Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi va salmogi
2007-yil 2008-yil 2008-
yilda Mahsulotlar Ming SalmogT, Ming Salmog‘i, 2007-
tonna % tonna % yilga
nisbatan G‘alla 5404,2 79,8 5327,6 79,2 98,6
Paxta 3655,7 98,4 3371,0 99,1 92,5
xomashyosi
Kartoshka 178,2 15,0 226,6 16,2 127,2
Sabzavot 1552,1 33,2 1717,8 32,9 110,7
Poliz 415,4 49,5 461,9 47,1 111,2
mahsulotlari
Mevalar 580,0 45,7 649,6 46,3 112,0
Uzum 480,0 54,5 407,5 51,5 84,9
Go‘sht 30,0 2,5 32,4 2,5 107,8
Sut 125,4 2,5 151,5 2,8 120,8
Tuxum, mln. 88,4 4,0 155,2 6,4 175,4
dona
Jun, tonna 1146,0 4,9 1274,0 5,4 111,2
Qorako‘1 terisi, 36,5 4,7 38,3 4,3 104,9 ming dona
Pilla, tonna 18100 84,2 22284 95,0 122,9
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2008-yilda mamlakatimiz bo'yicha tayyorlangan yalpi paxta hosilining 99,1 foizi, g'allaning 79,2 foizi, uzumning 51,5 foizi, poliz mahsulotlarining 47,1 foizi va mevalaming 46,3 foizi fermer xo'jaliklari tomonidan yetishtirilgan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda esa fermer xo'jaliklarining ulushi ancha past darajada saqlanib qolmoqda. Masalan, go‘sht ishlab chiqarishda fermer xo'jaliklarining ulushi 2,5 foiz, sut ishlab chiqarishda esa 2,8 foizni tashkil etgan. Kelajakda fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish lozim.
2008-yilda qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotida nodavlat sektoming ulushi 99,9 foizni tashkil etgan bo‘lib, fermer xo'jaliklarining qishloq xo'jalik yalpi mahsulotidagi ulushi 34,5 foizni, dehqon xo'jaliklarining ulushi 63,3 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi esa 2,2 foizni tashkil etgan.
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qishloq aholisini ish bilan ta'minlashda ham o‘mi beqiyosdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi «Oziq- ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami yetishtirishni ko'paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni fermer xo‘jaliklarining faoliyatini har tomonlama kengaytirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Mamlakatimiz aholisi uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni yanada rivojlantirishda fermer xo‘jaliklari ham munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi fermer xo'jaliklarining 47 mingdan ortig‘i paxta va g'allachilikka, 35 mingdan ko‘prog‘i bog‘dorchilikkka, 5 mingdan ziyodi sabzavot va polizchilikka, qariyb 5,5 mingtasi chorvachilikka, 9 mingdan ortig‘i esa boshqa sohalarga ixtisoslashgan.
Fermer xo‘jaliklarining rivojlanishida hukumatimiz tomonidan ularga yaratib berilgan sharoit va turli imtiyozlaming ham ahamiyati katta. Fermerlarga quyidagi imtiyozlar belgilangan:
- fermer xo‘jaligi tashkil etilgan kundan boshlab ikki yilgacha yagona yer solig‘idan ozod qilinadi;
- tugatilayotgan shirkatlar o‘mida tashkil etilgan bog'dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari 5 yil davomida yagona yer solig‘ini toiashdan ozod etiladi;
- fermer xo‘jaligi faoliyatini Respublika muvofiqlashtirish Kengashining ruxsatisiz tekshirish ta'qiqlanadi;
- fermer xo‘jaIiklari faoliyatini tekshirish muvofiqlashtirish Kengashining ruxsati bilan 4 yilda bir marta o‘tkaziladi;
- yangi faoliyat boshlagan fermer xo‘jaliklariga boshlang‘ich sarmoya uchun eng kam ish haqining 300 barobari miqdorida imtiyozli kredit beriladi;
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
- xorijiy texnologiyalami respublikaga olib kirgan fermer xo‘jaliklari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;
- fermer xo‘jaligi tegishli loyihada nazarda tutilgan yemi o‘z hisobidan o'zlashtirayotgan davrda va yer o‘zlashtirib bo‘lingandan keyin 5 yil davomida yeming mazkur o‘zlashtirilgan qismi uchun yagona yer solig'i to‘lashdan ozod qilinadi.
Mamlakatimizda dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quwatlash jamg‘armasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur jamg'arma Fermer xo'jaliklari uyushmasiga a’zo bo‘lgan fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki ba’zi yirik tijorat banklari orqali 3 yilgacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kredit beradi. Fermer xo‘jaligi tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng 6 oy ichida tegishli buyurtmanomalar bilan o‘zlariga xizmat qiluvchi banklarga murojaat qilishi mumkin. Dastlabki sarmoya uchun beriladigan kreditlaming yillik ustama foizi imtiyozli bo‘lib, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi miqdorida belgilangan. Dastlabki sarmoya uchun kredit fermer xo‘jaliklariga 3 yilgacha bo‘lgan muddatga, eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorigacha, foizlar to‘lashni 12 oyga kechiktirish va asosiy qarzni kredit olingandan so'ng 18-24 oy o‘tgach qaytarishni boshlash shartlarida beriladi.
Mahsulotlami sotish jarayonini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish uchun fermer xo‘jaliklari birikib, agrofirmalar tashkil etishi va marketing tizimini yo‘lga qo'yishlari maqsadga muvofiqdir. Bozor talabini chuqur o'rgangan holda mahsulot yetishtirishni tashkil etishlari lozim. Shunda hamma fermer xo‘jaligi bir xil mahsulotni yetishtirmaydi va mahsulot taklifi kopayishi natijasida narxlarning keskin tushib ketishi oldi olinadi. Bundan tashqari fermer xo‘jaliklari zamonaviy mini texnologiyalarni o‘z faoliyatiga joriy etishlari lozim va meva- sabzavotlaming ehtiyojdan ortiqchasi murabbo, konserva yoki boshqa mahsulotlar ko‘rinishida qayta ishlansa, qishloq xo‘jalik mahsulotlari nobudgarchiligining oldi olinadi, fermerlarning daromadi yanada ortadi, qishloq joylarda yangi ish o'rinlari barpo etiladi.
Surxondaryo viloyatida 2008-yil holatiga yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibida fermer xo‘jaliklarining ulushi 34,8 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 64,0 foizni va qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi esa 1,2 foizni tashkil etgan.
2009-yilning 1-yanvar holatiga Surxondaryo viloyatida fermer xo‘jaliklari soni 15103 ta bo‘lib, ularga biriktirilgan umumiy qishloq xo'jaligi yer maydoni 696908 gektami tashkil etgan, ularda band bo‘lganlar soni 162863 kishini, shundan yollanma ishchilar soni 44639 kishini tashkil etgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi «Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish
33
www.ziyouz.com kutubxonasi
choralarini ko'rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoyishiga muvofiq viloyatdagi fermer xo‘jaliklari uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmi qayta ko'rib chiqildi va ushbu tadbirdan so‘ng viloyatda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari soni 7458 tani tashkil etgan.
Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma'lumotlar 2.3-jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval 2007-2008-yillarda Surxondaryo viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida asosiy qishloq xo‘jaIik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi
2007-yil 2008-yil
Ishlab Ishlab 2008-yilda Mahsulotlar Tonna chiqarish Tonna chiqarish 2007-yilga
umumiy umumiy nisbatan, foiz
hajmidagi hajmidagi bisobida
ulushi, foiz ulushi, foiz
Boshoqli don 473738 81,4 469712 80,2 99,2
shu jumladan bug'doy 469863 81,6 465111 80,4 99,0
Kartoshka 2246 2,3 2456 2,3 109,3
Sabzavot 85578 24,5 89114 24,1 104,1
Poliz 17148 20,5 21053 22,6 122,8
Meva va rezavorlar 43232 56,5 42605 55,0 98,5
Uzum 75131 79,6 28108 61,1 37,4
Go‘sht, tirik vaznda 5131 5,3 5564 5,6 108,4
Sut 10073 2,3 10206 2,2 101,3
Tuxum, mln. dona 2,0 1.6 2,3 1,8 115,3
Jun 146,8 8,7 187,9 10,6 128,0
Pilla 1156,3 96,4 1364,2 96,9 118,0
Manba: Viloyat statistika boshqannasi ma'lumotlari.
2009-yil 1-yanvar holatiga viloyatdagi fermer xo‘jaliklarida 49243 bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 19297 bosh sigir, 251036 bosh qo‘y va echkilar va 195,9 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2008-yilning 1-yanvar holatiga nisbatan yirik shoxli qoramollar bosh soni 7,0 foizga, shu jumladan sigirlar 6,2 foizga, qo‘y va echkilar 18,9 foizga, parrandalar 2,6 baravarga ko‘paygan.
Surxondaryo viloyatida 2008-yilda jami yetishtirilgan boshoqli donning 80,2 foizi, pillaning 96,9 foizi, uzumning 61,1 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Viloyatda ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan, tuxum. sut, kartoshka, go‘sht kabi mahsulotlami yetishtirishda fermer xo‘jaliklarining ulushi ancha past darajani tashkil etgan.
Surxondaryo viloyatida fermerchilik harakatiga qaratilgan yuksak e'tibor o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Jumladan, yurtboshimiz
34
tomonidan tadbirkor va hunarmandlami qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan hamda har yili an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb nom berilgan 2009-yildagi “Tashabbus-2009” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida “Eng yaxshi fermer” nominatsiyasida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Chorvador” fermer xo'jaligi rahbari Rahmiddin Siddiqovich Sharopov g‘olib chiqdi. Mazkur fermer xo'jaligining 356 gektar sug‘oriladigan yer maydoni bo‘lib, unda 94 nafar xodimlar mehnat qiladi. Fermer xo‘jaligida moddiy- tcxnika bazani yaxshilashga alohida e'tibor qaratilgan bo‘lib, bunda lizing imkoniyatlaridan ham keng foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda xo‘jalikda 16 ta haydov traktorlari va 19 ta avtoulovlar mavjud bo‘lib, ular yuqori mehnat unumdorligini ta'minlashga zamin yaratmoqda. “Chorvador” fermer xo'jaligida
443 bosh yirik shoxli qoramollar mavjud bo'lib, fermer xo‘jaligining o‘z mablag'lari hisobiga Isroildan olib kelingan minitexnologiya xo'jalikda yetishtirilgan sutni qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida xalqimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda. Fermer xo'jaligiga kredit evaziga 2006-yilda Polshadan 30 bosh naslli qoramol keltirilgan va hozirgi kunda ulaming soni 127 ga yetai. Mazkur fermer xo'jaligida dehqonchilik sohasida ham yuqori natijalarga crishilmoqda. Fermer xo‘jaligi 2009-yilda 146 gektar yerga g‘o‘za ekib, har gektaridan 45,0 sentnerdan paxta xomashyosi hamda 157 gektar yerga bug‘doy ekib, har gektaridan 48,0 sentnerdan don olishga erishdi. Shu kabi ilg‘or tajribalami barcha fermer xo‘jaliklarida keng joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida agrofirmalarning ham alohida o‘rni bor. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo'yicha 200 dan ortiq agrofirmalar faoliyat yuritmoqda. 2008-yil 1-yanvar holatiga Surxondaryo viloyatida 21 ta agrofirma tashkil etilgan boiib, ularning 9 tasida qayta ishlash sexlari mavjud. Shu kunga qadar agrofirmalar tomonidan 13661 tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun shartnomalar imzolandi va 2008-yil 1- yanvar holatiga 124 tonna yoki 33,9 mln. so'mlik mahsulot chetga eksport qilindi. Toshkent shahrida an’anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan «Agro Minitex Ekspo» savdo ko'rgazmasida Surxondaryo viloyatidan 2008-yilgacha 8 ta agrofirmalar minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib kelish bo'yicha shartnoma imzolagan. Bu esa meva-sabzavotlarni qayta ishlash, tayyor, yuqori sifatli mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi va o‘z navbatida yangi ish o'rinlari tashkil etish, fermerlar va agrofirmalar daromadlarining oshishiga olib keladi.
Fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklari ham qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqdalar. Dehqon xo‘jaliklari shaxsiy yordamchi xo'jaliklari zaminida vujudga kelgan xo'jalik yuritish shaklidir.
Dehqon xo‘jaliklari - shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari zaminida vujudga kelgan xo‘jalik yuritish shaklidir. Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritish
35
shakllaridan bin bo‘lgan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari XX asming 30-yillaridan boshlab vujudga kela boshlagan. 0 ‘sha davrda qishloq xo'jaligining asosini tashkil etgan jamoa xo'jaliklari va davlat xo‘jaliklari qishloq aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini to‘liq qondira olmas edi. Shuni e'tiborga olib, qishloq aholisi uchun cheklangan miqdordagi tomorqa uchastkasi va chorva hayvonlariga ega bo‘lgan shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritishga imkon berildi. Garchi aholining shaxsiy yordamchi xo'jaliklari mamlakat aholisini oziq-ovqat mabsulotlari bilan ta'minlash va ularda o‘ziga xos bo‘lgan turmush tarzini shakllantirishga muhim hissa qo'shgan bo‘lishiga qaramay, sobiq sho‘ro tizimida ulaming ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga yetarli e'tibor berilmay, jamoa va davlat xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo'nalish sifatida qarab kelindi.
0 ‘zbekistonda aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini rivojlantirish tomon dastlabki tadbirlar o‘tgan asming 80-yillari oxirlaridan boshlab amalga oshirildi. 0 ‘zbekiston respublikasi Ministrlar Kengashining 1989-yil 15-avgustdagi “Ishchilaming shaxsiy yordamchi xo'jaliklarini va yakka tartibda uy-joy qurishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 17-maydagi “Jumhuriyat aholisining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridagi mol va parrandalami yem- xashak bilan ta’minlash hamda ularda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish to‘g‘risida”gi farmoni respublikamizda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklami rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Buning natijasida aholining tomorqa yer maydonlarini sezilarli darajada kengaytirish, yakka tartibda uy-joy qurishga bo'lgan ehtiyojni qondirish va ko‘pgina qishloqda yashayotgan oilalar chorva mollarini sotib olish hamda yem-xashak yetishtirish imkoniyatlarini oshirishga erishildi. Xususan, 1989-1990-yillar davomida 1,5 milliondan ziyod oilalaming tomorqa uchastkalari hajmi kengaytirildi, ilgari tomorqa uchastkasiga ega bo‘lmagan 580 ming oila esa yer uchastkasi bilan ta’minlandi. Aholiga 183 ming gektardan ko‘proq sug‘oriladigan yer maydonlari ajratib berildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘sha paytda yuritilgan oqilona siyosat natijasida nafaqat qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshirish va qishloq aholisining daromadlarini oshirish, balki ulaming uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ish bilan bandligini ta'minlash kabi muhim ijtimoiy masalalaming ham hal etilishiga sharoit yaratildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil yanvar oyida e’lon
qilingan “Ishchilar va qishloq joylarda yashovchi boshqa fuqarolaming shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining egalari bo'lmish dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasi moddiy-texnika negizini mustahkamlash to‘g‘risida”gi farmonlariga asosan o‘sha yili shaxsiy
36
yordamchi xo'jaliklari uchun yana qo‘shimcha ravishda 108,5 ming gektar sug‘oriladigan yerlar ajratib berildi va 1991-yil oxiriga kelib shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida foydalaniladigan maydonlar qariyb 500 ming gektarga yetdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qoiga kiritgandan so'ng aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini har tomonlama rivojlantirish tomon qat'iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil mart oyida qabul qilingan “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarini davlat yo‘li bilan qo'llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta'minlashda ulaming rolini kuchaytirish borasidagi chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi uyushma faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari belgilab berildi.
1998-yil 30-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan aholi shaxsiy yordamchi xo'jaliklarining maqomini aniqlashtirish, ulaming muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta'minlashning qonuniy mexanizmlari takomillashtirildi. Birinchidan, aholining shaxsiy yordamchi xo'jaliklari dehqon xo‘jaligi sifatida qayta nomlandi va uning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yildi. Ikkinchidan, dehqon xo‘jaligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, maqomi, tashkiliy-iqtisodiy asoslari va uning qishloq xo'jaligi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti sifatidagi xususiyatlari aniq belgilab berildi. Uchinchidan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 15-iyuldagi 300-sonli qarori bilan faoliyat ko‘rsatayotgan shaxsiy yordamchi xo'jaliklami dehqon xo‘jaliklariga o‘zgartirish tartibi tasdiqlandi. To‘rtinchidan, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda ulami davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quwatlash hamda ulaming faoliyatini tartibga solish mexanizmi belgilab berildi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi
qonunning 1-moddasida dehqon xo‘jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: dehqon xo‘jaligi - oilaviy mayda tovar xo‘jaligi boTib, oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish uchun oila boshlig'iga (merosxo‘rga) foydalanishga biriktirilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiradi. Bu mahsulotlarni dastawal o‘z talablarini qondirish uchun ishlatib, ortiqchasini realizatsiya qiladi. Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a'zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xo'jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
37
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasining
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni asosida amalga oshiradi. Ushbu qonun 31 moddadan iborat.
Dehqon xo‘jaligi a’zolariga birgalikda yashayotgan va dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i, bolalari, shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradilar.
Dehqon xo‘jaligini yuritishdan ko‘zda tutilgan maqsad ichki iste'mol uchun va tovar mahsuloti yaratish, shuningdek boshqa faoliyat turlari orqali o‘zi va oilasining moddiy farovonligini ta’minlashdan iboratdir. Dehqon xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-xarajat evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat. Shuningdek, yer resurslaridan unumli foydalanish, mamlakat ahohsining oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishda hissa qo‘shish, o‘zi joylashgan hududning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda ishtirok etish kabi bir qator vazifalami yechishda ham dehqon xo'jaliklari o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim.
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega:
- ishlab chiqarish hajmining kichikligi bozor konyunkturasiga tez moslashish va ko‘p mablag' sarflamay o‘z faoliyati yo‘nalishlarini qayta shakllantirish imkonini beradi;
- oila mehnatiga tayanish uy bekalari va bolalar mehnatidan, qariyalar tajribasidan unumli foydalanish hamda asrlar davomida shakllanib kelgan dehqonchilik madaniyatini avloddan-avlodga o'tkazib borishga sharoit yaratadi;
- xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirilish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi moddiy manfaatdorlikni oshiradi va mulkdan oqilona foydalanishga yo‘l ochadi.
Dehqon xo‘jaliklari tarkibiga tomorqa yerlariga ega bo'lgan oila xo‘jaliklari ham kiradi va ulaming asosiy maqsadi - shaxsiy mehnatlari, mol- mulklaridan foydalangan holda o‘z talablarini hamda boshqalarning talablami qondirish uchun qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishdir. Oila xo'jaliklari chorvachilik, sabzavot, poliz mahsulotlari bilan iste'mol bozorini to‘ldirishda faol qatnashmoqdalar. Aholi iste'mol qilayotgan mahsulotlaming aksariyat qismini dehqon xo‘jaliklari yetkazib bermoqda. Ular hozirgi vaqtda respublikada yetishtirilayotgan jami go'sht va go‘sht mahsulotlarining, sut mahsulotlari, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarining asosiy qismini yetishtirmoqdalar.
38
Dehqon xo'jaliklari agrar sohada yangi xo‘jalik yuritish shakli sifatida shakllanib borishi bir tomondan haqiqiy mulk egaligining vujudga kelishiga imkon yaratsa, ikkinchi tomondan mulkchilikning boshqa turlariga asoslangan korxonalar bilan ma’lum darajada raqobat kurashi muhitini yaratishga yo‘l ochadi. Dehqon xo‘jaligi ichki iste'mol va mayda tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog‘liq hamda xo‘jalik a'zolarining shaxsiy mehnatiga asoslangan faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi. Dehqon xo'jaligi o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini inustaqil ravishda belgilaydi. Mamlakatimizda dehqon xo'jaliklarini i ivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Dehqon xo'jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari 2.4-jadvalda keltirilgan.
2.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |