Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Respublikamiz bo‘yicha sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifat



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/178
Sana10.02.2022
Hajmi10,95 Mb.
#441774
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   178
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Respublikamiz bo‘yicha sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifat
bahosi
Viloyatlar
0 ‘rtacha ball boniteti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
41
Andijon
57
Buxoro
50
Jizzax
51
Qashqadaryo
51
Navoiy
52
Namangan
59
Samarqand
57
Surxondaryo
56
Sirdaryo
51
Toshkent
59
Farg‘ona
56
Xorazm
53
Respublika bo‘yicha:
55
Manba: Ozbekiston Respublikasi yer resurslari va Davlat kadastri qo‘mitasi ma'lumotlari.
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamizda 
yerlarning o‘rtacha ball boniteti 55 ballni tashkil etadi. Namangan, Toshkent, 
Andijon va Samarqand viloyatlari yerlarining o'rtacha ball boniteti boshqa
64
www.ziyouz.com kutubxonasi


viloyatlar ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichga ega. Mamlakatimizda 
eng past ball bonitetga ega yerlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, 
Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.
Qishloq xo‘jalik yerlarining sifati 10 ta klassga ajratilib, 100 ballik 
tizimda baholanadi. Bunda 1-2-klasslarga holati yomon yerlar kiradi va ular 0- 
20 ball bilan baholanadi, 3-4-klasslarga holati o'rtachadan past yerlar kiradi va 
ular 21-40 ball bilan baholanadi, 5-6-klasslarga holati o‘rtacha yerlar kiradi va 
ular 41-60 ball bilan baholanadi, 7-8-klasslarga holati yaxshi yerlar kiradi va 
ular 61-80 ball bilan baholanadi va nihoyat 9-10-klasslarga holati eng yaxshi 
yerlar kiradi va ular 81-100 ball bilan baholanadi. Mamlakatimizda 10-klassga 
kiruvchi, ya'ni 91-100 ballga ega yerlar faqat Andijon (35 ga), Namangan 
(1301 ga), Samarqand (547 ga), Toshkent (29 ga) va Farg‘ona (452 ga) 
viloyatlarida mavjud.
Yer monitoringi 0 ‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya
kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi, ushbu qo‘mitaga qarashli 
viloyatlardagi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, O'zbekiston 
Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, respublikadagi boshqa 
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotiarning bevosita ishtirokida amalga 
oshiriladi.
Yer monitoringi - yer tarkibidagi o'zgarishlami o‘z vaqtida aniqlash, 
yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini tugatish 
uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Davlat yer kadastri 
yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan 
maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni
yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta'minlash yer monitoringi asosida 
amalga oshiriladi.
Davlat yer kadastri - yerlaming tabiiy, xo'jalik va huquqiy rejimi, 
ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining 
joylashgan 
manzili 
va 
o‘lchamlari, 
ulami 
yer 
egalariga, 
yerdan 
foydalanuvchilarga taqsimlash to‘g‘risidagi zamr, ishonchli ma’lumotlar va 
hujjatlar tizimidan iborat.
1998-yil 28-avgustda O'zbekiston Respublikasining «Davlat Yer 
kadastri to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan. Davlat yer kadastri yer 
munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza 
qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq 
miqdorini 
asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida barcha tashkilot, 
korxonalarda fuqarolarni yer to‘g‘risidagi 
ma'lumotlar bilan ta’minlashga 
moTjallangan. Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlashni taqozo 
etdi va uni tarkibiga olgan boTadi. Davlat yer kadastrining maTumotlari 
yerlardan foydalanish va ulami muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish va 
ulami olib qo'yishda, yer uchun toTanadigan haq miqdorini belgilashda, yer
65
www.ziyouz.com kutubxonasi


tuzish ishlarini o'tkazishda, xo'jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan 
foydalanish va uiami muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlami amalga 
oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi. Davlat yer kadastri butun respublika 
uchun yagona tizim asosida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davlat yer 
kadastri va yer tuzish xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Davlat yer kadastri quyidagilardan tashkil topadi:
- yerdan foydalanuvchilar;
- yer maydoni, uning tarkibi, sifati;
- yemi iqtisodiy baholash.
Yerlami iqtisodiy baholash bir qancha iqtisodiy muhim masalalami 
hal etishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Eng avvalo, yer umumxalq, davlat mulki 
sifatida baholanishi maqsadga muvofiqdir. Shunda mamlakat milliy boyligining 
tarkibi - yerning qiymatini, ulushini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Shuning 
bilan birgalikda yeming asosiy vosita sifatida baholanishi ham hal etilishi 
lozim.
Respublikamizda qishloq xo'jalik yerlarining qiymatini baholash 
tartibini 
belgilash 
maqsadida 
iqtisodchi 
olimlar 
F.Q.Qayumov, 
A.Abdug‘aniyev, V.T.Frolov, J.M.Maqsudov, G.G.Nagayev, I.A.Akramov va 
A.A.Tursunovlar tomonidan « 0 ‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligiga 
moTjallangan yerlarini sifatiy, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning 
muvaqqat uslubi» ishlab chiqildi va u Yer resurslari davlat qo‘mitasining ilmiy- 
texnik Kengashi tomonidan 1998-yil 6-avgustda tasdiqlangan. Bu muvaqqat 
uslubiyatda qishloq xo‘jaligiga moTjallangan yerlaming qiymat bahosini 
(me'yoriy bahosini) aniqlasb tartibi ko‘rsatilgan. Bunda sug‘oriladigan yerlar, 
bahorikor yerlar va yaylov yerlaming me’yoriy bahosini aniqlash tartiblari 
lco‘rsatiIgan.
Sug'oriladigan yerlaming me'yoriy bahosini aniqlashning negizida 
qishloq xo'jalik ekinlari rivojlanishi uchun yerlaming ahamiyatliroq boTgan 
tabiiy xususiyatlari (tuproq bonitirovkasi) va me'yoriy sof foydasi qiymatini 
ko‘rsatuvchi sifatlari bo'yicha shu yerlaming solishtirma bahosi yotadi. 
Bonitirovkalashda tuproqning quyidagi asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlari 
hisobga olinadi: tuproqning tipi, mexanik tarkibi, sug‘orib kelinayotganlik 
muddati, termik resurslar bilan ta’minlanganligi, tuproq hosil qiluvchi jins, yer 
osti suvining chiqib ketishi, sho'rlanish, erroziyalanish, tosh va gipslanish 
darajalari. Eng yuqori baho 100 ball bilan eng yuqori mahsuldorlikka ega, eng 
yaxshi tuproqlar baholanadi.
Tuproqning tabiiy unumdorligini, mahsuldorligini va uning qishloq 
xo‘jaligida foydalanishga yaroqliligini hisobga ohb respublikamizdagi 
sug'oriladigan yerlaming ball bonitetlari bo'yicha 10 ta klassi o'matilgan. 
Bunda, 1-klassga 10 ballgacha, 2-klassga 11 balldan 20 ballgacha, 3-klassga 21 
balldan 30 ballgacha, 4-klassga 31 balldan 40 ballgacha, 5-klassga 41 balldan
66
www.ziyouz.com kutubxonasi


50 ballgacha, 6-klassga 51 balldan 60 ballgacha, 7-klassga 61 balldan 70 
ballgacha, 8-klassga 71 balldan 80 ballgacha, 
9-klassga 81 balldan 90 
ballgacha va 10-klassga 91 balldan 100 ballgacha b o ig an ball bonitetiga ega 
sug'oriladigan qishloq xo'jalik yerlari kiradi.
Agronomiya nuqtai nazaridan bonitet ballari baholashning 100 ballik 
shkalasi bo'yicha 1 ball bahoga qabul qilingan har bir gektardan olinadigan 
hosildan kelib chiqib, aniq bir qishloq xo‘jalik ekini uchun kadastrli 
hisoblangan hosildorlikda namoyon bo'ladi. Ball bonitetlari bo'yicha asosiy 
qishloq xo‘jalik ekinlarining kadastrli hisoblangan hosildorligi 3.5-jadvalda 
keltirilgan.
3.5-jadval

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish