18
2-BOB QISHLOQ XO‘JALIGIDA
MULK VA TADBIRKORLIK SHAKLLARI
• Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan agrar iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari.
• Qishloq xo'jaligida mavjud mulk shakllari va ulaming o‘ziga xos xususiyatlari.
• Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ulaming paydo boMishi.
2.1. Qishloq xo‘jaligida amaiga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘naiishlari.
Mustaqillik sharofati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan agrar sohani rivojlantirishda qator iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligida turli mulkchilikka asoslangan erkin tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar shakllandi. Dehqonlaming mulkka egalik hissining ortishini, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishini, daromadlarini o‘z xohishiga ko‘ra mustaqil taqsimlash hamda tasarmf etish imkoniyatini beradigan xo‘jalik yuritish shakllarini mazkur tarmoqqa joriy etishga alohida e‘tibor qaratildi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov «Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muammolari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda 0 ‘zbekistonning bozorga o‘tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Biz qishloqning ustun darajada rivojlanishini ta'minlashni, qishloq xo‘jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklashni o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ydik»2 , - deb ta’kidlagan edi. Davlatning bosh islohotchiligida qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini barpo etish maqsadida islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi va amalga oshiriladigan tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi.
Mamlakatimizda davlat rahbarligida qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, kreditlash hamda soliqlar tizimlari ishlab chiqilib, ular hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilinmoqda. Davlat, shuningdek, fan, texnika, ilg‘or va samarali texnologiyalar tizimlarini tarmoq miqyosida ishlab
" Karimov I.A. « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida», T.: « 0 ‘zbekiston», 1995, 59-60 betlar.
19
chiqishga ham, qishloq aholisini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga ham rahbarlikni amalga oshirmoqda.
Qishloq xo‘jaligida mustaqillikning dastlabki yillarida davlatning bevosita rahbarligida agrar islohotlaming negizi hisoblangan yer va mulk islohotlari, mazmunan yangi fermer, dehqon xo'jaliklari va qo'shma korxonalar tashkil etildi va bu jarayon takomillashtirib borilmoqda.
Davlat qishloq xo‘jaligi bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarni ham (xizmat ko‘rsatuvchi, qayta ishlovchi, sotuvchi) isloh qilishga alohida e’tibor bermoqda. Natijada bu tarmoqlardagi davlat korxonalari davlat aksiyadorlik korxonalariga, tashkilotlariga aylantirildi. Masalan, paxta zavodlari, un, non, yog‘-moy, go'sht kombinatlari, konserva zavodlari hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Natijada shu tannoqlarda bozor munosabatlarini erkin amalga oshirish imkoniyatiga ega boigan turli shakldagi mustaqil korxonalar, birlashmalar, uyushmalar tashkil etildi. Ulaming serqirra faoliyatlarini samarali boshqarishni ta'minlash qobiliyatiga ega boigan tarmoq tashkilotlari ham davlatning bevosita rahbarligida tashkil etilib, takomillashtirilmoqda.
Shu bilan birgalikda « 0 ‘zpaxtasanoatsotish» uyushmasi,
« 0 ‘zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik koiporatsiyasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi,
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish» davlat kooperativ kompaniyasi,
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikkimyo» davlat aksiyadorlik jamiyati, « 0 ‘zagromashservis» uyushmasi, « 0 ‘zagrosug‘urta» davlat aksiyadorlik kompaniyasi,
« 0 ‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» aksiyadorlik kompaniyasi, 0 ‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi va boshqalar tashkil etildi. Islohotlar faqat tarmoqlarda yangi vazirliklar, konsemlar, kompaniyalar tashkil etishgagina emas, balki qishloq xo'jaligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan xo'jaliklar va tarmoqlaming boshqamv tizimini bozor iqtisodi talablariga moslashtirishga qaratilmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoqqa ichki hamda chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratmoqda. Bular pirovard natijada qishloq xo'jaligining yanada rivojlanishini, samaradorligi oshishini ta’minlaydi.
Respublikamiz qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan islohotlardan yana biri - tarmoqda yer va suv resurslaridan unumli foydalanish mexanizmlari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. Chunonchi, yer va suv resurslaridan foydalanishni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda respublikamizda yer va suvga egalik qilish, ulardan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish borasidagi munosabatlar tizimi va ulami amalga oshirish tartibi ko'rsatilgan. Yer-suv resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
20
zahiialar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir»3 - deb belgilab qo‘yilgan.
Respublikamiz jami yer maydoniga umummilliy boylik, davlat mulki sifatida egalik qilish huquqi 0 ‘zbekiston Oliy Majlisi zimmasiga yuklatilgan. Oliy Majlis o‘z vakolatidagi yer munosabatlarining ayrim masalalarini xalq deputatlari qishloq, shahar, tuman hamda viloyat kengashlari va ulaming ijroiya qo'mitalari zimmasiga yuklagan. Ular yuqorida keltirilgan me'yoriy hujjatlar lalablaridan kelib chiqqan holda yerlarni ulardan oqilona, samarali foydalanish maqsadida foydalanuvchilarga ma'lum muddatga haq to'lash evaziga foydalanish uchun bermoqdalar. Demak, ular yer islohotini amalga oshirishga mas'uldirlar. Chunki ular yerlami samarali foydalanish uchun haqiqiy egasiga berish bilan bog‘liq boigan masalalami hal etadilar.
Shu bilan birgalikda respublika fuqarolariga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini yuritish hamda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va uni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldirish sharti va umrbod egalik qilish huquqi bilan belgilangan miqdorda yer berilmoqda. Demak, shu qoidaga muvofiq yemi avloddan-avlodga meros qilib qoldirish ta'minlangan, ya’ni shu yerlarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi fuqarolarga umrbod berilgan. Bu respublikamiz yer islohotidagi eng muhim yutuq hisoblanadi. I.ekin fuqarolar qonunlarda ko'rsatilgan shartlarai buzsalar, ulaming yerga merosxo‘r sifatida egalik qilish huquqi yuqoridagi tashkilotlar tomonidan bekor etilishi ham ko‘rsatilgan. Islohot natijasida respublika qishloq hududlarida yashayotgan fuqarolarga umrbod foydalanish uchun 1990-2002-yillar davomida 600 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jalik yerlari berildi. Bu maydon Andijon viloyatining qishloq xo'jalik yerlariga nisbatan 2,2 marta, Farg'ona viloyatinikiga nisbatan 1,8 barobar ko‘pdir. Yerlami berish natijasida 3,2 mln. dan ortiq oilaning yer bilan ta'minlanganlik darajasi hozirgi davrda qondirilgan. 2001-yilning boshiga kelib mamlakat aholisi ixtiyorida 625,8 ming gektar tomorqa yerlari bor edi. Aholi o‘zlariga berilgan yerga qonun doirasida egalik qilish hamda undan samarali foydalanish natijasida yurtdoshlarimizni qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta’minlashga ulkan hissa qo'shmoqda.
Aholiga yer maydonlarining berilishi ulaming uy-joyga bo'lgan talabini qondirish, mahsulotlar yetishtirish orqali o‘z daromadlarini ko‘paytirish va eng asosiysi, ulaming ish bilan bandligini ta'minlashga, turmush farovonligini oshirishga juda katta hissa qo'shdi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mazkur islohotning amalga oshirilishi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyatga egadir.
Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida mulkchilikning turli shakllari va crkin mulk munosabatlari mavjud bo'lishi, bunda xususiy mulkchilikni
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, -T.: « 0 ‘zbekiston», 2008
21
rivojlantirishga alohida e'tibor berilishi lozimligini inobatga olib, hukumatimiz tomonidan ulaming huquqiy asoslari yaratildi: «Mulk to‘g‘risida», «Ijara to‘g‘risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar va ko‘pgina qarorlar, farmonlar qabul qilindi. Shularga asoslangan holda tarmoqda bosqichma-bosqich mulkchilikning turli shakllari tashkil etildi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 1992-yilda 224 ta davlat xo'jaligi iqtisodiy ahvoli nochor bo‘lganligi uchun jamoa xo‘jaliklariga, ulaming mulki esa jamoa mulkiga aylantirildi. Qishloq xo‘jaligida mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga alohida e'tibor qaratildi. Xususiy mulkchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. Chunki haqiqiy mulk egasiga aylangan qishloq ahli undan oqilona hamda samarali foydalanishi tabiiy.
Qishloq xo'jaligida erkin bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida moliya, soliq, kredit hamda baholar tizimini isloh etishga ham e'tibor berildi. Chunki davlat mulkchiligiga asoslangan lcorxonalaming faoliyati davlat tomomnidan moliyalashtirilar, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid baholari davlat tomonidan rejali tarzda belgilanar edi. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida esa korxonalar ishlab chiqaiishi uchun zarur bo‘lgan mablag'larni o‘zlari ishlab topishlari kerak. Mablag‘ yetishmagan hollarda uni chetdan o'zaro manfaatli tarzda qarzga olishi, ishlab chiqargan mahsulotlarini esa bozor talablari asosida sotishga harakat qilishlari lozim.
Bu o'rinda ta'kidlash kerakki, qishloq xo‘jalik yerlariga, yirik imgatsiya-melioratsiya inshootlariga nisbatan davlat mulkchiligi saqlanib qolishi maqsadga muvofiq. Yangi yerlami kompleks o‘zlashtirish, foydalanilayotgan yerlarning unumdorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari, yirik irrigatsiya- melioratsiya inshootlarini qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish uchun davlat byudjetidan mablag1 ajratilmoqda. Qishloq hududlarida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish bilan bogiiq boigan tadbirlarga, qishloq xo'jaligidagi urug‘chilik, seleksiya, naslchilik, veterinariya sohalariga ham davlatning ko‘magi zarur hisoblanadi.
0 ‘tish davrining dastlabki bosqichida davlat ehtiyojlari uchun talab etiladigan paxta, g‘alla, sholi yetishtirishni moliyalashtirish davlat byudjetidan maxsus transh mablag'lari orqali amalga oshirilar edi. Lekin bu mablag‘lardan yanada unumli foydalanishni ta'minlash maqsadida qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga imtiyozli kreditlar berish tizimi yoiga qo'yildi va u o‘zini oqlamoqda.
Qishloq xo‘jaligida soliqlar tizimi ham takomillashtirib borilmoqda. 1999-yilgacha qishloq xo‘jalik korxonalari daromad, yer, suv, mulk va boshqa turdagi soliq va toiovlami to iar edilar. 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab
22
www.ziyouz.com kutubxonasi
qishloq xo'jalik korxonalari yagona yer solig‘ini to‘lamoqdalar. 2011-yil holatiga yagona yer solig‘i stavkasi yeming me'yoriy qiymatining 6 foizi miqdorida belgilangan. Yagona yer solig'ining joriy etilishi xo'jaliklar uchun ancha qulaylik yaratmoqda. Chunki mazkur holat soliq miqdorini yerlarning holati, unumdorligi va ekilgan ekin turiga qarab hisoblashga imkon yaiatdi hamda soliqlarni hisoblash va to‘lash jarayonlarini ancha soddalashtirdi.
Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ham ko'pgina islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohaga taalluqli 2008-2012-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi, maxsus jamg‘arma va ixtisoslashgan lizing kompaniyasi tashkil etildi hamda ko‘plab me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Prezidentimiz tomonidan 2009-yil "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e'lon qilindi va maxsus Davlat dasturi ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Ushbu dasturda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bilan bir qatorda qishloqlarda hayot darajasini oshirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy inffatuzilmani rivojlantirish, qishloqlarimizning qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratib berishga alohida e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |