uning darajasi bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali, cheklangan xarajatlarga asoslanadi, ya’ni ular bahoning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Har qanday xarajatlar ham samarali hisoblanmaydi. Shuning uchun ma'lum bir miqdorgacha boigan, ya’ni maqsadga muvofiq sarflangan xarajatlargina e'tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqoridagi holat bilan birgalikda talab va taklif o‘rtasidagi munosabat ham baho shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Raqobatli bozorda talab va taklifning o‘zgarishi baholar darajasi o'zgarishiga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun korxonalar bozor talabini hamda taklifini chuqur o'rgangan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishlari lozim. Bunda ular imkoniyat doirasida ishlab chiqarish xarajatlarini tejashga alohida e'tibor berishlari kerak. Buning uchun mahsulot yetishtirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga, ilg‘or texnologiyalami joriy etishga hamda mavjud bo'lgan barcha tabiiy va iqtisodiy resurslardan yil davomida oqilona va samarali foydalanishga alohida e'tibor berishlari lozim.


Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo'lgan talab hozirgi davrda quyidagi omillarga bog‘liq: iste'molchilarning daromadi, didi, o‘rindosh tovarlarning bahosi, xaridorlar soni va boshqalar. Mahsulotlarga bo‘lgan talabni o'rganishda xalqimizning milliy urf-odatlarini, albatta, e'tiborga olish kerak. Jumladan, xalqimizning non va non mahsulotlarini, gumchni, go'sht mahsulotlarini ko'proq iste'mol etishga moyilligini inobatga olish lozim. Qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z mahsulotiarini xaridorlaming talabini e'tiborga olgan holda taklif etishlari shart. Bunda ular yetishtiriladigan mahsulotlar uchun


224


ishlatiladigan resurslar bahosiga, qollanilayotgan texnologiyalar darajasi va samarasiga, soliq stavkasiga, raqobatchi ishlab chiqaruvchilarning soniga va boshqalarga asoslanishlari lozim.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bahosining shakllanishiga mahsulotlaming naflilik darajasi ham ta'sir ko‘rsatadi. Agar mahsulot insonlar ehtiyojini qondirishda qanchalik yuqori naflilik darajasiga ega bo‘lsa, uning bahosi shunchalik yuqoriroq shakllanadi va aksincha bo‘lsa baho pastroq shakllanadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining bahosi shakllanishiga tarmoqning quyidagi o‘ziga xos xusuiyatlari ham ta'sir ko‘rsatadi:
- qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiyligi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda o‘simliklar ma’lum vegetatsion davrni bosib o‘tadi va barcha ishlab chiqaruvchilaming mahsuloti deyarli bir vaqtda tayyor bo‘ladi. Bu esa qishloq xo'jalik mahsulotlarining taklifi keskin ortishi va o‘z navbatida bahoning pasayishiga olib keladi;
- qishloq xo'jalik mahsulotlarining saqlash uchun noqulayligi. 0 ‘zida qayta ishlovchi korxonalari boMmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari yetishtirgan mahsulotlarini tezroq sotishga harakat qiladi. Bu ham qishloq xo‘jalik mahsulotlari bahosining pasayishiga olib keladi;
- turli tabiiy-iqlim sharoitlari ham baho shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 2007-yilning qish oylarida haroratning keskin pasayib ketishi natijasida ayrim o'simliklar va chorva mollari nobud bo‘ldi. Bu esa qishloq xo'jalik mahsulotlari taklifini kamaytiradi va bahoning ko‘tarilishiga olib keladi. 2008-yilda suv taqchilligi oqibatida mamlakatimizda sholi hosili keskin kamaydi, bu hol bozorlarda guruch bahosining 3-4 barobar oshib ketishiga olib keldi.
Qishloq xo'jaligida shakllanayotgan muvozanatli baholar xo‘jalik nuqtai nazaridan quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- qishloq xo'jalik korxonasining ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash;
- qishloq xo‘jalik korxonasining davr va moliyaviy xarajatlarini hamda tasodifiy zararlarini qoplash;
- xo'jalikka kelajakda rivojlanishini ta'minlaydigan optimal miqdorda foyda keltirish.
Muvozanatli baholar iste’molchilar hamda mahsulot ishlab chiqaruvchilaming xarajatlarini, daromadlarini, foydalarini to‘g‘ri taqsimlab, ulaming iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida shakllangan baholar yuqorida keltirilgan xarajatlami qoplash imkonini bermasa, oxir-oqibat qishloq xo‘jalik korxonasining faoliyatida salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli xarajatlami tejash, mahsulot sifatini yaxshilash, sotish jarayonini


225


takomillashtirish va boshqalar orqali muvozanatli bahoni shakllantirishga erishish lozim.
Demak, talab va taklif omillari hamda korxonalaming maqsadiarini e’tiborga olgan holdagina muvozanatlashgan baho shakllanadi. Muvozanatli
baho esa iqtisodiy jihatdan asoslangan hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan asoslangan muvozanatli baho 11.1-chizmada keltirilgan fiinksiyalami bajaradi.



Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish