- 71 -
Masalan, yupqa taxtalar ayni shunday ko`zlar bor joyidan sinadi. Yog`och
taxtaning sog`lom butoqli joyini yo`nish, randalash juda qiyin, chunki sog`lom
(chirimagan) butoq o`z atrofidagi yog`ochdan qattiq bo`ladi. Butoqni yo`nishda
keskich (rezes) ning tig`i tezda o`tmaslashib, ko`pincha, uvalanib tushadi Butoq
atrofidagi yog`och tolalari qiyshiq bo`lganligidan randalagan vaqtda yulinib chiqadi.
Butoqlarning yog`och sifatini pasaytirish darajasi ularning miqdoriga, katta
kichikligiga tananing qayerida joylashganligiga, butoq yog`ochining holatiga va tana
yog`ochiga qanchalik tutashib o`sganligiga bog`liq. Butoqlarning o`lchami
millimetrlarda yoki sortiment (material) eni va yo`g`onligining muayyan ulushlarida
ifodalanadi, bunda sortimentning bir metrida yoki butun sortimentda necha butoq
(ko`z) borligi sanab chiqiladi. Xari, g`o`lalardagi ochiq butoqning o`lchami
millimetrlar hisobidagi eng kichik diametri bilan aniqlanadi. Po`stloq tagida qolgan
butoqning o`lchami jarohatsimon dog`ning katta diametri bilan, yotish chuqurligi esa
jarohatsimon dog`ning bo`ylama va ko`ndalang o`lchamlari orasidagi nysbat bilan
aniqlanadi (bunda sortimentning ayni butoq joylashgan joydagi diametri albatta
hisobga olinadi). Qayinda po`stloq tagida qolib ketgan butoqning o`lchami va qanday
chuqurlikda yotganligini po`stloq sirtidagi qoshsimon chiziqlarga, ya‘ni brovkalarga
qarab bilish mumkin. Po`stloq tagida qolgan butoqning o`lchamini aniqlash usullari
ko`rsatilgan jadvallar GOST 214 – 61 dagi «Yog`ochlik nuqsonlar» da berilgan.
Yog`och – taxtalardagi butoqning o`lchamini material o`qiga parallel chizilib, butoq
konturiga tegib o`tgan ikkita urinma chiziq orasidagi masofaga qarab, butoq yog`och-
taxtaning qirrasida bo`lgannda esa qirra bilan urinma chiziq orasidagi masofaga
qarab
bilib bo`ladi. Taxta qirrasidagi uzunchoq butoq (ko`z) ning o`lchamini aniqlashda
ham butoqning eng katta joylanish chuqurligi hisobga olinadi.
O`solmay po`stloq tagida qolib ketgan uyg`onmagan kurtaklar
ham butoqlarning
bir turi bo`lib, ko`z deb ataladi. Qirqimining shaklidan qatiy nazar, ko`zlarning
diametri 5 mm gacha bo`ladi. Ko`zlarni yaproqli daraxtlarda (qayin, zarangda)
uchratish mumkin. Bir to`da (kamida uchta) ko`z bir-biridan eng ko`pi 100 mm
oraliqda joylashgan bo`lsa, ularga cho`tka deyiladi. Yog`ochning xavfli qirqimida
joylashgan ko`zlar, cho`tkalar kichikroq detallarning mustahkamligini kamaytiradi.
Mebellarning sirtiga qoplanadigan fanerdagi va pardozlovchi detallardagi ko`zlar
hamda cho`tkalar ularga zeb beradi. Ko`zlar va cho`tkalar egallab olgan joyining
bo`yi va eni bilan o`lchanadi.
Barcha yog`ochlar ninabargli va yaproqli turlarga ajratiladi. O`rmonlarimizdagi
daraxtlarning ko`pchiligi ninabargli daraxtlardir.
Ninabargli daraxtlar yog`ochini har qanday yo`nalishda kesilganda ham undagi
yillik qavatlar yaqqol ko`rinib turadi.
Yillik qavatning kech yetilgan qismi enliroq, to`q rangli, o`zak nurlari esa juda
mayda bo`ladi. Ninabargli daraxtlardan ko`pchiligining yog`ochligida smola
- 72 -
bo`lganligidan skipidar
1
hidi kelib turadi. Yog`ochlikni ko`ndalangiga kesib
qaraganda yillik qavatning kech yetilgan qismida smola no`llari och rangli nuqtalarga
o`xshab ko`rinadi, yog`ochlikning radial va tangensial kesimlarida esa qoramtir
chiziqchalar ko`rinishida bo`ladi.
Yaproqli daraxtlar yillik qavatlarda nay (kanal) larning qanday joylashganligiga
va ularning yirik – maydaligiga qarab, halqasimon nayli va tarqoq nayli daraxtlarga
ajratiladi.
Halqasimon nayli daraxtlar (eman, shumtol va boshqalar) – da yirik naylar yillik
qavatning erta yetiladigan qismida halqasimon qatorlar xosil qiladi, tarqoq nayli
daraxtlar (qayin, qoraqayin va boshqalar)da mayda naychalar yillik qavatining butun
eni bo`ylab bir tekisda tarqalgan.
SHu sababli, halqasimon nayli daraxtlarning yog`ochligini turli yo`nalishda
kesib qaraganda yillik qavatlar yaqqol ko`rinib turadi, tarqoq nayli daraxtlarda esa
unchalik yaxshi ko`rinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: