Urganch davlat universiteti


  Tadqiqotlar texnologiyasida internet resurslaridan foydalanish



Download 422,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.11.2019
Hajmi422,12 Kb.
#26239
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fanini oqitishda tadqiqotlar texnologiyasidan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari


3.2.  Tadqiqotlar texnologiyasida internet resurslaridan foydalanish 

imkoniyatlari 

 

Zamonaviy ta`lim tizimi o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga 

chiqarishga, ularda mustaqil o`qib-o`rganish, izlanish, axborotlar yig`ish, ularni 

saralash, umumlashtirish ko`nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. Aynan mana 

shu talablarni  o`quv jarayonida tadqiqotlar yoki  tadqiqotlar texnologiyasidan 

foydalangan holda bajarish mumkin.Tarix darslarida tadqiqotlar texnologiyasidan 

foydalanish juda keng doiradagi manbalar bilan ishlashni taqozo etadi. Barcha 

kerakli manbalarni Axborot-resurs markazi kutubxonasidan topib  bo`lmaydi. 

Bunday holatlarda o`qituvchi va o`quvchilarga axborot-kommunikatsion 

texnologiyalar, xususan global internet tarmog`i yordamga keladi. 

Axborot kommunikativ texnologiyalari avvalboshdan turli xil axborot 

mahsulotlarini yaratishga qaratilgan bo`lib, foydalanuvchi bu jarayonda o`zining 

ijodiy potensialini to`liq namoyon eta oladi. 

Interrnet undan foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. O`z 

tarkibiga elektron pochtani ham olgan butun dunyo tarmog`i grafik va 

multimediyali tarkibli Web dan foydalanish imkoniyatini beradi.              

Internetda yana turli xil qidiruv tarmoqlari,  o`yinlar, yangiliklar,  bahs-munozara 

olib borish uchun tarmoqlar mavjud. Virtual resurs markazi esa o`z tarkibida 

doimiy ravishda jahondagi yetakchi davlatlaridagi muzeylarning ekspozitsiya va 

ko`rgazmalarini namoyish etib boradi. 

Uydan chiqmasdan, kutubxonalarga bormasdan Internetdan doimo turli 

yangi axborotlarni olish mumkin, chunki unda ulkan miqdorda pulli va bepul 

axborotlar va bilimlar to`plami jamlangan.  Internet yordamida ko`pgina sirtqi 

kurslarga qatnashish, bahs-munozaralarda ishtirok etish va insoniyat faoliyatining 

hohlagan sohasi bo`yicha axborot olish mumkin. 

Internet o`zida o`n millionlab nusxa kitoblarni saqlovchi kutubxonalar saqlaydigan 

matnlardan ham ko`p matnli axborotlarni saqlaydi. Unda millionlab sayt va 


 

 

70 



milliardlagan sahifalar mavjud[78,18-20]. 

Undan foydalanish nihoyatda 

qulay.Unda kutubxonalrdagi an’anviy holda tuzilgan kataloglar kabi tuzilishga ega 

elektron kataloglar va avtomotik qidiruv sistemalari ham mavjud. Avtomotik 

qidiruv sistemalari o`zining tezkorligi va qidiruv ko`lamimning kattaligi bilan  

elektron kataloglardan afzal.  

WWW butunjahon tarmog`ida

 

mavjud ma`lumotlar bazasidan o`qituvchi 



oziga kerakli turli xil matnli hujjatlarni,  ko`rgazmali qurollar, tayyor dars 

ishlanmalarini, uslubiy ko`rsatmalar va maqolalarni topishi mumkin. Internetdan 

pedagogik faoliyat davomida matnlarni,  ovozli, grafik va videoaxborotlarni olish 

uchun foydalanish qulay. Shu bilan birga foydalanuvchi axborot manbalarini o`zi 

tanlashi imkoniyati bo`ladi, bu: serverdagi axborotlar bazasi, yetakchi 

kutubxonalrning axborotlar bazasi, muzeylar, oliy o`quv yurtlarining ilmiy 

markazlari va boshqalar bo`lishi mumkin.Shuning uchun ham ta’lim jarayonida 

Internetdan foydalanish o`quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda 

tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirishning eng muhim omilidir.[80,30] 

Internet yordamida loyihalarni turli hududda, davlatda  joylashgan ta`lim 

muassalari bilan hamkorlikda bajarish, fikr va tajriba oshirish mumkin. 

 Darslarda doimiy ravishda Internet tarmog`idan foydalanish, o`quvchini Internetga 

boshqa tomondan qarashga o`rgatadi. Internetning keng imkoniyatlarini ochib

undan to`g`ri foydalanish qoidalari, internetning bilim olishga, dunyoqarashni 

kengaytirishga qaratilgan jihatlarini o`rgatib boradi.Bu esa bugungi kundagi 

dolzarb mummolardan bo`lib turgan global tarmoqning salbiy jihatlariga qarshi 

kurashishni yengillashtiradi.  

Tadqiqotlar texnologiyasi  o`quvchini yakka yoki guruh bo`lib birgalikda 

ishlash, mustaqil harakat qilish, muammoning yechimini mustaqil topishga va eng 

asosiysi axborotlar bilan mustaqil ishlashga o`rgatar ekan, internet bu jarayonning 

ajtalmas qismidir. O`quvchi loyihani bajarish ushun o`z oldiga maqsad qo`yadi va 

ushbu maqsadni amalga oshirishning harakat rejasini tuzadi.Shu tariqa Internetdan 

doimiy maqsadli  foydalanish jarayoni yuzaga keladi va shunday ish jarayonida 


 

 

71 



internetdan to`g`ri foydalaninsh madaniyati ham shakllanib boradi

O`quvchilar ish davomida nafaqat Internetda mavjud axborotlardan 



foydalandilar, balki doimiy yangiliklardan xabardor bo`lib boradilar. Ular 

tarmoqdan olingan ma’lumotlarni saralaydilar, bajarilayotgan loyiha uchun mos 

rasmlar, ovozli ,videoli lavhalar tanlaydilar, berilgan axborotlarga munosabat 

bildiradilar va o`zlarining ijod mahsullarini yaratadilar. 

Web-muhitda materilallrar bilan ijodiy ishlash uchun barcha qulayliklar 

mavjud: matnlarga ovoz yozish, turli ranglarda fon tanlash, grafik tasvirlar bilan 

bezash mumkin. Buning uchun  multimediyali kompyuterda CD-ROM 

diskovodi,ovozli plata va video plata bo`lishi talab qilinadi. Grafik tasvirlar Paint 

grafik redaktori yordamida yoki skaner, raqamli kamera, videokameralar 

yordamida kiritaladi. Turli xil CD-ROM kompakt disklardagi ClipArt tasvirlardan 

ham foydalansa bo`ladi. tizimi Read Only Memory-doimiy xotira qurilmasi.CD-

ROM esa matnli hujjatlarni, ovozlar, rasmlar, filmlarni saqlaydi.[78,32] 

Alta Vista qidiruv sistemasi axborot qidiruv sistemalari ichida eng ko`p 

qo`llaniladiganidir. Bu sistemada axborotlar kalit so`zlar bo`yicha saqlanadi va 

turkumlanadi. Axborotlarni kalit so`zlar yordamida qidirish o`quv mavzusidagi 

asosiy g`oyalar va tushunchalarni ajratib olishga, faktlarni turkumlashga, voqea va 

hodisalarni ma`lum bir jihatlari bo`yicha ajratishga, tarixiy shaxsni davr bilan 

taqqoslashga, xronologik davrlarning ketma-ketligi va davomiuligini 

aniqlashga,tarixiy manbalarni taqqoslashga, o`xshashlik va farqlarni 

topishga,muhim tarixiy voqealar va tarixiy shaxalarga o`z munosabatingni 

bildirishga imkon beradi. 

Bunda tarixni o`rganish davrlari bo`yicha giperssilka shaklidagi navigatorlik 

tizimini o`quv muassasasi saytida yaratish juda muhim hisoblanadi. 

O`quvchilar qidiruvni ensiklopedik saytlardan boshlab asta-sekin o`zida turli 

manbalarni saqlovchi lokal xarakterdagi saytlarga o`ta boshlaydilar.Topilgan 

saytni o`quvchi navigatorda tekshirib, keyin unga qisqacha annotatsiya tuzadi va 

navigatorning umumiy ro`yxatiga qo`shib boradi[50,3]. 


 

 

72 



Tarmoqqa ulangan kompyuter sinflarida o`tiladigan darslar  internet 

resusrlaridan foydalangan holda testlar o`tkazish, ma’ruzalar tashkil qilish 

imkoniyatini beradi. O`quvchilar bilan muzeylar bo`ylab virtual ekskursiyalar 

o`tkazish, telekonferensiyalarda qatnashishlari mumkin bo`ladi. 

O`qituvchi yangi darsni o`tishdan oldin oquvchilarga uy vazifasi sifatida, 

mavzuga oid qisqa xabarlar shaklida yoki filmlardan parchalarni slayd-film 

shaklida  yartishni topshirishi va buning uchun kerakli internet resurslarini 

ko`rsatib berishi mumkin. Doimiy ravishda bunday topshiriqlarni bajarish esa 

kelajakda o`quvchilarning o`rganilayotgan mavzu bo`yicha mustaqil taqdimotlarini 

yaratish, loyihalar taqdimotini o`tkazish imkoniyatini beradi. 

Tarmoqdan olinadigan axborotlar bilan doimiy ishlash o`quvchidan ma’lum 

ko`nikmalga ega bo`lishni taqozo etadi. O`quvchi juda katta hajmdagi axborot 

ichidan o`z oldiga qo`ygan maqsad uchun  kerakligi axborotni ajrata olishi kerak 

bo`ladi. Internetda o`quvchi bir qarashda sezilmaydigan ammo juda ta’sirli 

axborotlar va turli reklamalar ta’siriga tushib qoladi. Ko`p marta takrorlanuvchi  va 

ma’lum matn, rang, ovoz, muiqa bilan bezalgan reklamalar yoki videoroliklar 

insonning ong ostiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shuning uchun o`quvchilarga 

doimiy ravishda axborotlarning qimmati ularning haqiqiyligi,  ishonchliligi, 

aniqligi, tushunarliligi, dolzarbligi va kerakliligi bilan belgilanishini uqtirib borish 

zarur. 


Bu bosqichda o`qituvchining asosiy vazifasi, o`quvchini qidiruv tizimlari va 

kataloglar bilan ishlashga o`rgatishdir. Amaliy faoliyat va mutaxasis yordamida 

oquvchilarda quyidagi ko`nikmalar shakllanadi: turli xil manbalardan 

o`rganilayotgan muammoga oid axborotni yig`a olish, berilgan parametrlar 

bo`yicha  tizimlash, axborotni butunligicha ko`ra olish, ikkinchi darajali 

ma’lumotlarni istisno qilib asosiy axborotni topish, olingan axborotga tanqidiy 

yondosha bilish, o`z nuqtai-nazarini shakllantirish va boshqalar. 

Tarix o`qituvchisi internetning ta’limiy resurslaridan tarixiy manbalarni 

topish, ma`ruzalar, monografiyalar matnlari, turli xil uslubiy materiallar, gazeta va 


 

 

73 



jurnal maqolalari, referatlar va boshqa manbalarni topishda foydalanishi mumkin. 

Bunda bugungi kunda davlatimizda faoliyat olib borayorgan Ziyo Net 

tarmog`ining o`rni beqiyosdir. ZIYONET jamoat axborot ta`lim tarmog`I 2005 yil 

28 sentabrda O`zbekiston Respublikasi Prazidenti I.A.Karimovning “O`zbekiston 

Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog`ini tashkil etish to`g`risida”gi 2005 

yil 28 sentabrdagi 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan[4].  Ziyonet axborot 

tarmog`i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamlarini kerakli 

axborot bilan ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasida kerakli ma’lumotlarni 

berish, muloqot qilish va tajriba almashish uchun zarur imkoniyatlarni yaratib 

beradi. 


Elektron kutubxonalar bu murakkab axborotlar tizimidir. Bunday kutubxonlr 

saytlarida ko`pincha skaner qilingan kitoblar matnlari joylashtiriladi. 

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki Internet tarmog`i bugungi kun ta’lim 

tizimining ajralmas qissmi hisoblanib u o`qituvchi va o`quvchiga cheksiz 

imkoniyatlar eshigini ochadi. Ammo, asosiy masala ushbu resursdan o`quvchini 

to`g`ri va samarali foydalanishga o`rgatishdir. Internet resurslaridan tarix 

darslarida foydalanish, o`quvchilarda darsga bo`lgan qiziqishni va dars 

samaradorligini  oshiradi.  Tadqiqotlar texnologiyasida loyihalarni bajarishning 

barcha bosqichlarida va loyihani taqdim etishda ham internet asosiy o`rinda turadi. 

III bob bo`yicha xulosalar: 

-  Axborot texnologiyalari bugungi kun ta’lim tizimining ajralmas qismidir. 

-  Axborot 

texnologiyalaridan foydalanish barcha fanlarda dars 

samaradorligini oshirishning muhim mezoni hisoblanadi. 

-  Tadqiqotlar  texnologiyasi  bo`yicha loyihalarni amalga oshirishda axborot 

texnologiyalarning ahamiyati kattadir. 

-  Tarix o`qituvchilari tomonidan Microsoft Word, Mikrosoft Exsel, Mikrosoft 

PowerPoint, Mikrosoft FrontPage, Microsoft Publisher, Adobe Photoshop va 

boshqa kompyuter dasturlari darslarda, tadqiqotlar texnologoyasi asosida 

turli loyihalarni bajarishda muvaffaqiyat bilan qo`llanishi mumkin. 



 

 

74 



-  Elektron darsliklardan foydalanish o`quvchilarning mavzu bo`yicha oladigan 

bilim va ko`nikmalarining sifatini oshirishga yordam beradi. 

-  Internet tarmog`i  va uning imkoniyatlari o`qituvchiga darsga tayorlanish, 

ma’lumot yig`ish jarayonida katta yordam beradi. 

-  O`quvchilar loyihalarni bajarish davomida axborotlarni izlash va to`plashda 

bevosita internetdan foydalanishlari mumkin. 

-  Internetdan to`g`ri va muntazam foydalanish o`quvchilarning bilimi va 

dunyoqarashini va axborotlar bilan ishlash ko`nikmasini mustahkamlaydi.  

-  Internet global tarmog`i nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda ta’lim 

tizimida qo`lga kiritilayotgan yutuqlardan foydalanish umkoniyatini beradi. 

-  Oquvchilar internetdan maqsadli foydalanish va globallashuv jarayonida 

ommaviy madaniyat unsurlaridan himoyalanishga o`rganib boradilar.. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

75 



XULOSA 

 

Mustaqillikka  erishganimizdan  keyin  o`tgan  yillar  hayotimizning  hamma 

jabhalarida: davlat boshqaruvidan tortib fuqarolrning fikrlashi va hayot tarzigacha 

tub o`zgarishlarga olib keldi.Ta’lim tizimi ham bundan chetda qolgani yo`q. Bugun 

biz yashayotgan zamon shiddat bilan rivojlanayotgan, axborot olish va axborotlar 

kurashi  ketayotgan  zamondir.  Bu o`zgarishlarga tezlik bilan moslashish, zamon 

shiddatidan orqada qolmaslik uchun bizga bugun mustaqil fikrlaydigan, tez va 

to`g`ri qaror qabul qila oladigan, o`z oldiga maqsad qo`yib,  unga erishish 

yo`llarini ishlab chiqa oladigan, yo`lda uchragan muammolarni hal qila oladigan, 

chuqur  nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan, zamonaviy axborot- 

kommunikatsiya vositalarini to`liq o`zlashtirgan avlod zarur. Faqat shunday 

ko`nikmalarga ega bo`lgan avlodgina davlatimizni dunyodagi rivojlangan davlatlar 

qatoriga olib chiqa oladi. 

Bugungi kun ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ham aynan ana shu 

maqsadlarni ro`yobga chiqarishga qaratilgandir. Bugungi kun pedagoglari oldida 

turgan eng dolzarb vazifalardan biri ta’limda nazariy bilim berish bilan cheklanib 

qolmasdan, olingan bilimlarni  hayotda amalda qo`llash ko`nikmasini 

shakllantirishdir.  O`quvchi  maktabdami, o`rta maxsus ta’lim tizimidami yoki oily 

ta`limdami olayotgan bilimlari hayotiy ekanligini va ularni amalda qo`llash hayotiy 

vaziyatlarda, muammolar yechimida qo`l kelishiga, o`rganilayotgan fanlar faqat 

nazariy bilim emas, balki, hayotning, kasbiy faoliyatning ajralmas qismi ekanligini 

his qilishi zarur. Ta`limning ana shunday tashkil etilishi zamon talablariga javob 

bera oladigan, har tomonlama komil avlodni tarbiyalash imkoniyatini beradi. 

Ushbu talablarni amalga oshirishda esa ta’lim tizimida tadqiqotlar 

 

texnoloigiyasidan foydalanish qo`l keladi  



Tadqiqot ishini bajarish davomida Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida  

tarix fani uslubiyoti tahlil qilindi va  quyidagi xulosaga kelindi: 

-  O`quv rejalari bo`yicha hozirgi davrda tarix fani uchun akademik litseylar 


 

 

76 



va kasb-hunar kollejlari uchun 160 soat ajratilgan.O`zbekiston tarixi 80 

soat va jahon tarixi -80 soat fanlari alohida o`qitiladi. 

-  Akademik litseylarda tarix fani chuqurlashtirib o`rganiladigan guruhlarda 

o`quv rejalari bo’yicha hozirgi davrda “O’zbekiston tarixi” fani uchun 428 

soat ajratilgan.  

-  O’quv rejalari bo’yicha hozirgi davrda “Jahon tarixi” faniga akademik 

litseylarda tarix fani chuqurlashtirilib o’tiladigan barcha bosqichdagi 

guruhlar uchun 452 soat ajratilgan

-  Bugungi kunda tarix fanini o`qitishda akademik litsey va kasb-hunar 



kolejlarida yangi pedagogik 

texnologiyalar va metodlardan 

foydalanilmoqda.

 

-  Bugungi kunda o`qituvchilar tomonidan qo`llanilayotgan yangi pedagogik 



texnologiyalar o`quvchini tayyor axborot yoki darslik matni bilan  mustaqil 

ishlashiga qaratilgan.

 

-  Ayniqsa akademik litseylarda o`quvchiga faqatgina oliy o`quv yurtiga test 



topshirishi uchun kerakli o`quv ma’lumotlariga e’tibor qaratilib,  o`quvchi 

uchun yagona manba bu darslik bo`lib qolmoqda.

 

-  O`quvchi darsda va darsdan tashqari hollarda ijodiy izlanishi, axborotlar, 



manbalar bilan turli qiziqarli mavzular ustida ijodiy ish olib borishiga 

e’tibor berilmayapdi.

 

-  Tarix darslarida ko`rgazmali qurollarning ko`pchiligi o`qituvchi tomonidan 



qo`lbola yasalgan chizma, jadval, plakatlardan iborat bo`lib qolmoqda.

 

-  O`qituvchilarning darslarda axborot texnologiyalaridan foydalanishi talab 



dajarasida emas.

 

-  Darslarda deyarli videolavhalar, filmlardan parchalar ishlatilmaydi. 



-  Tarix darslarida Internet global tarmog`idan foydalanish ham qoniqarli 

emas.


 

Tarix darslarida tadqiqotlar texnologiyasidan foydalanish esa yuqoridagi 

kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Tadqiqotlar texnologiyasi bo`yicha 


 

 

77 



o`quvchi va o`qituvchi turli loyihalar ustida ishlar ekan, ular o`z –o`zidan maqsadli 

harakat rejasini ishlab chiqib,  turli manbalar bilan ishlashga, axborot 

texnologiyalaridan foydalanishga va bilimni harakat, izlanish orqali o`zlashtirishga 

majbur bo`ladilar. Tadqiqotlar yoki tadqiqotlar texnologiyasidan foydalanish 

o`qituvchi  va o`quvchi uchun ulkan imkoniyatlarni beradi. Bu texnologiyadan 

foydalanish jarayoni o`z ichiga boshqa ko`plab innovatsion pedagogik 

texnologiylardan foydalanishni ham qamrab oladi. Ushbu metodni o`rganish va ini 

qo`llash jarayonida quyidagi xulosalarga keldik: 

-  Tadqiqotlar  texnologiyasi  bu o`quv jarayonini hayot bilan, amaliyot bilan 

bog`lashda juda qulay metoddir 

-  Ushbu texnologiya o`quvchilarda mustaqil ishlash, izlanuvchanlik, o`z 

oldiga maqsad qo`yish va maqsadli harakat qilish, muammolarni yechish , 

hamkorlikda faoliyat olib borish va boshqa foydali ko`nikmalarni 

shakllantiradi 

-  Tadqiqotlar  texnologiyasi  o`z ichiga o`qitishning barcha interaktiv 

metodlarini jamlagan holda mashg`ulotni tashkil  qilish imkoniyatini beradi 

-  Tarix darslarida bu texnologiyadan  darsda va darsdan tashqari mustaqil 

ishlarni bajarishda foydalanish yuqori samara beradi 

-  O`quvchilarda turli axborot manbalari bilan ishlash, ularni tahlil qilish, 

ularga tanqidiy yondashish ko`nikmalarini shakllantiradi 

-  O`quvchilarda ijodkorlik, yaratuvchanlikni tarbiyalaydi 

-  Ushbu texnologiya o`quvchilarning kelajakdagi tadqiqotchilik ishlariga 

zamin yaratadi 

-  Loyihalarning turi va bajarilish muddatiga ko`ra har –xilligi ularni doimiy 

qo`llash va  tarixning har bir bo`limini o`quvchilar tomonidan mustaqil 

o`zlashtirilishini ta’minlaydi 

-  Tadqiqotlar texnologiyasidan foydalanish o`quvchilarda zamonaviy axborot 

texnologiyalar bilan ishlash ko`nikmalarini mustahkamlaydi. 

-  Axborot texnologiyalaridan foydalanish barcha fanlarda dars 


 

 

78 



samaradorligini oshirishning muhim mezoni hihisoblanadi. 

-  Tadqiqotlar texnologiyasi boyischa loyihalarni amalga oshirishda axborot 

texnologiyalarning ahamiyati kattadir. 

-  Tarix o`qituvchilari tomonidan Microsoft Word, Mikrosoft Exsel, Mikrosoft 

PowerPoint, Mikrosoft FrontPage, Microsoft Publisher, Adobe Photoshop va 

boshqa kompyuter dasturlari darslarda, tadqiqotlar yoki loyihalar 

texnologoyasi asosida turli loyihalarni bajarishda muvaffaqiyat bilan 

qo`llanishi mumkin. 

-  Elektron darsliklar foydalanish o`quvchilarning mavzu bo`yicha oladigan 

bilim va ko`nikmalarining sifatini oshirishga yordam beradi. 

-  Internet tarmog`i va uning imkoniyatlari o`qituvchiga darsga tayorlanish, 

ma’lumot yig`ish jarayonida katta yordam beradi. 

-  O`quvchilar loyihalarni bajarish davomida axborotlarni izlash va to`plashda 

bevosita internetdan foydalanishlari mumkin. 

-  Internetdan to`g`ri va muntazam foydalanish o`quvchilarning bilmi va 

dunyoqarashini hamda axborotlar bilan ishlash ko`nikmasini 

mustahkamlaydi.  

-  Internet global tarmog`i nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda 

ta’limtizimida qo`lga kiritilayotgan yutuqlardan foydalanish umkoniyatini 

beradi. 


-  Oquvchilar internetdan maqsadli foydalanish va globallashuv jarayonida 

ommaviy madaniyat unsurlaridan himoyalanishga o`rganib boradilar.. 

Umuman olganda bu texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda 

yashovchi va zamon shiddati bilan teng harakat qiluvchi faol, har tomonlama 

komil avlodni tarbiyalashda juda qo`l keladi. 

 

 



 

 

 



 

 

79 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 

 

I.  O`zbekiston Respublikasi qonunlari. 

1. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayorlash Milliy dasturi”. // Barkamol avlod-

O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent: Sharq,1997. 

2.  O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni.  // Barkamol avlod-

O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent: Sharq,1997. 

 

II. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari,Vazirlar 



mahkamasining qarorlari. 

 

 3. Vazirlar Mahkamasining “Ozbekiston Respublikasida o’rta maxsus, kasb-hunar 

ta’limini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori.1998-yil 13-mayda 

qabul qilgan. 

4. 

O`zbekiston Respublikasi Prazidenti I.A.Karimovning “O`zbekiston 

Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog`ini tashkil etish to`g`risida”gi 2005 

yil 28 sentabrdagi 191-sonli qarori. 

III. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari. 

 

5

Karimоv I.A. Tariхiy хоtirasiz kеlajak yo’q. – T.: O’zbеkistоn, 1998. – 31 . 

6. 


Karimоv I.A. O’zbеkistоn XXI asrga intilmоqda.–T.: O’zbеkistоn, 2000.–351 b. 

7.   


Karimоv  I.A.  Yuksak ma’naviyat –  yеngilmas  kuch.  –T.:Ma’naviyat,2008.  – 

174 b. 

8. Karimоv I.A. Mustaqillikka erishish оstоnasida. T.: O’zbеkistоn, 2011. – 440 b. 

IV. Asosiy adabiyotlar. 

 

9.  Tarix (320 soat) Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun  Namunaviy 

O’quv dasturi . Toshkent. 2011. 

10.  G`afforova T. Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar.- 



 

 

80 



Toshkent., 2011.  

11.  Azizxo`jayeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. 2001 

12. Abdullayev T.P. O`zbekiston tarixi (1917-1991 yillar) Akademik litsey va 

kasb-hunar kollejlari Tarix fani o’qituvchilari uchun uslubiy qo’llanma-  Urganch,  

2013. 

13. Saidmuhammedov N. Yangi pedagogik  texnologiyalar. Toshkent: Moliya, 



2003.  

14. Omonov H.T.va boshqalar Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.-

T.:”Iqtisod-moliya”. 2009.  

15. 


Поулсен  С.  Введение  в  срвременную  методику  преподование.-Бишкек: 

Кесип, 2007 

16. 

Ishmuhamedov 



J.G`. 

Innovatsion texnologiyalar y`rdamida ta’lim 

samaradorligini oshirish yo`llari. T. 2007 

17. Xo`jayev N.X. Xodiyev B. Yu. Baubekova G.D. Tilabova N.T. Yangi 

pedagogik texnologiyalar. O`quv qo`llanma.-Toshkent: Fan,2002 


Download 422,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish