6.3. Qishloq xo‘ja!igida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
Qishloq hududlarida mavjud boigan mehnat resurslaridan to iiq va
samarali foydalanish, ulaming mehnatlari unumdorligini yuksaltirish hamda
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu
vazifani muvaffaqiyatli hal etilsh uchun quyidagilarga e'tibor berish lozim:
- qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy
sonini va istiqbolda uning o'zgarish darajasi monitoringini o'tkazib borish;
qishloq hududlaridagi barcha tadbirkorlik shakllarida qisqa va uzoq
muddatga mutaxassislik turlari bo'yicha mehnat resursiga bo'lgan talabni
aniqlash;
qisqa va uzoq muddatga bo‘sh bo'lgan ish joylarini ishlovchilar bilan
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlami asoslangan holda ishlab chiqish
(kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, ulami qayta tayyorlash);
122
www.ziyouz.com kutubxonasi
ish bilan ta’minlanmaganlaming umumiy sonini aniqlash, ulami ijtimoiy
himoyalash bo‘yicha me’yoriy tadbirlami ishlab chiqish, ulami amalga
oshirishva boshqalar.
Ta'kidlangan tadbirlaming samarali hal etilishi mehnat
qilish
qobiliyatiga ega bo‘lganlar bilan ish bemvchi subyektlar hamda ijtimoiy
himoyalashni amalga oshimvchi tashkilotlar o‘rtasida munosabatlar amalga
oshirilishini taqozo etadi. Bu masalalami hal etishda bandlikka ko‘maklashish
markazlari muhim ahamiyatga ega.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z mehnat qilish qobiliyatini taklif
etayotgan fiiqaro mehnat bozorini o‘rganib chiqadi. U yerda mavjud bo‘lgan
talablami o'rganib, o‘zining intellektual va jismoniy qobiliyatlarini taklif etadi.
Ish beruvchilar esa mehnat bozoridan o‘zlari uchun eng ma'qul boTgan taklitni
tanlab olishga harakat qiladilar. Ular bir-biriga mos kelganda shartnomalar
tuzilib, xodim ishga yollanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida ham shunday tartib
joriy etilgan boTib, bu vazifani qishloq hududlarida bandlikka ko‘maklashish
markazlari amalga oshirmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining nazariy asoslari
shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit, ingliz iqtisodchisi D.Rikardo, Nobel mukofoti
laureati, amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuelson va boshqa olimlar tomonidan
yetarli darajada asoslangan. Yaratilgan nazariyani hayotga tatbiq etish yoTlari
ham hal etilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat shu bozorda erkin
sotilishi lozim. Shundagina u qiymatga ega boTadi, ya’ni tovar shaklida
ayirboshlanadi. Mehnat bozori erkin raqobat asosida amalga oshirilishi zarar.
Bu bozorda mehnat munosabatlari iqtisodiy, ijtimoiy qonunlar, talab va taklif
qonunlari talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Mehnat bozorida inson
o‘zini emas, balki mehnat qilish (jismoniy, aqliy) qobiliyatini taklif etadi.
Iste'molchi, ya’ni ish beruvchi shu qobiliyatni sotib oladi. Demak, oldi-sotdi
jarayonidagi iqtisodiy munosabat predmeti insonning mehnat qilish qobiliyati
hisoblanadi. Insonning mehnat qilish qobiliyatiga toTanayotgan ish haqi shu
mehnatning qiymati, ya’ni bahosi ekanligidan dalolat beradi.
Qishloq hududlaridagi mehnat bozorini samarali shakllantirishda
quyidagi holatlami e ’tiborga olish zarur:
•
respublika aholisining yarmi qishloq hududlarida yashayotganligi;
•
qishloq hududlarida aholi sonining o‘sish sur’ati shaharlardagiga
nisbatan yuqori ekanligi, bu hol kelajakda mehnat resurslarining yuqori
sur'atlarda o‘sishiga ta'sir etishi;
•
qishloq
hududlarida
sanoat
korxonalari
talab
darajasida
rivojlanmaga'nligini
va
barcha
resurslami
e'tiborga
olgan
holda
joylashmaganligi;
•
hozirgi davrda qishloq hududlarida ish bilan ta'minlanmagan iqtisodiy
faol mehnat resurslarining shaharlarga ish qidirib ketayotganligi;
123
www.ziyouz.com kutubxonasi
•
qishloq hududlarida xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik shakllari talab darajasida
rivojlanmaganligini, shuningdek, madaniy, maishiy, kommunal va boshqa
xizmatlami amalga oshiruvchi infratuzilma subyektlari ko‘lamining torligi.
Mehnat bozorlari yuqorida ta’kidlangan barcha xususiyatlarni
e’tiborga olgan holda erkin shakllanishi uchun quyidagilarga e'tibor berilishi
lozim:
•
qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo‘jalik korxonalaridagi)
mehnat resurslarining umumiy miqdorini, tarkibini aniqlash;
•
mehnat resurslarining taklifmi va hududdagi barcha tadbirkorlik
subyektlarining ularga bo‘lgan talabini tarkibi bo‘yicha aniqlash;
•
erkin mehnat bozorini shakllantirish hamda ulaming samarali faoliyat
ko'rsatishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy raexanizmlami ishga solish;
•
qishloqda mehnat resurslarining maqsadga muvofiq bandligini
ta'minlashga hissa qo‘shish;
•
mehnat bilan band boMmagan fuqarolar sonini aniqlash, ularning
malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
himoyalash;
•
erkin mehnat bozori amalga oshirilishini ta'minlovchi turli
yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ularning samarali o'tkazilishiga
erishish;
•
mehnat bozorining rivojlanishini
ta'minlovchi barcha resurslami
topib, samarali sarflash kabi vazifalami bozor talablari darajasida amalga
oshirish lozim.
Qishloqlarda mehnat bozorini oqilona tashkil etib, samarali
boshqarish uchun hududlaming xususiyatlarini e'tiborga olish lozim.
Respublikamizning mehnat resurslari soni ko‘p bo'lgan hududlari, awalo,
Andijon, Farg'ona, Namangan, Toshkent, Samarqand viloyatlari uchun mazkur
bozomi tartibga solishning ancha samarali quyidagi ikkita usuli mavjud:
a) ishchi kuchiga talabni oshirish usuli;
b) ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etish hisobiga ish o‘rinlarining bir qismi qisqarishi kuzatiladi.
Ishchi kuchiga boigan talabni oshirishni rag‘batlantirish usullarini
tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda
mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlami rivojlantirishga qaratilgan.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xarid qilish
hamda agroservis xizmati ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo'yicha ish
joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan'anaviy
shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha bo‘shatilayotgan
shaxslar uchun mavjud korxonalami kengaytirish va qayta tashkil etish hamda
124
www.ziyouz.com kutubxonasi
yangi
ish
o'rinlarini
yaratish
maqsadida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy
investitsiyalami jalb etish lozim.
Ishchi kuchlariga talabni oshirishni agrosanoat majmuining mehnat
resurslarini qayta taqsimlashdan manfaatdor tarmoqlarida ish joylarini yaratish
va yangi, zamonaviy kasblarni egallashga sarmoyalami to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb
qilish orqali tartibga solish mumkin. Investitsiya va kreditlami agrosanoat
majmui korxonalarini, ayniqsa, qayta ishlash korxonalarini qurish, texnik
jihatdan qayta qurollantirisb va rekonstruksiyalashga, shaxsiy mehnat
faoliyatini rivojlantirish yo‘li bilan xizmat ko'rsatish sohasini kengaytirishga,
shuningdek, ko‘p bolali ayollar, mehnatga layoqatli nafaqaxo‘rlar, nogironlar,
o‘smirlar va hokazolarga mos ish joylarini vujudga keltirishga yo'naltirish
maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa ortiqcha mehnat resurslarini yuqorida aytib
o'tilgan tarmoqlarga va ayrim maxsus ish joylariga jalb etish, ayni paytda
ishchi kuchlarining kasbiy malaka tarkibiga bevosita ta’sir o‘tkazish mumkin.
Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilik turli shakllarini
rivojlantirish aholi bandligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri. U
korxonalaming iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, byudjet to‘lovi va
xodimlaming vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug‘urta badallarini
kamaytirish, ulami ishga qabul
qilish jarayonini yengillatish, bandlikning
noan'anaviy shakllarini tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash kabi
chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi.
Prezidentimiz Islom Karimov o'zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari"
nomli asarida 2009-yildagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri - bu
mamlakatimizni modemizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim
omili
sifatida
ishlab
chiqarish
va
ijtimoiy
infratuzilmani
yanada
rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab bergan edi. Mazkur ustuvor vazifaga
alohida e'tibor qaratishning sabablaridan biri - infratuzilmani rivojlantirish
ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanadi va bu yangi ish
o'rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlaming ish bilan bandligini
ta'minlash, odamlaming daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi.
Ishchi kuchlari taklifmi kamaytirishga ish vaqti va mavjud ish joylarini
ijtimoiy ishlab chiqarishda band boiganlar o‘rtasida qayta taqsimlash orqali
samarali ta'sir etish mumkin. Respublikamizda Kadrlar tayyorlash Milliy
Dasturi asosida umumtaiim dasturlarini kengaytirish va o‘qish muddatini
uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o‘quv yurtlarida sirtqi o‘quv
shaklidagi talaba o'rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda
o‘qiyotganlarga stipendiyalami oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun
to‘lanadagin nafaqalar va beriladigan ta’til muddatini ko'paytirish, mehnat
stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlami
125
www.ziyouz.com kutubxonasi
parvarishlaydigan shaxslarning nafaqalarini oshirish mehnat bozoriga ishchi
kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga
bo'lgan taklifhi kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi
bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o‘tishini rag‘batlantirishga
ularga ham ish bilan to‘la band shaxslarga mo‘ljallangan ijtimoiy muhofaza
turlarini, ta'tillar va boshqa ijtimoiy kafolatlaming miqdorlarini o‘matish,
kafolatlangan eng kam miqdordagi ish haqi bilan ta’minlash,
har yili
beriladigan ta'tillami o‘z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini
qisqartirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizning mehnat resurslari yetishmaydigan mintaqalarida
(Jizzax, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ishchi
kuchlaiiga taklifini ko'paytirish mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga
muvofiq usulidir. Respublika qishloq xo‘jaligidagi mavjud bo‘lgan mehnat
resurslaridan yil davomida to‘liq va samarali foydalanish lozim.
Qishloq hududlarida, jumladan, qishloq xo‘jalik korxonalarida mavjud
bo'lgan mehnat resurslarining real miqdorini aniqlash lozim. Shu bilan birga
aholi sonining mutlaq o'sishini e'tiborga olgan holda mehnat resurslarining
ko‘payish yoki kamayish jarayonini aniqlash kerak. Mehnat qilish qobiliyatiga
ega bo'lgan aholining harakatini ham hisobga olish zarar. Shundan so‘ng
qishloq xo‘jaligida mavjud boigan ish joylarining hozirgi hamda istiqboldagi
sonini real aniqlashga alohida e’tibor berish kerak. Shularga asoslangan holda
mehnat balansi ishlab chiqilishi zarar.
Yuqoridagilarga
asoslanib,
mehnat
resurslarining
ish
bilan
ta'minlanganlik darajasi, shu orqali qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan
mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi. Uning
darajasi birga yaqin bo'lishi lozim, aks holda mehnat resurslarini ish bilan
ta'minlash chora-tadbirlari asoslangan holda ishlab chiqilishi kerak. Buning
uchun qishloq xo‘jalik korxonalarida yangi ish joylarini tashkil etish
imkoniyatlarini
rejalashtiriladi.
Mehnat
resurslaridan
foydalanishni
rivojlantirish maqsadida ularni takror ishlab chiqarish jarayonlarini, ya'ni
malakalarini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash tadbirlarini ham belgilab
olib, amalga oshirilishiga e'tibor berish zarur.
Korxonalarda mehnat mehnat unumdorligi darajasini yuksaltirishga
alohida e'tibor berish lozim. Bu masalaning hal etilishida eng ta'sirchan omil
moddiy manfaatdorlik hisoblanadi. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida
kim yaxshi, sifatli ishlasa ko‘p haq oladi. Shunday ekan, qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishida samarali mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchi o‘z mehnatiga
yarasha ko‘proq haq olishi lozim. Shu bilan birga mehnatkashlami ma'naviy
rag'batlantirishni amalga oshirishni ta'minlash kerak. Eng avvalo, mehnatlari
natijalarini e'tiborga olgan holda mukofotlash va taqdirlash lozim. Unvonlar
126
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham ma'lum darajada fuqarolaming mablag'lar bilan ta'minlanishiga olib
keladi. Jumladan, respublikada xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, agronom, irrigator
unvolarini olganlaming asosiy ish haqlariga eng kam oylik ish haqining 60 foizi
miqdorida ustama beriladi. Eng asosiysi, ma’naviy rag‘batlantirish insonlaming
kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va ulaming mehnatga munosabatini
yaxshilaydi, yaxshiroq mehnat qilishga undaydi.
Qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish,
avtomatlashtirish,
elektrlashtirish natijasida
sarflanayotgan
mehnatning
unumdorligi oshishini ta'minlash mumkin. Buning uchun xo'jaliklar
ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlaming ishga yaroqliligini oshirish
hamda ulardan yil davomida to‘liq foydalanishga erishish tadbirlarini
shakllantirish lozim. Eng avvalo, ulami malakali kadrlar, ta’mirlash
ustaxonalari bilan ta’minlash kerak. Xo‘jaliklaming ishlab chiqarish resurslari
bilan ta'minlanganligini ham talab darajasiga yetkazish zamr. Buning uchun
esa moliyaviy resurslar bilan ta'minlash choralarini aniqlab, ulaming
bajarilishini ta'minlash kerak.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiyligi tufayli yilning
ma'lum davrida tarmoqdagi mehnat resurslarining bir qismi bo‘sh turib qoladi,
bu esa mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi. Ushbu holatning oldini olish uchun qishloq xo'jalik korxonalarida
xodimlami mehnat resursiga talab kam bo'ladigan qish oylarida ham ish bilan
band qilish choralarini ko‘rish lozim. Bunda dehqonchilikka ixtisoslashgan
fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni ham yo‘lga qo‘yish, issiqxonalar tashkil
etish, turli sexlar, ustaxonalar faoliyatini tashkil etish va boshqa tadbirlami
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Demak, qishloq xo'jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to iiq
va samarali foydalanish hamda ulaming mehnatlari unumdorligini oshirish
uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadga
muvofiqdir:
qishloq joylarda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish;
tarmoqning rivojlanishini e'tiborga olgan holda qo'shimcha ish
joylarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalami, samarali texnologiyalami
izchillik bilan tatbiq etish;
tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy-
texnika ta'minotini yuksaltirish;
qishloqda yashash va ishlash uchun barcha sharoitlami yaratish;
melmatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va
rivojlantirish;
kadrlami tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy va ma'naviy
rag‘batlantirishni takomillashtirish va boshqalar.
127
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bu kabi chora-tadbirlaming qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy
etilishi tarmoqdagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, mehnat
unumdorligi oshishiga ijobiy ta'sir etadi.
Qisqacha xulosaiar
Belgilangan yosh chegarasidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan
aholi mehnat resursi hisoblanadi. Ulaming ongli ravishda, aniq maqsadni
ko'zlab sarflagan mehnatlari natijasida ishlar bajariladi, mahsulotlar ishlab
chiqariladi.
Qishloq xo'jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud. Jumladan, mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan
bog‘liq, mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining
mavsumiyligi katta ta’sir ko‘rsatadi, qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni tirik
organizmlar bilan uzviy bog‘langan va boshqalar. Tarmoqda mehnatni tashkil
etishda ushbu xususiyatlami inobatga olish lozim.
Kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yanada yaxshilash va
mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi ish joylarini barpo etish, takror
ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, moddiy va ma’naviy rag'batlantirishni
takomillashtirib borish lozim. Qishloq xo‘jaligida mehnat bozorini ham
rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |