Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet8/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

10


1.2. Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari.

«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda qishloq xo‘jaligi tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlarini ham e'tiborga olish lozim. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:


a) qishloq xo‘jaligida tabiiy omillaming ta'siri kuchli. Tarmoqda islilab chiqarish jarayoniga harorat, yog'ingarchilik, shamol va boshqa tabiiy omillar o‘z ta'sirini o‘tkazadi;
b) qishloq xo'jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yeming ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni bevosita yerda amalga oshadi. Yerga urug‘ sepiladi va yerda mahsulot yetishtiriladi. Yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularni inkor etish yoki yetarlicha e'tibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi;
d) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil etishda ma’lum talablami keltirib chiqaradi;
e) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega. Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollari maTum vegetatsion davming o‘tishini taqozo etadi. Bu holat tarmoqda xarajatlar va faoliyat natijasida olinadigan daromadlar muddati o'rtasidagi farqning katta boTishiga olib keladi. Masalan, paxta yetishtirishda ishlab chiqarish jarayoni erta bahorda boshlanib, kuzda nihoyasiga yetadi. Bundan tashqari ishlab chiqarishning mavsumiyligi tarmoqda mayjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni tashkil etishni taqozo etadi. Qish oylarida mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash uchun tarmoqda tadbirkorlikning boshqa shakllarini ham rivojlantirish talab etiladi;
f) ishlab chiqarish jarayonida tirik organizmlar ham mehnat vositalari sifatida qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnat qilayotgan mutaxassislar o'simlik va hayvonlaming biologik hamda zoologik xususiyatlarini ham bilishi, ishlab chiqarish jarayonida ulami hisobga olishi talab qilinadi. Qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko‘p jihatdan o‘simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bogTiq;
g) qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bir qismi tarmoqning o‘zida urugTik, yem-xashak, oziq-ovqat va boshqa maqsadlarda ishlatiladi;
h) qishloq xo'jalik mahsulotlarining ayrim turlarini uzoq muddat saqlash imkoniyatlari cheklangan va tashish uchun noqulaydir. Bu muammo qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli bir vaqtda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu o‘z navbatida yetishtirilgan mahsulotni nobud qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchilaming bir me'yorda


11


ishlashini, ma’lum davrda katta quvvatlarning boiishini talab qiladi. Yilning qolgan davrlarida esa bu quvvatlaming nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi.
Qishloq xo'jaligi tarmogida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi va ular ehtiyojlami qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Mamlakatimiz miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilmoqda. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikamizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Tovar-pul munosabatlariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida davlatning ko‘magida qishloq xo'jaligida talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda. Natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning turli shakllariga keng y o i ochib berish va ularni rivojlantirish yoiidan borilmoqda. Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va mehnatjdan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish jarayonini takomillashtirish, foyda hajmini oshirish, investitsiyalami keng jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish bilan bogTiq boTgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta'kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.



Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish