Kuch tushunchasi. Kuch muhim fizik kattaliklardan biri bo‘lib, jismlarning o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi. Fizik bilimlarni shakllanishida kuch tushunchasi massa, tezlanish tushunchalari bilan bog’langan. Ko’p hollarda kuch tushunchasi o’z ma’nosiga mos kelmaydigan atamalar qo‘llaniladi. Masalan, fizikada “tok kuchi” “elektr yurituvchi kuch”, “yorug‘lik kuchi”, “tovush kuchi” badiiy adabiyotda “tabiat kuchi”, “ruhiy kuch”, “sevgi kuchi” va hakozolar. Ba’zi hollarda metodik adabiyotlarda metodoligik jihatdan ma’qul bo‘lmagan ta’rif-talqinlar uchraydi, ya’ni kuchni go‘yo mustaqil mavjud bo‘lgan qandaydir narsaga o‘xshatishlar, kuch harakatni o‘zgartiruvchi sabab deb qarashlar, kuch tushunchasini o‘zaro ta’sir tushunchasiga qiyoslashlarga hali duch kelamiz. Shuning uchun ham kuch tushunchasini o‘quvchilar ongida singdirishda metodologik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |