Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet9/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

1.3. Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari.

«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti - qishloq xo'jaligida obyektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilish xususiyatlari, tarmoqda iqtisodiy munosabatlami ishlab chiqarish kuchlari bilan bogTagan holda oTganishdir. Qishloq xo‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayoni rivojlantirilishini ta'minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish va ulami hayotga joriy etish masalalarini, tarmoqda mavjud resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlami tejash hamda samaradorlikni oshirish yoTlarini oYgatish «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadi hisoblanadi. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar yechimining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rgatishi lozim:


• qishloq xo'jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘mi, ahamiyati, uning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini;


12


• tarmoqqa davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan agrar- iqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ulami rivojlantirish yo'llarini;
• qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari, ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yoilari;
• tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish lartibini o'rganish, ulami takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini asoslab berish;
• qishloq xo'jaligida qilinadigan doimiy va o‘zgamvchan, o‘rtacha xarajatlarni, ulaming tarkibi va kamaytirish yo‘llarini, yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini o'rgatish;
• tarmoqda iqtisodiy munosabatlami amalga oshirishda l'oydalanilayotgan baholar tizimini, daromad va foydani aniqlash, ulami oqilona laqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish;
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslashganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashganligini va boshqa masalalarini o‘rganish.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z predmetini o‘rganishda quyidagi usullardan foydalanadi:
a) dialektika usuli. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘zining maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni dialektika qonuniga asoslangan holda tadqiq etadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar o‘zaro bogiiqlikda va doimiy rivojlanishda deb qaraladi.
b) deduksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi nazariy g‘oyalarga asoslangan holda ulami amaliyotga tatbiq qilish mexanizmini o‘rganish deduksiya usulining mohiyatidir.
d) induksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumo o‘rganib, shular asosida nazariy g'oyalami yaratish jarayoni induksiya usulining mohiyatidir.
Demak, qishloq xo'jaligida har qanday iqtisodiy muammoni avval uning nazariyasidan, ya’ni g‘oyasidan amal qilishiga qarab o‘rganish yoki bu muammoning amaliyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi holatiga asoslangan holda g‘oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib borish mumkin. Ikkala holatda ham iqtisodiy muammolaming yechimi samarali aniqlanishi kerak. Yuqorida ta’kidlangan tadqiq qilish, o‘rganish usullari qo‘llangan holda muammoni hal etishning iqtisodiy strategiyasi belgilanadi. Tanlab olingan tadqiqot strategiyasini joriy etish mexanizmlari va ulami amalga oshirish usullarini iqtisodchilar mukammal o‘rganishlari lozim. Masalan, respublika qishloq xo‘jaligida mulkning turli shakllarini barpo etish


13


g‘oyasi bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi nazariy g‘oyalarga va ularning amaliyotda hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotidagi holat, ma'lumotlar asos qilib olinib, bu jarayon tobora rivojantirilmoqda.
e) analiz usuli. Ko'zlangan maqsadga erishish maqsadida biror iqtisodiy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotni qismlarga ajratib o‘rganish usulidir.
f) sintez usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlami umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish usulidir.
g) iqtisodiy-statistik usul. Ushbu usul qishloq xo'jaligidagi keng ko'lamli iqtisodiy jarayonlami o'rganishda qo‘llaniladi. Iqtisodiy-statistik usul tegishli xulosalar chiqarish maqsadida ma'lum yo‘nalishdagi ma'lumotlami to‘plash, gumhlash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni anglatadi.
h) monografik usul. O'rganilayotgan mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarish maqsadida mazkur yo'nalishdagi ilg‘or mintaqalar va xo‘jaliklar faoliyatini chuqur o'rganish va taqqoslash mazkur usulning mohiyatidir.
i) iqtisodiy-matematik usul. Mazkur usul bir qancha omillar ta'sir etuvchi murakkab iqtisodiy jarayonlarai o‘rganishda qo‘llaniladi. Ma'lum ishlab chiqarish omillari mavjud bo'lganda biror natijaga erishish uchun turli muqobil variantlarni o'zaro taqqoslab, ular orasidan eng ma'qulini tanlab olishda iqtisodiy-matematik usullaming ahamiyati kattadir. Bunda kompyuter texnologiyalaridan ham keng foydalaniladi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslarini, yo‘nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‘rgatish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo‘yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni rivojlantirishga oid muammolami qo‘yish va uni hal etish, samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashadi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda barcha iqtisodiy fanlar, shu jumladan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot», «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi», «Statistika»,
«Marketing», «Menejment», «Iqtisodiy tahlil» kabi fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o‘rganmasdan qishloq xo'jaligi iqtisodiyotini, unda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, ulaming ahamiyatini baholab bo'lmaydi. Iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, ulaming har birining mazmunini, amal qilish mexanizmini o'zlashtirmasdan qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish, mehnatni tejash va uning unumdorligi rivojlantirilishini belgilash qiyin. «Mikroiqtisodiyot» fanidan talab


14


vti taldif kabi iqtisodiy qonunlaming korxonalarda amal qilishini o'rganmasdan t|ishloq xo'jaligida qanday mahsulotni, qayerda, qancha miqdorda yetishtirish
/.arurligmi to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi.



Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish