Urganch davlat unversiteti



Download 0,54 Mb.
bet1/12
Sana25.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#409937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
RAVSHAN KURS ISHI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNVERSITETI

Fizika- matematika fakulteti
Fizika” ta’lim yo’nalishi 161-guruh talabasi

Xaliqberdiyev Bunyodning

Fizika o’qitish metodikasi fanidan yozgan

/
KURS ISHI



Mavzu: Gumanitar akademik litseylarda fizika fanini o’qitishning xususiyatlari
Topshirdi: Xaliqberdiyev B.

Qabul qildi: Rahmonov A.

Urganch-2019


Reja :

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Fizika kursinig jamiyatshunoslik bilan bog’liqligi

  2. Gumanitar akademik litseylarda mexanika bo’limini o’qitishning xususiyatlari.



Xulosa.

  1. Foydalanilgan adabiyotlar.




  1. Kirish

Fizika o’qitish jarayonida, integrativ bilimlarni tanlash tamoyillari: o’qitishning maqsadga mos bo’lishi; o’quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olish; o’quvchi uchun yangilik bo’lgan materiallarni qamrab olish va ularni izlanuvchanlikka bo’lgan qiziqishini orttirish; o’quvchi tushunadigan oddiy, sodda tilda bayon etilishi; faqat o’quv predmetlari yuzasidan bilim berish bilan cheklanmay, XXI asrda insoniyat oldida turgan muhim kompleks ekologik, axloqiy- estetik muammolarni anglatadigan, ularning yechimini izlashga undaydigan dunyoqarash va metodologik g’oyalar mazmuniga ham ega bo’lishi zarur. 1. O’quv jarayoniga olib kirilishi lozim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar. Prezidentimiz I. A. Karimov “Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi, fan va texnika o’suvining jadallashuvi, axborotlar texnologiyasining kun sayin keng quloch yoyishi, XXI asrni tinchlik asriga aylantirish uchun insoniyatni yangi jamiyatga, chuqur integrasiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikasiya va axborotlar tizimiga yetaklamoqda. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlik va katta bilimni talab qiladi degan fikrlarida integrallashgan bilimlarning o’quv jarayoniga olib kirishda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o’z aksini topishini ko’rsatadi. Ma’lumki, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga binoan umumiy o’rta (tayanch) ta’lim to’qkiz yil kilib belgilandi. Umumiy o’rta ta’lim maqsadidan kelib chiqib, to’qqiz yillik maktabning bitiruvchilari barcha fanlardan ma’lum darajada tugallangan bilimga ega bo’lishlari kerak. Buni maktabning uchinchi bosqichi (10- 12 sinflar) da o’qitiladigan, jumladan: fizika o’quv fanining tuzilishi va mazmunini to’g’ridan-to’g’ri to’qkiz yillik maktabga ko’chirish, deya tushunilmaslik lozim. Aksincha, to’qqiz yillik maktabda beriladigan ta’lim mazmunining murakkab kismlari u yoki bu yo’nalishdagi kollej yoki akademik liseylarda o’rganilib, to’qkiz yillik umumiy o’rta ta’limda esa o’quvchilarning kundalik hayotiy faoliyatida zarur bo’ladigan ko’nikma va malakalarni egallash, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, xususan, akademik lisey va kollejlarda o’qishni davom ettirishlari uchun zamin bo’ladigan bilimlar beriladi. Bu esa Davlat ta’lim standarti (DTS) da o’z aksini topgan. Ayni vaqtda ta’limni demokratlashtirish tamoyiliga DTS ning joriy etilishi o’quv jarayonining qat’iy belgilangan andozaga solinishini anglatmaydi. Aksincha, ta’limning zaruriy talablari negizida ta’limning har bir sohasi bo’yicha muqobil dasturlar, texnologiyalar, darslik va o’quv qo’llanmalar yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Bundan tashqari, DTS mazmunida aks etuvchi demokratik tamoyil ta’lim tizimini boshqarishga ham imkon beradi [8]. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni tayyorlash jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mutaxassislar bilan uchrashgan paytda Yaponiya va AQSh ta’lim tizimining bugungi ravnaqi, Yaponiyaning so’nggi 50 yil davomida eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishining asosiy omili yoshlarda ilm olishga bo’lgan hayotiy ehtiyojlarni qaror toptira olgan bo’lsa, AQShda ishlab chiqarish jarayoniga xorijiy davlatlardan malakali kadrlarni jalb etilganligi, deya ta’kidlangan edi. O’zbekistonning ta’lim sohasida tanlagan yo’li xorijda ham katta qiziqish bilan o’rganilmoqda. Jumladan, shu yil 16-17-fevralda toshkentda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizasiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi xalqaro simpoziumda dunyoning 48 davlatidan ishtirok etgan ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar hamda mutaxassislarning bizning ta’lim tizimidagi muvaffaqiyatlarimizni tan olishi va o’zlarining yurtlarida amalga oshirish istaklari, O’zbekistonning ta’lim sohasida tanlagan yo’li buning yaqqol ifodasidir. Xorijiy mamlakatlarda tabiiy-ilmiy bilimlar integrasiyalashgan, ya’ni birikma kurs tarzida o’qitiladi. Masalan, AQShda 16-17 yoshgacha, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyada 14-16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar tabiiy-ilmiy bilimlarni yaxlit birikma o’quv fani orqali o’rganadilar. Fizika fani yuqori sinflardagina alohida o’quv fani sifatida tanlab o’qiydilar. 2. Ilmiy bilimlarni bir necha mustaqil fanlar doirasida differensiasiyalashga yo’naltirish. Masalan, tabiiy-ilmiy bilimlar asosi umumta’lim maktablarida o’qitiladigan fizika, kimyo, biologiya, tabiiy geografiya, astronomiya, iqtisod kabi alohida o’quv fanlarini birikma holiga keltirish va uni tatbiq qilish tushuniladi [14]. 3. Ilmiy bilimlarni turdoshlik xususiyatlari va moxiyatlari bo’yicha bitta fanga omuxtalashtirish. Masalan: pedagogika fanlari nomzodi, dosent P. Musayevning ta’kidlashicha “Geografiya o’zaro chambarchas bog’langan fanlar kompleksidir. Bu kompleks ikki katta bo’limga — tabiiy geografiya va iqgisodiy geografiyaga bo’linadi. Bu o’rganish obyekti asosida bo’linishdir: birinchisi (tabiiy geografiya) tabiatni o’rganadi va tabiiy fanlar qonuniyatlariga tayanib ish ko’radi; ikkinchisi (iktisodiy geografiya)ning predmeti jamiyat - aholi, ijtimoiy ishlab chiqarish va ularning joylashishidir; u ijtimoiy hodisalarga xos bo’lgan va ijtimoiyiktisodiy fanlar tekshiradigan qonuniyatlarga asoslanadi”. Ushbu xususiyatlardan har bir fanni alohida o’zaro omuxtalashtirib o’tish orqali amalga oshiriladi [17]. 4. Moddiy olam, tabiat dialektikasi asosida fizikadan o’quvchilarning ilmiy 11 dunyoqarashini shakllantirish. Tabiiy-ilmiy bilimlar asosini yuqoridagidek bir necha fanlarga taqsimlab o’kitish o’quvchilarning alohida o’quv fanlarini chuqur o’rganishiga, oliy o’quv yurtlariga kirib olishiga, bitirishiga va turli sohalarda mutaxassislar yetishib chiqishiga xizmat kildi. Lekin tabiiy-ilmiy bilimlarni differensiyalashgan holda o’rganish hayot mohiyatini anglashga, mikro va makro olamni idrok etishga, tabiatning yaxlitligi va unda insonning o’rni, insoniyat oldida turgan ulkan muammolarni tasavvur kilish hamda uning yechimiga kompleks yondashishda qiyinchilik tug’dirdi, ilmiy dunyoqarash tarkib topishini murakkablashtiradi.


  1. Download 0,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish