Қурилиш меъёрлари ва қоидалари



Download 5,89 Mb.
bet7/43
Sana13.01.2022
Hajmi5,89 Mb.
#356449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
3. ARALASh YoRITISh
3.1. Ishlab chiqarish binolarida aralash yoritishni quyidagi hollarda:

  1. I-III razryadli ishlar bajariladigan ishlab chiqarish xonalari uchun;

  2. ishlab chiqarish va boshqa xonalar uchun, qachonki; texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki iqlim shartlari bo’yicha qurilish joyida hajmiy-rejalashga oid yechimlar talab etilganda, TYoKning me’yorlangan qiymatlarini ta’minlashga imkoniyat bermaydigan hollarda (katta kenglikka ega bir qavatli binolar, katta kenglikka ega bo’shliqlari (oraliqlari), bo’lgan bir qavatli ko’p oraliqli binolar va sh.k.), shuningdek, tabiiy yoritish bilan taqqoslanganda, aralash yoritishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi tegishli hisoblar bilan tasdiqlangan hollarda;

  3. ayrim sanoat tarmoqlarining bino va inshootlarini qurilish bo’yicha loyihalashtirishning o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan, me’yoriy hujjatlari bilan muvofiqlashtirilganda...

...ko’zda tutish lozim.

Turar joy, jamoat va yordamchi binolar xonalarini aralash yoritish, turar-joy uylari xonalari va turar-joy uylari oshxonalari, maktablar va o’quv muassasalarining o’quv va o’quv-ishlab chiqarish hamda bolalar istiqomat qilishi uchun xonalar, sanatoriyalar va dam olish uylari, sanatoriyalar va dam olish uylari yotoqxonalaridan tashqari, rasional hajmiy-rejalash yechimlarni tanlash shartlari bo’yicha talab etiladigan hollarda ko’zda tutishga ruxsat etiladi.

3.2. Kishilar doimo istiqomat qilishi uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish xonalarini umumiy (qabul qilingan yoritish tizimlariga bog’liq bo’lmagan holda) sun’iy yoritish yorug’likning razryadli manbalari bilan ta’minlanishi shart.



Yorug’lik manbalarini tanlash mazkur me’yorning 4-bo’limining talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

Cho’g’lanish lampalarini qo’llash, ayrim hollarda, qachonki, texnologiya, sharoit talablari bo’yicha yoki uyning ichki ko’rinishini bezatish talablarida razryadli yorug’lik manbalaridan foydalanish imkoniyati bo’lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda ruxsat etiladi.

3.3. Ishlab chiqarish xonalari uchun TYoKning me’yorlangan qiymatlarini 1-jadval bo’yicha aralash yoritish kabi qabul qilish shart.

Ishlab chiqarish xonalari uchun TYoKning me’yorlangan qiymatlarini 5-jadvalga muvofiq:

a) chuqurligi texnologik talablar bo’yicha yon tomondan yoritiladigan yoki rasional hajmiy-rejalash yechimlarni tanlash, aralash yoritish uchun 1-jadvalda ko’rsatilgan TYoKning me’yorlangan qiymatlarini ta’minlash imkon bermaydigan xonalarda;

b) I-III razryadli ishlar bajariladigan xonalarda...

....qabul qilishga ruxsat etiladi.

3.4. TYoKning me’yorlangan qiymatlarini mazkur me’yorlarning 3.3b.ga muvofiq o’rnatishda ishlab chiqarish xonalari uchun:



  1. sun’iy yoritishning umumiy tizimidan yoritilganlikning darajalangan ko’rsatkichi (shkala) bo’yicha yoritilganlikni (Ib, Iv, IIb razryadlardan tashqari), agar yoritilganlikni oshirish mazkur me’yorlarning 4.5 b.ga muvofiq ko’zda tutilmagan bo’lsa, bir pog’onaga oshirish lozim. Yoritish umumiy tizimidan yoritilganlik razryadli lampalarda 200 lk va cho’g’lanish lampalarida 100 lk dan kam bo’lmagan holda tashkil qilishi shart. Yoritilganlik razryadli lampalarda 750 lk dan va cho’g’lanish lampalarida 300 lk dan ortiq bo’lishini tashkil qilish faqat asoslangan holdagina ruxsat etiladi;

5-jadval

Ko’rish ishlari razryadi

Aralash yoritishda TYoKning yen, % eng kichik me’yorlangan qiymati

Yuqoridan yoki aralash yoritishdagi

Yondan yoritishdagi

I

3

1,2

II

2,5

1

III

2

0,7

IV

1,5

0,5

V va VII

1

0,3

VI

0,7

0,2




  1. aralash tizimlardagi umumiy yoritishning yoritgichlaridan yoritilganligi, Ia, Iv, IIa razryadlardan tashqari, yoritilganlikning shkalasi bo’yicha bir pog’onaga oshirish lozim;

v) I-III razryadi uchun pulsasiya koeffisiyenti Kn 10% dan oshmasligi shart.

Xonalarni aralash yoritishda suniy yoritishni mazkur me’yorlarining 4-bo’limiga muvofiq holda loyihalash lozim.

3.5. Jamoat binolarini aralash yoritishda TYoKning hisobiy qiymatlari 2-jadvalda ko’rsatilgan qiymatlarining 60% tashkil etishi shart.

Umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlari, ovqat tarqatish xonalari, zallari va do’konlarning savdo zallari uchun 2-jadvalda ko’rsatilgan qiymatlarning 60% dan 30% gacha chegarasida TYoKning hisobiy qiymatlarini qabul qilishga ruxsat etiladi.

Download 5,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish