Ko‘chish Ta’rifga ko‘ra, ko‘chish-bu harakatlanayotgan jismning oldingi A vaziyati bilan keyingi B vaziyatini tutashtiruvchi S vektor. Yo‘l uzunligi esa bu harakatlanayotgan jism tarektoriya-sining uzunligi. Fizikada vektor kattaliklar va ular ustida amallar bajarish ko‘chishdan boshlanadi. O‘quvchilar “yo‘l” va “ko‘-chish” tushunchalarini mustahkam o‘zlashtirib olishlari juda muhim, buning uchun ular yo‘l va siljishni aniqlab beruvchi misollardan foydalanishlari lozim.
Tezlik. Tezlik tushunchasini o‘rganish o‘quvchilardan mavhum fikrlashni talab qiladi. Fizik va matematik tushunchalarni shakllantirish jarayonida bu tushuncha katta rol uynaydi. O‘quvchilar tomonidan tezlikning to‘g‘ri tushunlishini, keyinchalik matematik analizning asosiy tushunchalarini shakllantirishda fizikada esa har qanday fizik kattalikning, ya’ni quvvatdan tortib to elektr va magnit maydon-larining vaqt bo‘yicha o‘zgarish tezliklarini tushuntirishda katta rol o‘ynaydi. Ayni vaqtda, o‘quvchilarning politexnik saviyasini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun tezlik tushunchasini shakllantirish metodikasi jiddiy e’tibor talab qiladi. O‘quvchilarning kundalik kuzatishdan olgan dastlabki tasavvur-lariga qaramay bu tushunchani shakllantirishda albatta sinfda bajariladigan tajribalar juda zarur. (Masalan, bolalar o‘yinchoq aravachalarning tezligini aniqlash). Shundan so‘ng mavhum fikrlash borasida dastlabki qadam qo‘yilishi mumkin. Masalan quyidagi ikki jismdan qaysi biri katta tezlikda harakatlanadi: 5 sekundda 20 metr yo‘l yuradiganimi yoki 2 sekundda 10 metr yo‘l yuradiganini, degan savol berish kerak.Dinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga ko‘ra, dinamika qonunlarini o‘z ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika qonunlarini o‘rganishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani o‘rganishni boshlayotgan har bir o‘quvchida harakat to‘g‘risida va uning kuchlar bilan bog‘liqligi haqida ma’lum hayotiy tasavvur bor. Massa tushunchasi bilan o‘quvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish bo‘ladilar. Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki jism o‘zaro ta’sirini xarakterlaydigan kuch va o‘zaro ta’sirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik o‘lchovi bo‘lgan massaning mohiyatini ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish muhimdir: katta massaga ega bo‘lgan jism o‘zaro ta’sirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik massaga ega bo‘lgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda o‘quvchilarga savollar berilsa, o‘quvchilar turmushda ko‘rib yurganlariga tayanib to‘g‘ri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik bilan kelayotgan massasi 200 t bo‘lgan vagonni to‘xtatish osonmi yoki o‘shanday tezlik bilan ketayotgan 200 kg bo‘lgan mototsiklnimi?