Fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichIar O ‘lchov 2004 2005 2006 2007 2008 2009
birligi
Qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti tarkibida
fermer xo‘jaliklarining % 18,6 24,3 31,4 33,4 32,5 34,5
ulushi
Sh.j. o'simlikchilikda % 17,3 20,6 31,1 60,3 57,6 32,9
chorvachilikda % 1,3 3,7 1.2 3,2 3,6 1,6
Fermer xo'jaliklari soni dona 103921 125668 189235 217095 105033 103081
Fermer xo‘jalikIariga ming
biriktirilgan ekin 1762,6 2140,7 2710,6 3001,6 3045,2 3052,9 maydoni ga
Jami ekin maydonida
fermer xo'jaliklarining % 47,7 58,7 74,7 84,3 84,4 84,6 ulushi
Fermer xo'jaligida band ming
bo‘lganlar soni kishi 765,3 954,2 1381,1 1621,4 1710,2 1521,6
shulardan: yollanma ming 95,2 280,8 382,5 456,1 455,7 465,8 ishchilar kishi
Bir fermer xo‘jaligiga o‘rtacha to‘g‘ri keladi:
- band bo‘lganlar kishi 7 8 7 7 16 15
- ekin maydoni ga 28,2 30,0 26,2 26,7 29,0 29.6
Manba: 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
Ushbu jadval maMumotlaridan ko‘rinib turibdiki, fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi keyingi yillarda ortib bormoqda.
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish va uning samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan bugungi bozor munosabatlari sharoitiga mos kelishini inobatga olib, fermer xo'jaliklarini tashkil etish va ulami rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8- sonli «Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilinib, unda zarar ko‘rib ishlayotgan
28
shirkat xo'jaliklari negizida fermer xo'jaliklarini tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226-sonli Farmonida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo'nalish qilib belgilandi. Farmonni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fermer xo'jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli
«2004-2006 yillarda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30- oktabrdagi 476-sonli «2004-2006 yillarda fenner xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2004-yil 24- dekabrdagi 607-sonli «2005-2007-yillarda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtimvchilarning asosiy shakli sifatida fermer xo'jaliklarini tashkil etish va ulaming faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish asosiy masala qilib belgilandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi
«Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo'yicha tnaxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi 3077-sonli Farmoyishiga muvofiq fermer xo‘jaliklari uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmi qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu tadbirdan so‘ng mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fenner xo‘jaliklari soni 2009-yil holatiga 103081 tani tashkil etmoqda, ularga 3052,9 ming gektar ekin maydoni ajratib berilgan bo‘lib, bu jami ekin maydoninig 84,6 foizini tashkil etadi. 2009-yil holatiga ko‘ra fermer xo'jaliklarida 1521,6 ming lcishi ish bilan band bo‘lib, bitta fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 15 kishidan to‘g‘ri keladi.
2009-yilda fermer xo‘jaliklarining qishloq xo'jalik yalpi mahsulotidagi ulushi 34,5 foizni tashkil etgan. Bu ma’lumotlar femier xo‘jaliklarining 0 ‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘mi va ahamiyatining ulkan ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun ham Respublikamiz Prezidenti l.A.Karimov Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’mzasida “...fermerlik qishloqda xo'jalik yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida yetakchi o‘mini egallamoqda”, - deb nihoyatda istiqbolli xulosa qilgan edi.
Yurtboshimiz joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlaming borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 2009-yil 25-avgustdagi Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ham mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda fermerlik harakatining ahamiyatiga to‘xtalib, fermerlar mamlakat ravnaqi, xususan qishloq taraqqiyoti va farovonligini ta’minlashda hal qiluvchi kuchga aylanganini ta'kidlab o‘tdi.
29
„Fermer nafaqat dehqon, balki iqtisodchi, menejer, agronom, sanoatchi bo‘lishi lozim. Buguiming talabi - shu. Fermer o‘zi yetishtirgan mahsulotni o‘zi qayta ishlashi, shu orqali qishloqqa sanoatni olib kirishi va aholi farovonligini oshirishga, yoshlami ish bilan ta’minlashga o‘zining faol hissasini qo'shishi lozim“, - deb ta'kidlagan edi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, agrar sektorni rivojlantirish maqsadida aniq va uzoqni ko‘zlab ishlab chiqilgan chora-tadbirlar natijasida fermerlar ushbu sohada haqli ravishda yetakchi kuchga aylanib borayapti. Bevosita davlatimiz rahbari tomonidan ko'rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, yaratilayotgan imkoniyatlar ulami ana shunday ishlashga undayapti, yangi-yangi marralar sari yetaklamoqda.
Hozirgi davrda fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi fermer xo‘jaligi a'zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Fermer xo'jaliklari tanlov asosida zahira va maxsus respublika fondi hisoblangan hamda mehnat resurslari ortiqchaligi sezilmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaligini shu xo‘jalikning o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli bilim, malaka va ish tajribasiga, yaxshi muomala qilish qobiliyatiga ega boigan barkamol a'zolaridan biri boshqarishi mumkin. Fermer xo'jaligining Nizom fondida ko‘rsatilgan quyidagi vositalar, mablagiar uning mulki hisoblanadi:
- uy-joylar, xo‘jalik inshootlari, qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatzorlari, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna, transport vositalari, pul mablagiari, intellektual mulk obyektlari;
- ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotlar;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan, ish va xizmatlar ko'rsatishdan tushgan pul mablagiari, olingan foyda;
- olingan kredit mablagiari;
- a'zolarining qimmatli qog'ozlari, ular evaziga olingan dividendlar;
- yuridik va jismoniy shaxslaming beg‘araz xayriya, homiylik mablagiari va boshqalar.
Shu mulklardan samarali foydalanish natijasida xo‘jalikni
rivojlantirish uning a'zolari shaxsiy mehnatiga bogiiq. Bu shakldagi xo‘jalik faoliyat ko'rsatish jarayonidagi ishlarga ayrim hollarda, ya’ni a'zolarining quwati yetmaganda mehnat shartnomasiga asoslangan holda ishchi- xizmatchilarni yollashi mumkin.
Fermer xo‘jaligi o‘z mulkidan, mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda ixtisoslashishi bo‘yicha shartnomalar asosida qishloq
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash, xizmatlar ko‘rsatish, mahsulotlami sotish, shuning natijasida oigan pul daromadlarini taqsimlash, ishchi-xizmatchilarini rag‘batlantirish hamda ijtimoiy himoyalash, faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarni ko‘rsatadi. Uning iqtisodiy negizini oila a'zolarining mol-mulki, mahsulotlari tashldl etadi va xo‘jalik faoliyatini «Fermer xo'jaligi to‘g‘risida»gi qonun asosida yuritadi. Fermer xo‘jaligi o‘z mulki, ijaraga olgan yer maydoni, texnika vositalaridan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, ulami qayta ishlash hamda sotish bilan shug‘ullanadi. Tadbirkorlikning bu shakli iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda salmoqli o‘rinni egallaydi. AQSh, Fransiya, Gollandiya kabi davlatlarda mazkur xo‘jalilc yuritish shakli juda lceng tarqalgan.
Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi va salmog‘i 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |