Urganch davlat universiteti X. R. Matyoqubov, J. K. Tojiyev texnologiya va dizayn



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/136
Sana11.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#352246
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   136
Bog'liq
texnologiya va dizayn amaliy mashgulotlar uslubiy qollanma

24-rasm. Buralish 


- 68 - 
 
Yog`och  tuzilishining  normal  darajada  emasligi,  yog`och  sifatini  buzadigan 
shikastlar  yog`ochning  nuqsoni  deb  atash  qabul  qilingan.  Nuqsonning  yog`och 
sifatini  qanchalik  pasaytirishi  bu  nuqsonning  turiga,  kattaligiga,  yog`och 
(maternal)ning  qayerida  joylashganligiga  va  materialning  nimaga  ishlatilishiga 
bog`liq.  
Yog`ochdagi nuqsonlar quyidagi turlarga bo`linadi: ko`z (butoq) lar, zamburug` 
(mog`or) ranglari, chiriklik, ximiyaviy ranglar, qurt yegan joylar, deformatsiyalanish 
(shakl  o`zgarishi),  yorilish,  daraxt  tanasining  shaklidagi  nuqsonlar,  yog`ochlikning 
tuzilishidagi nuqsonlar, jarohatlar, yog`ochdagi g`uddalar, yog`ochni ishlagan vaqtda 
yetkazilgan mexanik shikastlar va kamchiliklar.  
Aytib  o`tilgan  nuqsonlardan  ko`pchiligining  kelib  chiqishiga  sabab  bo`lgan 
narsa  –  daraxtning  noqulay  sharoitda  o`sishi,  iqlim  ta‘siri,  shuningdek,  daraxtga 
turlicha  mexanik  zarar  etkazilishidir.  Ko`pgina  nuqsonlar  tayyorlangan  yog`och-
taxtada  paydo  bo`lishi  ham  mumkin  (masalan,  yog`och-taxtaning  yorilishi,  dars 
ketishi,  qurt  eyishi).  CHirish  hodisalari  ko`karib  turgan  daraxtda  ham,  tayyorlab 
qo`yilgan yog`och-taxtalarda ham bo`ladi.  
Ko`z  (Butoq)lar  daraxt  tanasidagi  butoq  negizi  ko`z  deb  ataladi.  Ko`zlar 
qoramtir dog`larga o`xshab ajralib turadi, ular mustaqil yillik qavatlariga ega. Ko`zlar 
yakka-yakka  holda  betartib  joylashgan  (tarqoq  ko`zlar)  bo`lishi  ham,  daraxt 
tanasining  aylanasida  bir  xil  balandlikda  uchtadan  va  bundan  ko`proq  bo`lib  to`da  - 
to`da  joylashgan  (g`o`shsha  ko`zlar)  bo`lishi  ham  mumkin.  Ko`zlarning  qanday 
joylashishi daraxtning turiga bog`liq. 
Ko`zlar tilingan taxtadagi shakliga qarab, dumaloq, oval va uzunchoq bo`ladi.  
Butoq ko`ndalang o`qiga nisbatan tik yo`nalishda yoki o`tkir burchak hosil qilib 
qirqilsa,  dumaloq  ko`z  hosil  bo`ladi;  shu  bilan  birga,  katta  diametrining  kichik 
diametrga nisbati ikkidan oshmaydi.  
Oval  shakldagi  ko`zning  katta  diametri  bilan  kichik  diametri  nisbati  ikkidan 
katta, lekin to`rtdan kam bo`ladi.  
Butoq bo`yiga qirqilsa yoki ko`ndalang o`qiga nisbatan kichik burchak hosil etib 
kesilsa,  shu  bilan  birga,  katta  diametrining  kichik  diametriga  uzunchoq  ko`z  nisbati 
to`rtdan katta bo`ladi 
Uzunchoq ko`zning xillari: 
quroq ko`z – material (sortiment) ning butun yoqiga cho`zilgan uzunchoq ko`z.  
tarmoqli yoki panjasimon ko`z — o`zakka nisbatan simmetrik joylashgan ikkita 
ko`z.  
Bachki  —  o`tkir  burchak  hosil  kilib,  tananing  ichiga  juda  chuqur  kirgan  katta 
uzunchoq ko`z (butoq). Bachki daraxtning o`smay qolgan yoki o`lib qolgan ikkinchi 
uchidir.  


- 69 - 
 
Atrofidagi  yog`ochlikka  qanchalik  tutashib  o`sganligiga  qarab,  ko`zlar 
(butoqlar) tutashgan, qisman tutashgan va tutashmagan ko`zlarga ajratiladi.  
Tutashgan  ko`z  butoqning  yillik  qavatlari  o`z  atrofidagi  yog`ochlikka  butoq 
ko`ndalang  qirqimining  kamida  ¾  perimetriga  tutashgan  bo`ladi.  Butoq  yillik 
qavatlarining  atrofdagi  yog`ochga  tutashishi  deganda  daraxt  tanasidagi  yillik 
qavatlarning butoqdagi davomi tushuniladi.  
Yog`och quriganda, arralab yo`nib ishlanganda ham bunday ko`z (butoq) tushib 
ketmaydi,  hatto  yog`och-taxtaning  chetida  bo`lganida  ham  joyida  mahkam 
turaveradi.  
Qisman tutashgan ko`z (butoq) ning yillik qavatlari atrofidagi yog`ochga butoq 
ko`ndalang  qirqimining  3/4  perimetridan  kam,  ammo  1/4  perimetridan  ko`proq 
tutashib  o`sgan  bo`ladi.  Bunda  shuni  hisobga  olish  kerakki,  qisman  tutashgan  butoq 
tilingan  taxtaning  bir  tomonida  yog`ochga  mutlaqo  tutashmagan  bo`lishi  mumkin, 
lekin ikkinchi tomonida yoki ko`zning ichida albatta tutashgan bo`ladi.  
Tutashmagan  ko`z  (butoq)  ning  yillik  qavatlari  atrofidagi  yog`ochga  mutlaqo 
tutashmagan yoki butoq ko`ndalang qirqimining 1/4 perimetriga yoxud bundan ham 
kam tutashgan bo`ladi 
Tutashmagan  ko`z  (butoq)  lar taxtani  quritganda  yoki ishlaganda tushib ketishi 
mumkin.  Tutashmagan  ko`zlar  ko`karib  turgan  daraxtdagi  qurib  qolgan  yoki  singan 
shoxlardan hosil bo`ladi. Bunday shoxlarning yog`ochligi o`smaydi. Tananing yangi 
yillik  qavatlari  shoxni  gir  aylantnrib  oladi.  Vaqt  o`tishi  bilan  singan  shoxni  yangi 
yog`ochlik  qatlami  butunlay  qoplab,  bekitib  yuboradi.  Yog`ochlik  qatlami  tagida 
qolgan butoqni shu o`rindagi jarohatsimon dog`dan (butoq ustidagi g`uddadan) bilib 
bo`ladi.  
Butoq juda ostda, qalin qatlam tagida qolib ketgan bo`lsa, po`stloqda ayni butoq 
tepasidagi  jarohatsimon  dog`  yulduz  shaklida  bo`ladi,  g`o`la  yog`ochda  esa 
jingalakka o`xshaydi.  
Daraxtlarning  ba‘zi  turlarida  (qayin,  qoraqayin,  tog`terakda)  po`stloq  ostida, 
qolib  ketgan  butoq  tepasida  brovka,  ya‘ni  qoshsimon  chiziq  hosil  bo`ladi.  Qayin 
daraxtida  o`ziga  xos  brovkalar  bo`ladi.  Brovka  yorilib-yorilib  ketgan  va  qoraygan 
po`stloqdagi  burmalardir.  Ular  butoq  po`stlog`ining  tana  po`stlog`iga  tutashgan 
joyida hosil bo`ladi va bir-biriga nisbatan burchak hosil qilib joylashgan ikkita chiziq 
(mo`ylov)dan  iborat.  Bu  chiziqlarning  uchrashgan  joyda  jarohatsimon  dog`  bo`ladi. 
Po`stbutoq qanchalik yo`g`on bo`lsa, bu chiziqlar shunchalik uzun bo`ladi. Eng katta 
chiziqning  santimetr  hisobidagi  uzunligi  bekilib  qolgan  butoqning  millimetr 
hisobidagi diametriga taxminan mos keladi.  
Butoq  obdan  tutashib  o`sib  ketgandan  kenin  brovka  o`tkir  burchak  shakliga 
kiradi.  Bora-bora  daraxt  tanasi  yo`g`onlashib,  brovka  chiziqlari  orasidagi  burchak 


- 70 - 
 
kattalashadi.  Butoqning  qanday  chuqurlikda  tutashganligini  (uning  uchini)  shu 
burchakning kattaligiga qarab bilib bo`ladi.  
Daraxt tanasining pastki qismidagi bekilib qolgan butoqlar tananing novdalardan 
tabiiy tozalanishi va yangi yog`ochlik qatlami o`sishi natijasida vujudga keladi.  
Po`stloq  tagida  qolib  ketgan  ana  shunday  butoqlari  bo`lgan  taxtalar  tilganda 
maekur  butoqlar  o`rnida  tutashgan,  qisman  tutashgan  va  tutashmagan  ko`zlar  hosil 
bo`ladi.  

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish