Қурилиш меъёрлари ва қоидалари


Arxitekturali, vitrinali va reklamali yoritish



Download 5,89 Mb.
bet15/43
Sana13.01.2022
Hajmi5,89 Mb.
#356449
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Arxitekturali, vitrinali va reklamali yoritish
4.51. Binolar va inshootlar fasadlarini arxitekturali yoritishda o’rtacha ravshanlik 18-jadval bo’yicha qabul qilinishi lozim.

Ravshanlik me’yorlari yorug’likning istalgan manbalarida bir xil qabul qilinadi.

4.52. Tekis yuzaga ega fasadlarni bir tekis yoritishda, maksimal ravshanlikning minimalga nisbati 3:1 dan; bo’rtma naqshda esa - 5:1 dan oshmasligi shart.

Fasadning ayrim elementlarini yorug’lik bilan alohida ko’rsatilganda yoki ularni notekis yoritish tizimida raashanlikning notekislik kattaligi chegaralanmaydi.

4.53. Yoritish qurilmasini loyihalashda qurilish va oblisovka materiallarining nur qaytarish koeffisiyentini o’lchash yoki 19-jadval bo’yicha qabul qilish lozim.

4.54. Asosiy vertikal sirtdagi yodgorliklarning o’rtacha ravshanligini 18-jadval bo’yicha qabul qilish lozim. Boshqa sirtlardagi ravshanlik badiiy ta’sirga bog’liq holda o’rnatiladi.

19-jadval



Material

Qaytishning shartli koeffisiyenti

Oq rang fasad bo’yog’i, oq marmar

0,7

Och-kulrang beton, oq silikat g’isht, juda och rangdagi fasad bo’yog’i

0,6

Kulrang beton, ohaktosh, sariq qumtosh, och-yashil, to’qsariq, och-kulrang fasad bo’yog’i, marmarning och rangdagi tog’ jinsi

0,5

Kulrang sirtlangan beton, kulrang fasad bo’yog’i, och rangdagi daraxt

0,4

Pushti rang silikat g’isht, to’q-havo rang o’ta to’qsariq, och-jigarrang fasad bo’yog’i, qoraygan daraxt

0,3

To’q-kulrang marmar, granit, to’q-yashil, qizil rang fasad bo’yog’i

0,2

Qora granit, marmar

0,1

20-jadval



Ko’chalar, yo’llar va maydonlar kategoriyasi

O’rtacha vertikal yoritilganlik, lk

A

300

B

200

V

100


4.55. Tashqi vitrinalarni (peshtaxta) yoritishda yo’lka sathidan 1,5 m balandlikda o’rtacha vertikal yoritilganlikni 20-jadv. bo’yicha qabul qilish lozim.

Och rangdagi tovarlarga ega (chinni, ich kiyim va h.k.) vitrinalar uchun 20-jadvalda ko’rsatilgan vertikal yoritilganlik bir pog’onaga pasayishib to’q rangdagi tovarlarga ega (matolar, mo’ynalar, asbob-uskunalar va h.k.) vitrinalar uchun esa - bir pog’onaga oshirish shart.

Alohida eksponatlarni yorug’lik yordamida ajratish uchun yorug’likning konsentrasiyalangan egri kuchi asboblari bilan qo’shimcha yoritilishini ko’zda tutish lozim.

4.56. Ichidan yoritiladigan, yorug’lik tarqatuvchi materialdan iborat reklama panelining o’rtacha ravshanlik kattaligini kamida 300 kd/m2 qabul qilish lozim, bunda maksimal ravshanlikni minimalga nisbati ko’pida 3:1 bo’lishi shart.

4.57. Yoritiladigan afisha plakat yoki stend yuzasining o’rtacha yoritilganligining kattaligini polotnoning qaytarish koeffisiyenti 0,4-0,2 bo’lganda 200 lk va 0,8-0,5 koeffisiyentda 100 lk qabul qilish lozim. Maksimal yoritilganlikning minimalga nisbati ko’pida 5:1 bo’lishi shart.

4.58. Juda yorug’ yerda joylashgan reklama obyektining maksimal yoritilganligi 21-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi shart.

4.59. Vitrinadan tashqarida joylashgan gaz-yorug’lik qurilmalarining barcha qismlari yo’lka sathidan kamida 3 m balandlikda joylashishi shart.
21-jadval

Reklama obyektining maydoni,m

Quyidagi kategoriyadagi ko’chalar va maydonlar obyektining maksimal ravshanligi, kd/m2




A va B

V

1 dan kam

2600

1000

1 dan 5 gacha

1800

600

5 dan ortiq

1200

400

Eslatma: 0,2x0,2 m o’lchamga ega uchastka uchun maksimal ravshanlik o’rtacha gabarit kabi aniqlanadi.



Download 5,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish