Eslatma. XI-XIVrazryadi ishlar uchun shikastlanish havfi bo’lganda, yoritilganlikni juda yuqori chegaradosh razryad bo’yicha qabul qilish lozim.
8-jadval
Yoritiladigan obyektlar
|
Ikki yo’nalishdagi harakatning eng katta intensivligi, birl/soat
|
Gorizontal tekislikdagi minimal yoritilganlik, lk
|
Qatnov yo’llari
|
50 dan ortiq 150 gacha
|
3
|
|
10 dan 50 gacha
|
2
|
|
10 dan kam
|
1
|
Yong’in qatnov yo’llari,
|
-
|
0,5
|
Xo’jalik ishlari uchun yo’llar
|
100 dan ortiq
|
3
|
Yo’lovchilar va velosipedlar uchun yo’lakchalar
|
10 dan 50 gacha
|
2
|
10 dan kam
|
2
|
Zinapoya va o’tish ko’prikchalarining maydoni va zinalari
|
-
|
3
|
Maydonlardagi va xiyobondagi o’tish yo’llari.
|
|
|
Shahar territoriyasiga kirmaydigan (binolar oldidagi maydonlar,
|
-
|
2
|
Podyezdlar va binoga o’tishlar, transport to’xtash joylari) zavod oldi uchastkalari
|
-
|
2
|
Temir yo’llar
|
-
|
|
- yo’nalishni o’zgartirish
|
-
|
2
|
- alohida yo’nalish o’zgartirishga o’tkazishlar
|
-
|
1
|
- temir yo’l polotnosi
|
-
|
0,5
|
Eslatma. Shahar ko’chalarining davomi bo’lgan va transport harakatining intensivligi va yo’lning qatnov qismini shunga o’xshash qoplashga ega avtomobil yo’llari uchun 11-jadvalda keltirilgan yo’lning qatnov qismi qoplamalarining o’rtacha ravshanligi me’yorlariga amal qilish zarur.
|
4.19. Sochilgan nur yoritgichlarini o’rnatish balandligi yorug’lik manbaining 6000 lm gacha bo’lgan yorug’lik oqimida kamida 3 m va 6000 lm dan ortiq bo’lgan yorug’lik oqimida kamida 4m bo’lishi shart.
9-jadval
Yoritgichlarning yorug’lik taqsimlashi
|
Bir tayanchda o’rnatilgan yoritgichlardagi lampalarning eng ko’p yorug’lik oqimi, lm
|
Yoritgichlarning eng kichik balandligi, m
|
Cho’g’lanish lampalarida
|
Razryadli lampalarda
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Yarim keng
|
5000 dan keng
|
6,5
|
7
|
|
5000 dan 10000 gacha
|
7
|
7,5
|
|
10000 dan 20000 gacha
|
7,5
|
8
|
|
20000 dan 30000 gacha
|
-
|
9
|
|
30000 dan 40000 gacha
|
-
|
10
|
|
40000 dan ortiq
|
-
|
11,5
|
Keng
|
5000 dan kam
|
7
|
7,5
|
|
5000 dan 10000 kam
|
8
|
8,5
|
|
10000 dan 20000 gacha
|
9
|
9,5
|
|
20000 dan 30000 gacha
|
-
|
10,5
|
|
30000 dan 40000 gacha
|
-
|
11,5
|
|
40000 dan ortiq
|
-
|
13
|
10-jadval
Me’yorlanadigan yoritilganlik I max/H*
|
0,5
|
1
|
2
|
3
|
5
|
10
|
20
|
30
|
50
|
100
|
150
|
250
|
300
|
400
|
700
|
1400
|
2100
|
3500
|
Eslatma. Bir nechta yorug’lik asboblarining yorug’likni o’q bo’yicha kuchi-yo’nalishi mos bo’lganda, har bir asbobning I max/H ruxsat etiladigan qiymatlari jadvaliy qiymatlarni ushbu yorug’lik asboblari soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
|
4.20. Bir asbobning (projektor yoki projektor turidagi qiya joylashgan yoritish asbobi) yorug’likni o’q bo’yicha kuchining I max, kd, me’yoriy yoritilganlikka bog’liq holda, ushbu asboblarni o’rnatish balandligi kvadratiga N, m, nisbati 10-jadvalda ko’rsatilgan qiymatlardan oshmasligi shart.
Jamoat, turar joy va yordamchi binolar xonalarini yoritish
4.21. Xonalarni yoritish uchun, odatda, razryadli lampalarni qo’llashni ko’zda tutish lozim. Razryadli lampalarni qo’llashning imkoni bo’lmaganda yoki, texnik-rejalash maqsadga muvofiq bo’lmagan holda, shuningdek, me’morchilik-badiiylik talablarini ta’minlash uchun cho’g’lanish lampalarini ko’zda tutishga ruxsat etiladi.
Rang tavsiflari bo’yicha yorug’lik manbalarini tanlashni 6-son Ilova asosida amalga oshirish lozim.
4.22. 2-jadvalda keltiriladigan yoritilganlik me’yorlarini yoritilganlik shkalasi bo’yicha quyidagi hollarda:
a) maxsus kuchaytirilgan sanitariya talablarida A-V razryadli ishlarda (masalan, umumiy ovqatlanish va savdoning ayrim xonalarida);
b) kishilar doimo bo’ladigan xonalarda tabiiy yorug’likning bo’lmasligi;
v) G-Ye razryadlarning ko’rish ishlari uchun (tomosha va konsert zallari, noyob binolarning foyelari va sh.k.) xonalarni yorug’lik bilan to’yintirishga kuchaytirilgan talablarida;
g) ma’muriy binolarni (kabinetlar, ish xonalari, kutubxonaning o’quv zallari) aralash yoritish tizimlari qo’llanganda;
d) xonalarda, qayerda ishlovchlarning yarmidan ko’pi 40 yoshdan katta bo’lgan holda...
...bir pog’onaga oshirish lozim.
4.23. 2-jadvalda keltirilgan yoritilganlik meyorlarini yoritilganlik shkalasi bo’yicha quyidagi hollarda:
a) G-Ye razryadlar uchun pulsasiya koeffisiyenti bo’yicha me’yorlar saqlanishi shartida yaxshi rang (LES, LTBSS, LTBST, KLTBI) berilishi uchun lyuminessent lampalardan foydalanilganda bir pog’onaga;
b) cho’g’lanish, shuningdek, galogen lampalardan foydalanilganda barcha razryadlar uchun ikki pog’onaga...
...tushirish lozim.
4.24. G-Ye razryadlarga ega bo’lgan ko’rish ishlari bajariladigan jamoat binolari xonalaridagi manazarali-badiiy yoritish qurilmalarida yoritilganlik darajasini arxitektura talablariga muvofiq holda tanlashga ruxsat etiladi, bunda xonada erkin yo’nalish imkoniyatini ta’minlash uchun shartli gorizontal sirtni eng kichik yoritilganligi razryadli lampalarda kamida 75 lk va cho’g’lanish lapmalarida 30 lk dan kam bo’lmasligi shart.
Xonalarda, qayerda silindrik yoritilganlikni ta’minlash zarur bo’lganda, devorlar yuzasi bo’ylab o’rtacha o’lchangan qaytish koeffisiyenti kamida 40 %, shift uchun - kamida 50 % bo’lishi shart.
4.25. Jamoat binolari xonalarida, odatda, umumiy yoritish tizimini qo’llash lozim. Ma’muriy binolar xonalarida, qayerda A-V razryadlarning ko’rish ishlari bajarilsa, (masalan, kabinetlar, ish xonalari, kutubxonalarining o’quv zallari va arxivlar va sh.k.) aralash yoritish tizimini qo’llashga ruxsat etiladi. Bunda ishchi yuzadagi me’yorlanadigan yoritilganlik 4.22.b.ga muvofiq oshiriladi, umumiy yoritishdan yoritilganlik esa 2-jadval bo’yicha qiymatlarning kamida 70% ni tashkil qilishi shart.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalaridagi ishlab chiqarishga oid xonalarda, qayerda I-IV razryadli ko’rish ishlari bajarilganda (masalan, zargarlik va o’ymakorlik ishlari, soatlar, tele- va radioapparaturalar, kalkulyatorlar va hokazolarga mo’ljallangan xonalar), aralash yoritish tizimini qo’llash lozim. Me’yorlanadigan yoritilganlik va sifat ko’rsatgichlari 1-jadval bo’yicha qabul qilinadi.
4.26. 2-jadval bo’yicha yoritish qurilmalaridan ko’zni qamashtirish ta’sirini cheklash uchun o’rnatiladigan shinamsizlik ko’rsatgichi poldan 1,5m balandlikda xonaning markaziy o’qida yon tomondagi devor oldida ta’minlanishi shart, shinamsizlik ko’rsatgichi yoritgichlarni pol ustida o’rnatishning ikki barobar balandligidan oshmaydigan uzunlikka ega bo’lgan xonalar uchun chegaralanmaydi.
Yoritilganlikning pulsasiya koeffisiyentini 2-jadval bo’yicha qabul qilish lozim.
4.27. Balandligi 3 qavatdan ortiq bo’lgan turar joy binolarining zinapoya kataklarini yoritish yoritgichlar yoki lapmalar qismlarining tunda o’chirilishi shunday hisobga olingan bo’lishi lozimki, 4.63 b.da keltirilgan, evakuasiya yoritishi me’yorlaridan zinapoyalar yoritilganligi past bo’lmasligini ta’minlaydigan avtomatik yoki masofadan boshqarishga ega bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |