Қурилиш меъёрлари ва қоидалари


Binolarning ishlab chiqarish va omborxonaxonalarini yoritish



Download 5,89 Mb.
bet9/43
Sana13.01.2022
Hajmi5,89 Mb.
#356449
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Binolarning ishlab chiqarish va omborxonaxonalarini yoritish
4.4. Xonalarni yoritish uchun, odatda, eng tejamli bo’lgan razryadli lampalardan foydalanish lozim. Umumiy yoritish uchun cho’g’lanish lampalaridan foydalanish razryadli lampalarni texnik-rejalash maqsadga muvofiq bo’lmaganda yoki ishlatish mumkin bo’lmagan holdagina ruxsat etiladi.

Yorug’likniig razryadli manbalaridan tashqari mahalliy yoritish uchun cho’g’lanish lampalaridan, shuningdek, galogenli lampalardan foydalanishga ruxsat etiladi. Yorug’lik manbalarini rang tavsiflari bo’yicha tanlash 5-son ilovaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Xonalar ichida ksenonli lampalarni qo’llashga ruxsat etilmaydi.

4.5. 1-jadvalda keltirilgan yoritilganlikning me’yorlarini yoritilganlik shkalasida bir pog’onaga quyidagi hollarda:



  1. I-VI razryadli ishlarda, agar ko’rish ishlari ish kunining yarmidan ortiq qismida bajariladigan bo’lsa;

  2. shikastlanishning yuqori darajada havfliligida, agar yoritilganlik umumiy yoritish tizimidan 150 lk va undan kamni tashkil qilgan hollarda (gardishli arralar, gilotina qaychisi bilan ishlaganda va shu kabi);

  3. maxsus yuqori sanitariya talablari bo’lganda (masalan, oziq-ovqat korxonalarida va kimyo-farmasevtika sanoatida) agar yoritilganlik umumiy yoritish tizimidan - 500 lk va undan kam bo’lganda;

  4. o’smirlar ishida yoki ishlab chiqarishda o’rgatishda, agar yoritilganlik umumiy yoritish tizimidan - 300 lk va undan kam bo’lganda;

  5. xonada tabiiy yoritish bo’lmaganda va ishchilar doimo bo’ladigan hollarda, agar yoritilganlik umumiy yoritish tizimidan - 750 lk va undan kam bo’lsa;

  6. 500 ayl/min ga teng yoki ortiq tezlik bilan aylanuvchi detallarni yoki 1,5 m/min ga teng yoki undan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi obyektlarni kuzatish vaqtida;

  7. 0,1 m va undan ortiq o’lchami ustida ajratish obyektlarini doimiy qidirishda;

  8. xonalarda, qayerda, ishlovchilarning yarmidan ko’p qismining yoshi 40 dan katta bo’lganda...

...oshirish lozim.

Yoritilganlik me’yorlarining bir vaqtda bir nechta belgilari bo’lganda, ko’pi bilan bir pog’onaga oshirish lozim.

4.6. Xonalarda, qayerda IV-VI razryadli ishlar bajarilganda, odamlar qisqa vaqt bo’ladigan yoki doimiy xizmat ko’rsatish talab etilmaydigan jihozlar bo’lganda yoritilganlik meyorlarini bir pog’onaga pasaytirish lozim.

4.7. I-III, IVa, Ivb, Ivv, Va razryadli ishlar bajariladigan xonalarda aralash yoritish tizimlarini qo’llash lozim. Umumiy yoritish tizimini texnikaviy imkoniyat bo’lmaganda yoki mahalliy yoritishni o’rnatish maqsadga muvofiq bo’lmaganda, Davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishib, yoritishning soha me’yorlarida aniqlangan holda ko’zda tutishga ruxsat etiladi.

Bir xonada ishchi va yordamchi zonalar bo’lgan vaqtda, ishchi zonalarida mahalliy umumiy yoritishni va yordamchi zonalarda, kam intensivlikka ega yoritishni, ularni VIIIa razryadga kiritgan holda ko’zda tutish lozim.

4.8. Aralash yoritish tizimida umumiy yoritish yoritgichlari yaratadigan yoritilganlikning ishchi yuzasi, mahalliy yoritish uchun qo’llaniladigan yorug’lik manbalarida aralash yoritish uchun kamida 10 % me’yorlanadigan yoritishni tashkil etishi shart. Bunda yoritilganlik razryadli lampalarda kamida 200 lk, cho’g’lanish lampalarida esa - kamida 75 lk bo’lishi shart. Aralash yoritish tizimida umumiy yoritishdan yoritilganlikni razryadli lampalarda 500 lk dan ortiq va cho’g’lanish lampalarida 150 lk dan ortiq bo’lishini yaratishga faqat asoslangandagina ruxsat etiladi.

Tabiiy yorug’lik bo’lmagan xonalarda aralash yoritish tizimidagi umumiy yoritish yoritgichlari yaratadigan ishchi yuzaning yoritilganligini bir pog’onaga oshirish lozim.

4.9. Maksimal yoritilganlikning minimalga nisbati I-III razryadli ishlar uchun lyuminessentli lampalarda 1,3 dan, boshqa yorug’lik manbalarida IV-VII razryadli ishlar uchun – muvofiq ravishda 1,5 va 2,0 dan oshmasligi shart.



Yoritilganlikning notekisligini 3,0 gacha oshirishga, shunday hollarda qachonki, texnologiya shartlari bo’yicha umumiy yoritish yoritgichlari faqatgina maydonchalarda, kolonnalarda yoki xona devorlarida o’rnatilganda ruxsat etiladi.

4.10. Ishlab chiqarish xonalarida ish bajarilmaydigan uchastkalar va o’tish joylarida yoritilganlik umumiy yoritish yoritgichlari yaratadigan me’yorlangan yoritilganlikning kamida 25 %, bunda razryadli lampalarda kamida 75 lk va cho’g’lanish lamlalarida kamida 30 lk bo’lganda, tashkil etishi shart.

4.11. To’la avtomatlashtirilgan texnologik jarayonga ega bo’lgan sexlarda jihozlar ishini kuzatish uchun yoritishni, shuningdek, ta’mirlashsozlash ishlarida zarur bo’lgan (1-jadvalga muvofiq) yoritilganlikni ta’minlash uchun umumiy va mahalliy yoritish yoritgichlarini qo’shimcha kiritishni ko’zda tutish lozim.

4.12. Umumiy yoritish yoritgichlaridan ko’z qamashtirish ko’rsatgichi (yoritish tizimidan qat’iy nazar) 1-jadvalda ko’rsatilgan qiymatlardan oshmasligi shart.

Ko’z qamashtirish ko’rsatgichi, uzunligi pol ustida osilgan yoritgichlarning ikki barobar balandligidan oshmaydigan xonalar uchun, shuningdek, odamlar vaqtincha bo’ladigan va o’tish uchun yoki jihozlarga xizmat ko’rsatish uchuy mo’ljallangan maydonchalar uchun cheklanmaydi.

4.13. Ishchi o’rinlarini mahalliy yoritish uchun nur o’tkazmas qaytargichlarga ega yoritgichlardan foydalanish lozim. Yoritgichlarni shunday joylashtirish shartki bunda ularning yoritadigan elementlari yoritiladigan ish o’rinlarida va boshqa ish joylarida ishlovchilarning nazariga tushmasligi shart.

Ish joylarini mahalliy yoritilishi, odatda, yoritish sozlagichlari bilan jihozlangan bo’lishi shart.

Ko’rish ishlarini mahalliy yoritilishini farqlanishning uch o’lchovli obyektlari bilan quyidagicha bajarish lozim:

  • yoritgichdan - fonning diffuzli qaytishida shu’lalanuvchi yuzasining eng katta chiziqli o’lchamining ishchi yuzasi ustidan uning joylashish ba-landligiga nisbati optik o’qning ishchi yuzaning markaziga tomon vertikalga nisbatan kamida 30° burchak ostida yo’nalganda ko’pi bilan 0,4 ni tashkil etadi;

  • yoritgichdan - fonning yo’nalishli - sochilgan va aralash qaytishida shu’lalanuvchi yuzaning eng kichik chiziqli o’lchamining ishchi yuzasi ustidan uning joylashish balandliligiga nisbati kamida 0,5 uning ravshanligi esa - 2500 dan 4000 kd/m2 ni tashkil etadi.

Ishchi yuzaning ravshanligi 6-jadvalda ko’rsatilgan qiymatlardan oshmasligi shart.

6-jadval


Ishchi yuzasining maydoni, m2

Eng ko’p ruxsat etiladigan ravshanlik, kd/m2

Kamida 1·10-4

2000

1·10-4 dan 1·10-3 gacha

1500

1·10-3 dan ortiq 1·10-2 gacha

1000

1·10-2 dan ortiq 1·10-1 gacha

750

1·10-1 dan ortiq

500


4.14. Yorug’lik manbalarining 300 Gs dan kam chastotali tok bilan ta’minlanganda ishchi yuzalaridagi yoritilganlikning pulsasiya koeffi-siyenti 1-jadvalda ko’rsatilgan qiymatlardan oshmasligi shart. Pulsasiya koeffisiyenti:

- ta’minlash chastotasi 300 Gs va ortiq bo’lganda;

- stroboskopik effekt paydo bo’lishi uchun sharoit bo’lmaganda kishilar davriy ravishda turadigan xonalar uchun...

...chegaralanmaydi.

Xonalarda, qayerda stroboskopik effekt paydo bo’lish imkoniyati bo’lganda, qo’shni lampalarni ta’minlovchi kuchlanishning 3 fazasiga ulash yoki ularni elektronli ishga solish-sozlash apparatlari bilan tarmoqqa ulash zarur.

Download 5,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish