1-son Ilova
(Majburiy)
ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Yondan tabiiy yoritish - xonalarni tashqi devorlaridagi yorug’lik o’ymalari orqali tabiiy yoritish.
Yuqoridan tabiiy yoritish-xonalarni fonarlar, binoni balandliklarining tushish joylaridagi devorlarning yorug’lik o’ymalari orqali tabiiy yoritish.
Tabiiy yoritishning geometrik koeffisenti - xonaning ichida berilgan tekislikning ko’riliyotgan nuqtasida, to’ldirilmagan yorug’lik o’ymalari orqali o’tgan va bevosita bir tekis yorug’ osmondan tarqaladigan nur bilan hosil bo’ladigan tabiiy yoritishning bir vaqtda to’liq ochiq osmon gumbazi ostidagi tashqi gorizontal yoritishga nisbati, bunda to’g’ri quyosh nurini u yoki bu yoritishning hosil qilishdagi ishtiroki istisno qilinadi; foizlarda ifodalanadi.
Navbatchi yoritish - ishdan tashqari vaqtda yoritish.
Tabiiy yoritish - xonalarni (to’g’ri yoki qaytgan), tashqi to’siq konstruksiyalaridagi yorug’lik darchalari orqali o’tuvchi osmon yorug’ligi bilan yoritish.
Rang berish indeksi - aniq kuzatish sharoitlarida tekshirilayotgan va standart yorug’lik manbalari bilan yoritilgan rangli obyektni ko’rishni qabul qilish mosligini o’lchovi.
Aralash yoritish - bu kabi yoritishda umumiy yoritishga mahalliy yoritish qo’shiladi.
Aralash tabiiy yoritish yuqoridan va yondan tabiiy yoritishni birgalikda bo’lishidir.
K fonga ega farklanish obyekti (kontrasti) rangini keskin o’zgarishi - obyekt ravshanligi va fonning orasidagi absolyut kattalik farqining fonga nisbatidir.
Farqlanish obyektining fon bilan kontrasti quyidagicha - hisoblanadi:
katta - K 0,5 dan ortiq bo’lganda (obyekt va fon ravshanlik bo’yicha keskin farqlanadi);
o’rtacha - K 0,2 dan 0,5 gacha bo’lganda (obyekt va fon ravshanlik bo’yicha sezilarli darajada farqlanadi);
kichik - K 0,2 dan kam bo’lganda (obyekt va fon ravshanlik bo’yicha juda kam farqlanadi).
Tabiiy yoritilganlik koeffisiyenti (TYoK) - tabiiy yoritilganlikning, xona ichidagi berilgan tekislikning qandaydir nuqtasida osmon yorug’ligi yaratiladigan tabiiy yoritilganlikning (bevosita yoki qaytishdan so’ng), osmonning to’liq ochiq yorug’ligi - yaratadigan tashqi gorizontal yoritilganlikning bir vaqtdagi qiymatiga nisbati; foizlarda belgilanadi.
K3 - zahira koeffisiyenti - foydalanish davomida yorug’lik darchalaridagi shaffof yorug’liklar o’rinlarining, yorug’lik manbalarining (lampalarining) va yoritgichlarning ifloslanishi va eskirishi natijasida TYoKning va yoritilganlikning pasayishi, shuningdek, xonalar sirtlarining qaytarish xususiyatlarining pasayishini hisobga oluvchi hisobiy koeffisiyentdir.
Kp,% - yoritilganlikning pulsasiya koeffisiyenti - gazrazryadli lamlalarni o’zgaruvchan tok bilan ta’minlanganda, yorug’lik oqimining vaqt bo’yicha o’zgarishi natijasida yoritilganlik tebranishlarining nisbiy chuqurligini baholash mezoni, u quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, (1)
bu yerda Yemax va Yemin - mos ravishda yoritilganlikning tebranish davridagi maksimal va minimal qiymatlari, lk;
Yesr - shu davr ichida yoritilgalikning o’rtacha qiymati, lk.
Yorug’lik iqlimi koeffisiyenti, m - yorug’lik iqlimi xususiyatlarini hisobga oluvchi koeffisiyent.
Qizil munosabat - qizil yorug’lik oqimining yorug’lik manbasining umumiy yorug’lik oqimiga nisbatidir, u foizlarda belgilanadi:
, (2)
bu yerda φ(λ) - oqimning spektral zichligi;
V(λ) - inson ko’zining nisbiy spektral sezgirligi.
Mahalliy yoritish - ishchi joylarida bevosita yorug’lik oqimini to’playdigan, yoritgichlar tashkil qiladigan, umumiyga qo’shimcha yoritishdir.
Tabiiy yoritishning notekisligi - xonaning xususiyatli qirqimi chegarasida TYoKning o’rtacha qiymatini eng kichik qiymatiga nisbatidir.
Bulutli osmon YoXK - (yoritish bo’yicha Xalqaro Komissiyasining ta’rifi - YoXK) - osmon, bulutlar bilan to’la qoplangan va quyidagi shartni qondiradi, bunda gorizont ustidan 0 balandlikda uning ravshanligini zenitdagi ravshanligiga nisbati (1+2 sin 0)/3...ga teng.
Ajratish obyekti - ish davomida ko’rilayotgan predmet, uning alohida qismi yoki defektni ajratish talab etiladi.
Derazalar maydonlari S0 - yoritiladigan xonalarning tashqi devorlarida joylashgan yorug’lik darchalarining (yorug’da) yig’indi maydoni, m2.
Fonarlar maydonlari Sf - yoritiladigan xona yoki eshik (deraza) o’rni qoplamasida joylashgan barcha fonarlar yorug’lik darchalarining (yorug’da) yig’indi maydoni, m2.
Umumiy yoritish - yoritish, bunda yoritgichlar xonaning yuqori zonasida bir tekis joylashgandir (umumiy bir tekis).
Havfsizlik yoritishi - ishchi yoritish avariyali o’chirilganda ishning davom etishi uchun yoritish.
Yorug’lik darchalarining Sf/Sp; S0/Sp nisbiy maydoni - fonarlar yoki derazalar maydonining yoritiladigan xona polining maydoniga nisbati; foizlarda ifodalanadi.
Qaytgan yaltiroqlik - ishchi sirtining ravshanligini o’ta ko’payib ketishi natijasida ko’rishning pasayishini va obyekt va fon orasidagi kontrastlikni- kamaytiruvchi chalkashtirish ta’sirini aniqlovchi, yorug’lik oqimini ishchi sirtidan ishlayotganning ko’z yo’nalishidagi qaytishining tavsifi.
Shinamsizlik ko’rsatgichi M - ko’rish chog’ida ravshanlikning notekis taqsimlanishidan yoqimsiz hissiyotlarni keltiradigan shinamsiz yaltiroqlikni baholash mezoni, quyidagicha formula bilan ifodalanadi:
, (3)
bu yerda Ls - yaltiroq manbaniig ravshanligi, kd/m2;
ω - yaltiroq manbaning burchakli o’lchovi, ster;
φ - ko’rish chizig’iga nisbatan yaltiroq manba pozisiyasining indeksi;
Lad - adaptasiya ravshanligi, kd/m2. Loyihalashda shinamsizlik ko’rsatgichi muhandislik usuli bilan hisoblanadi.
Ko’z qamashtirish ko’rsatgichi R – yoritish qurilmasining ko’zni qamashtirish ta’sirini baholash mezoni, u quyidagicha ifodalanadi:
R = (S-1) 1000, (4)
bu yerda S - ko’rish chog’ida ko’z qamashtirish manbalarining borligi va yo’qligida ravshanlikning chegaraviy farqlarining nisbatiga teng ko’z qamashtirish koeffisiyenti.
Yarim silindrik yoritilganlik - ko’cha bo’ylab uning o’qiga parallel harakatlanuvchi kuzatuvchi uchun yoritishni yorug’lik fazosi va soya hosil qilishi effektining to’yinish tavsifi. Yarim silindrning, radiusi va balandligi nolga intilganda, 1,5 m balandligidagi ko’chaning bo’ylama chizig’idagi vertikal joylashgan yuzadagi yorug’lik oqimining o’rtacha zichligi kabi aniqlanadi. Yarim silindrik yoritilganlikning hisobi muhandislik usuli bilan amalga oshiriladi.
Ishchi yuza - bunday yuzada ish olib boriladi va yoritilganlik me’yorlanadi yoki o’lchanadi.
Ishchi yoritish - binodan tashqarida olib boriladigan ish joylarida va xonalarda myo’yorlanadigan yoritish shartlarini ta’minlaydigan (yoritilganlik, yoritish sifati) yoritishdir.
TYoKning hisobiy qiymati yer - xonalarni tabiiy yoki aralash yoritishni loyihalashda hisobiy yo’l bilan olingan qiymat; u foizlarda ifodalanadi va quyidagicha aniqlanadi:
a) yondan yoritishda quyidagi formula bo’yicha:
, (5)
b) yuqoridagi yoritishda quyidagi formula bo’yicha:
, (6)
v) aralash yoritishda (yuqoridan va yondan) quyidagi formula bo’yicha:
, (7)
bu yerda - yorug’lik darchalari orqali ko’rinadigan (bulutli osmon YoHK bo’yicha ravshanlik taqsimlanishi hisobga olib) osmon uchastkalarini to’g’ri yorug’lik bilan hosil qilinadigan yondan yoritishdagi hisobiy nuqtalardagi TYoKning qiymati;
βα - gorizontning aylanasi bo’yicha tabiiy yorug’lik resurslarini hisobga oluvchi yorug’lik darchalari oriyentasiyasi koeffisiyenti;
Yezd - yorug’lik darchasi orqali hisobiy nuqtadan ko’rinadigan qarama-qarshida turgan bino fasadi uchastkasining geometrik TYoKi;
bf - qarshi tomonda turadigan binolar fasadlarining o’rtacha nisbiy ravshanligi;
γα - gorizont tomonlari bo’yicha binosining ravshanlik oriyentasiyasiga bog’liqlikni hisobga oluvchi, bino fasadi oriyentasiyasi koeffisiyenti;
Kzd - qarshi tomonda turadigan binolar bo’lganda, xonada TYoKning ichki qaytgan tashkil etuvchisining o’zgarishini hisobga oluvchi koeffisiyent:
r0 - xona yuzalaridan va ochiq gorizontdagi (qarshi tomonda binolar bo’lmaganda) to’shaluvchi qatlamdan qaytgan yorug’likka binoan, yon tomondan yoritishda TYoKning oshishini hisobga oluvchi koeffisiyent;
- osmonning to’g’ridan-to’g’ri yorug’ligini hosil qiladigan (bulutli osmon bo’yicha ravshanlik taqsimlanishini hisobga olganda) yuqoridan yoritilishidagi hisobiy nuqtalardagi TYoKning qiymati;
- xonaning ichki yuzalaridan qaytgan yorug’lik hosil qilinadigan, yuqoridan yoritishda, hisobiy nuqtalardagi TYoKning qiymati;
τ0, Kz - yorug’lik o’tkazishning umumiy koeffisiyenti va yorug’lik o’y-masi zaxirasini to’ldirish koeffisiyenti;
- yondan va yuqoridan yoritishdagi hisobiy nuqtalarda TYoKning yig’indi qiymati.
Yorug’lik iqlimi - o’n yildan ortiq davrdagi u yoki bu yerdagi tabiiy yoritishdagi shartlarining yig’indisi (yoritilganlik va osmonning tarqoq yorug’ligi va quyoshning to’g’ri tushgan yorug’ligi hosil qiladigan gorizontal va gorizont tomonlari bo’yicha vertikal sirtlarda turlicha yo’naltirilgan yorug’lik miqdori, quyosh nur sochishining davomiyligi va yotqizilgan sirtning albedosi.
Selitebli zona - turar joy fondi jamoat binolari va iishootlari, shu bilan birga, ilmiy-tekshirish institutlari va ularning komplekslari, shuningdek, alohida kommunal va sanoat obyektlarini joylashtirish uchun, sanitariya-himoya zonalarini qurish talab etilmaydigan: щahar ichi aloqa yo’llarini o’rnatish uchun, ko’chalar, maydonlar, istiroxat bog’lari, bog’lar, xiyobonlar va boshqa umumiy foydalanish joylari uchun mo’ljallangan territoriyadir.
Aralash yoritish - bunday yoritishda, me’yorlar bo’yicha tabiiy yoritish yetarli bo’lmaganda, sun’iy bilan to’ldiriladi.
Ko’chalar, yo’llar va maydonlarning o’rtacha yoritilganligi - maydon bo’yicha o’rtacha muallaq yoritilganlikdir.
Yo’l qoplamasining o’rtacha ravshanligi - transport harakati o’qida turgan, kuzatuvchining ko’zi yo’nalishidagi quruq yo’l qoplamalarining maydon bo’yicha o’rtacha muallaq ravshanligi.
Stroboskopik effekt-o’zgaruvchan tok bilan ta’minlanadigan, yorug’likning gaz-razryadli manbalari bilan bajarilgan, yoritgich qurilmalarida vaqt bo’yicha yorug’lik oqimini o’zgarishi va obyektlar harakati chastotaviy xarakteristikasining takroriy mos tushishidan hosil bo’ladigan, aylanuvchan, harakatlanuvchan yoki pirpiragan yorug’likda almashinuvchan obyektlarni qurishni qabul qilinishini noto’g’ri ko’rinishidir.
Shartli ishchi yuza – noldan 0,8 m balandlikda joylashgan shartli qabul qilingan gorizontal yuzadir.
Fon - ajratish obyektiga, qayerda u quriladigan bo’lsa, bevosita yondoshgan sirt.
Fon hisoblanadi:
yorug’ - sirtdan qaytish koeffisiyenti 0,4 dan ortiq bo’lganda;
o’rtacha - shu kabi 0,2 dan 0,4 gacha bo’lganda;
qora - shu kabi 0,2 dan kam bo’lganda.
Xonaning xususiyatli qirqimi - xonaning o’rtasidagi, sirti yorug’lik o’ymasining (yondan yoritishda) shishalangan yuzasiga yoki xona oralig’ining bo’ylama o’qiga perpendikulyar bo’lgan ko’ndalang qirqimdir. Xonaning xususiyatli qirqimiga eng ko’p ishchi o’rniga ega bo’lgan uchastkalar, shuningdek, ishchi zonasi nuqtalari yorug’lik o’ymalari ancha uzoqda bo’lgan uchastkalar joylashishi shart.
Rang harorati Ts - Plank (qora jism) nurlangichning harorati, bunda uning nurlanishi ko’rilayotgan K-obyektning nurlanishi rangiga o’xshash ranglikka egadir.
Rang uzatish - standart yorug’lik manbaasi bilan yoritilgan obyektlarni ongli yoki ongsiz taqqoslanadigan qabul qilish bilan, rangli obyektlarni ko’rib qabul qilishga yorug’lik manbaasining spektral tarkibiga ta’sirini izohlovchi umumiy tushunchadir.
Silindrik yoritilganlik Yes-xonani yorug’lik bilan to’yinishi xususiyati. Xonada vertikal joylashgan, radiusi va balandligi nolga intiluvchi silindr sirtidagi yorug’lik oqimining o’rtacha zichligi kabi aniqlanadi. Silindrik yoritilganlikning hisobi muhandislik usuli bilan amalga oshiriladi.
Evakuasiya yoritishi - normal yoritish avariya holatida o’chirilganda, xonadan odamlarni evakuasiya qilish uchun zarur bo’lgan yoritishdir.
Ajratish obyektining ekvivalent o’lchami - fonning berilgan ravshanligida farqlanish obyektining chegaraviy kontrastiga ega tekis ravshan fondagi tekis ravshan aylana o’lchamidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |