Urganch davlat universiteti



Download 422,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.11.2019
Hajmi422,12 Kb.
#26239
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fanini oqitishda tadqiqotlar texnologiyasidan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA  

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

                                                                                                   

                                                                                                    Qo`yozma huquqida 

                                                                                                   UDK  372.894 

 

 

ABDULLAYEVA  NAZOKAT  BAXTIYAROVNA 

 

 

 

Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishda tadqiqotlar 

texnologiyasidan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari. 

 

 

5A120302- Umumiy tarix 

(mintaqalar va yo’nalishlar bo’yicha)

 

 

 

Magistr akademik darajasini olish 

 uchun yozilgan dissertatsiya 

 

 

 

 

 

Ilmiy rahbar : 

t.f.n.  Abdullayev T.P 

 

 

 



 

 

MUNDARIJA 

     

KIRISH............................................................................................................... 

3–9 


I.BOB. AKADEMIK LITSEY VA KASB HUNAR KOLLEJLARIDA 

TARIX FANI USLUBIYOTI TAHLILI........................................................... 

 

10–31 



1.1 

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fani 

mazmuni.............................................................................................................. 

 

10– 20 



1.2.  Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishda 

qo`llaniladigan uslub va vositalar....................................................................... 

 

21–31 


II-BOB. TADQIQOTLAR TEXNOLOGIYASI TARIX FANI 

USLUBIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH OMILI SIFATIDA................... 

 

32–63 



2.1. Tadqiqotlar texnologiyasining mohiyati va ta’limiy imkoniyatlari............... 

32–44 


2.2.  Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishda 

tadqiqotlar texnologiyasini qo`llash  uslubiyoti.................................................... 

 

44–56 


2.3. Tajriba-sinov natijalari………………….......................................................  56–63 

III-  BOB. TADQIQOTLAR TEXNOLOGIYASINI TARIX FANIDA 

QO`LLASHDA 

AXBOROT 

TEXNOLOGIYALARIDAN 

FOYDALANISH................................................................................................. 

 

 



64–74 

3.1.  Dasturlangan kompyuter texnologiyalarining tadqiqotlar texnologiyasini 

qo`llashdagi o`rni................................................................................................... 

 

64–68 


3.2. 

Tadqiqotlar texnologiyasida internet resurslaridan foydalanish 

imkoniyatlari......................................................................................................... 

 

69–74 



XULOSA…….......................................................................................................  75–78 

ADABIYOTLAR RO`YXATI............................................................................  79–85 

ILOVALAR..........................................................................................................  86–91 

 

      



 

 

 



 

 

 



 

 



 

KIRISH 

Dissertatsiya mavzusining  asoslanishi va  dolzarbligi:  O`zbekiston 

Respublikasining  “Ta’lim  to`g`risida”  Qonuni  va  “Kadrlar  tayorlash  milliy 

dasturi”  yosh  avlodni  tarbiyalashning  asosiy  istiqboli  va  ta’limni  tubdan  isloh 

qilishning asosiy yo`nalishlari ko`rsatib berildi. 

Tarix  darslari  o`quvchilarda  Vatanimiz  tarixiga  hurmat  uyg`otish,  uni  chuqur  va 

xolisona  o`rganish,  har  bir  tarixiy  davr  haqida  o`z  tushunchasiga  va  fikriga  ega 

bo`lish,  tarixiy  voqelikka  o`z  munosabatini  erkin  bildira  olish,jahon  mamlakatlari 

tarixi va ularning taraqqiyot bosqichlarini o`rganish va ularni baholay olish, tahlil 

qilish  singari  ko`nikmalarni  shakllantiradi.  Erkin fikrlay oladigan va o`z 

qarashlarini erkin ifodalay oladigan o`quvchilarni tarbiyalashda esa dars jarayonida 

yangi interaktiv metodlardan foydalanish qo`l keladi

 

Ilmiy  ishning  dolzarbligi  shundaki  unda  aynan  Akademik  litsey  va  kasb-



hunar  kollejlarida  tarix  fanini  o`qitishda  qo`llaniladigan  yangi  pedagogik 

texnologiyalar va interaktiv metodlar,o`qitishning zamonaviy vositalarinig bugungi 

kunda  qo`llanilishi  tahlil  qilinib,  ta`lim  tizimida  yangi  metod  hisoblangan  

tadqiqotlar texnologiyasining  ta`limiy  imkoniyatlari,  tadqiqotlar  texnologiyasi 

bo`yicha  didaktik  jarayonni  loyihalashtirish  masalalari  ochib  berilgan.  Akademik 

litsey va kasb-hunar kollejlarida tadqiqotlar texnologiyasini qo`llash bo`yicha 

uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

Tadqiqotlar yoki loyiha texnologiyasining boshqa texnologiyalardan 

afzalligi nimada? Bu metod, birinchidan, bugungi kun ta`lim tizimidagi eng o`tkir 

muammolardan biri bo`lgan-motivatsiya muammosini yechishga yordam beradi. 

An`anaviy uslublar yordamida o`quvchini o`qishga jalb etish mushkul, nafaqat past 

o`zashtiruvchilar, balki iqtidorli o`quvchilar ham  bunday darslarda zerikishadi. 

Shuning uchun ham darslarda yangi ma’lumotlarni o`zlashtirish jarayonlarida 

o`quvchilar oldiga hammani birdek jalb eta oladigan muammoli vaziyatlarni ilgari 

surish kerakki, bu muammoning yechimi oldindan ma’lum bo`lmasligi va uni hal 

qilish uchun har bir o`quvchidan izlanish va ijodiy faoliyat talab etsin. 

 


 

 



Ikkinchidan,  bu  texnologiya  natijasida  individual-yo`naltirilgan  o`qitish 

tamoyillari 

shakllanadi. 

Chunki 


ta’lim 

oluvchilar 

o`z 

qiziqishlari 



va 

imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  o`zlariga  yoqqan  ish  bilan  mashg`ul  bo`la 

olishadi. 

Uchincnidan,  loyihalarni  bajarish  jarayonida  o`quvchilar  mustaqil 

izlanishga,  manbalar  izlash  va  ulardan  foydalanishga,  tahlil  qilish,  xulosa 

chiqarish,  umumlashtirish  va  oldin  egallagan  bilim  va  ko`nikmalarini  amalda 

qo`llash  singari  ko`nikmalarga  ega  bo`ladilar.  O`quv loyihalarni bajarish 

jarayonida ular o`z oldilariga maqsad qo`yish va bu maqsadga erishish yo`lida 

muammolarni echish, to`siqlardan o`tishga o`rganadilar. 



To`rtinchidan, tadqiqotlar texnologiyasi zamonaviy kompyuter 

texnologiyalari va axborot vositalari bilan chambarchas bog`liq. Bular elektron 

ta’lim resurslari , qidiruv tizimlari, elektron konferensiyalar, viktorinalar, 

olimpiadalardir. 

Bugungi  kun o`qituvchisi  o`quvchilarga shunday ta’lim berishi kerakki, ular 

o`zgarayotgan zamonga yumshoq va tez moslashish, yangi muammolarni ilg`ab, 

ularni yechish yo`llarini topa olish, qiyinchiliklar oldida esankirab qolmasliklari 

kerak. Ta’limga innovatsion  yondoshish va ta’lim olishda  amaliy-ijodiy 

ko`nikmalarni shakllantirish ushbu vazifaning yechimidir. 

Loyiha”-  proyekt so`zi lotincha “projektus” so`zidan olingan bo`lib, “olg`a 

surilgan”,” ko`zga tashlanuvchi” degan ma’nolarni anglatadi.  Ta`limda loyihalash 

texnologiyasi - bu o`quvchilarning faol o`rganish, kreativ fikrlash va bir vaqtning 

o`zida shaxsiy sifatlarning shakllantiruvchi didaktik vositadir. Ushbu 

texnologiyaning asosini mustaqillik, izlanuvchanlik va natijaviylik tashkil qiladi. 



Tadqiqot obyekti  va predmetining belgilanishi.  Mazkur dissertatsiya 

ishining obyekti  akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida didaktik jarayon 

xususiyatlari, ya’ni tarix fanini o`qitish uslubiyoti hisoblanadi. Tadqiqot predmeti 

akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitish shakl, uslub va 

vositalari: didaktik jarayonda tadqiqotlar texnologiyasining ta’limiy imkoniyatlari 


 

 



hisoblanadi. 

Tadqiqot  maqsad  va  vazifalari  Magistrlik dissertatsiyasidan ko`zlangan 

asosiy maqsad bugungi kunda bizning ta`lim tizimimiz uchun yangi metod 

hisoblangan tadqiqotlar texnologiyasining ta`limiy imkoniyatlarini ochib berish, 

ushbu metoddan foydalanish ta’lim samaradorligini, ta’limning hayotga, 

amaliyotga yaqinlashtirishini ko`rsatib berish va aynan, akademik litsey va kasb –

hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishda  tadqiqotlar texnologiyasining afzalligini 

ko`rsatib berishdan iborat.  Magistrlik dissertatsiyasining vazifasi quyidagilardan 

iborat: 


1. Ilmiy tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-nazariy, amaliy manbalarni tadqiq qilish. 

2. Tadqiqot metodlarini belgilash. 

3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fani o`qitilishining amaldagi 

ahvolini o`rganish va xulosalarni umumiylashtirish. 

4. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish davomida o`tkazilgan tajriba-sinov natijalari 

asosida tarix fanini o`qitishda tadqiqotlar texnologiyasini qo`llash bo`yicha uslubiy 

tavsiyalar ishlab chiqish. 

Mavzu bo`yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.  Bir  asr  oldin  pedagoglar 

ta`lim  berishda  qattiq  nazorat,  ijodiy  jarayonni  cheklash  ta`lim  oluvchida 

o`rganshga  va  o`qishga  bo`lgan  qiziqishni  so`ndiruvchi  omil  ekanligini  anglab 

yetdilar.  Aynan shu vaqtdan boshlab “erkin tarbiya” g`oyalari tug`ila boshladi. 

Garchi erkin tarbiya haqidagi qarashlar va g`oyalar turli-tuman bo`lsada ularning 

barchasida o`quvchining ijodiy fazilatlarini rivojlantirish, unga olamni o`rganishda 

o`z shaxsiy tajribasiga ega bo`lish g`oyasi mujassam edi. Fransiyada (A.Bine), 

Germaniyada (B.A.Lay, E.Meyman ),Shvetsariyada (E.Klapared), Belgiyada ( 

O.Dekroli), AQShda (E.Torndayk) va boshqalarning olib borgan izlanishlari bu 

sohada ijobiy natijalarni ko`rsatdi. 

Hamkorlilda  o`qitish  g`oyasi  XX  asr  boshlarida  amerikalik  tadqiqotchi 

pedagoglar  E.Parxerst  (“Dalton-plan”),  J.Devey,  V.X.Kilpatrik  (“  metod 

proyektov”)[62,2]  izlanishlarida  ilk  bora  tilga  olina  boshlangan.Bu  metod  1919 


 

 



yilda AQShda to`liq shakllandi. Rossiyada u V.X.Kilpatrikning “

Метод проектов. 

Применение  целевой  установки    педагогическом  процессе.  ”(1925  y)  asari 

nashridan keyin ommalashdi. Ta’limni tadqiqotlar texnologiyasi orqali tashkil etish 

g`oyasi Rossiyada amerikaliklar bilan bir vaqtda paydo bo`ldi.S.T.Shatskiy 

rahbarligida kichik bir pedagogik  guruh bu metodni ta’lim berishda qo`llay 

boshladilar. 

Tadqiqotlar texnologiyasi  Rossiyada  30-yillargacha  keng  qo`llanildi,  lekin 

BKP(b)  MK  ning  qarori  bilan1931yilda  bu  metod  tanqid  qilinib,  keyinchalik  uni 

boshqa  qo`llashga  harakat  qilmadilar.  Bu  loyihaning  nazariy  jihatdan  to`liq 

o`rganilmaganligi, uning  ta’lim imkoniyatlari to`liq ochilmaganligi va shu davrda 

o`qituvchilarning  uni  qo`llashdagi  tajribasizligi  tadqiqotlar texnologiyasinig 

unitilashiga olib keldi. Lekin, ayni vaqtda boshqa rivojlangan davlatlarda bu metod 

nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirilib, rivojlantirib borildi.Bugun tadqiqotlar 

metodi zamonaviylashgan ko`rinshda  yana amalda qo`llanilmoqda. O`qituvchi va 

uslubchilarning

 

oldida 


turgan 

asosiy 


vazifa 

loyiha 


yoki 

tadqiqotlar 

texnologiyasinig  xalq  ta’lim  va  o`rta  maxsus  ta`lim  tizimida  qo`llanilish 

masalalarini  hal  etishdir.  Bu  metodni  o`rganish  va  o`zlashtirish  bugundi  kun 

zamonaviy  talim  berish  sohasida  yana  bir  yangi  pedagogik  texnologiyaning 

o`zlashritilishiga  va  shu  orqali  kelajak  avlodga  individual  yo`naltirigan  ta`lim 

berish  masalsini  yechishga  katta  yordam  beradi.  Bugungi  kunda  bu  tadqiqotlar 

yoki  loyihalar  metodini  Rossiyada  I.D.Chechel[63,24-31],  T.D.Novikova[64]; 

xorijiy  tillarni  o`qitishda  E.S.Polat[65,24-31],  I.Ye.  Brusnikina,  T.A  Voronina, 

A.I.Savenkov,L.V.Nasonkina; 

informatika 

darslarida 

N.Yu. 

Paxomova, 



I.S.Sergeev, 

G.A.Fyodorova; 

tarix 

darslarida 



G.A.Kropanova[77], 

N.I.Shevchenkolar va boshqalar faol qo`llab kelmoqdalar. 

E.S.Polat o`z ish tajribasida telekommunikatsion loyihalarni qo`llashga katta 

e’tibor qaratadi. 80-yillarning boshlarida paydo bo`lgan telekomunikatsion tizimlar 

bugungi kun ta`lim tizimida keng qo`llanilmoqda. Xalqaro tajriba shuni 

ko`rsatadiki, tizimda ta`lim oluvchilar uchun maxsus tashkil etilgan hamkorlikdagi 



 

 



faoliyat katta natijalar berishi mumkin[39,25-27]. 

T.D.Novikova o`zining “

Проектные технологии на уроках и вне урочной 

деятельности”  maqolasida  telekommunikatsion  loyihalarnig  o`ziga  xos  jihati 

sifatida  shuni  ko`rsatadiki,  unda  tarmoqlararo  va  hududlararo  ma’lumotlar 

jamlangan  va  bu  ma`lumot  to`plash,  analiz  qilish  imkoniyatlarini  oshiradi,  o`z 

navbatida  o`rganilayotgan  muammoni  boshqa  hududlar  bilan  taqqoslash, 

muammoning yechimini izlashda bir qancha qulayliklar tug`diradi[66,69-71].    

I.D.Chechelning ishlari tadqiqotlar loyihasi texnologiyasiga bag`ishlangan. 

Muallifning fikricha, loyihalash jarayonjda o`qituvchi uchun eng mushkuli 

mustaqil konsultant rolini bajarish va agarda o`quvchilar muammoning yechimiga 

noto`g`ri yo`l bilan borayotgan bo`lsa ham bunga aralashmaslikdir[63,24-

31].Tadqiqotlar yoki loyiha texnologiyasining  tarix darslarida   qo`llanilish 

amaliyotida Rossiyada xizmat ko`rsatgan o`qitivchi Galina Arkadyevna 

Kropanyovaning tajribasi juda muhimdir. U bu metoddan juda ko`p yillar 

davomida foyalanib,  uni takomillashtirib,  bugungi kunda tarix fanini o`qitishda 

katta yutuqlarga erishgan. 

Lekin, mavjud tajriba va yutuqlarga qaramasdan hali bu texnologiya orqali 

o`quvchilar loyihalarini baholash , uni xalq ta`limi, o`rta maxsus ta`lim tizimida 

qo`llashni tashkil etish masalalari ochiq turibdi. 



Tadqiqotda qo`llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.  Mazkur tadqiqot 

ishini  

bajarish  davrida ilmiy-nazariy, tarixiy, uslubiy manbalar tahlili, kuzatish, suhbat, 

eksperiment kabi uslublardan foydalanildi.  



Tadqiqot natijalarinig nazariy va amaliy ahamiyati: Akademik litsey va 

kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitish samaradorligini oshirishda tadqiqotlar 

texnologiyasidan foydalanishning ahamiyatining  ochib berilishi va ushbu 

texnologiyani qo`llash bo`yicha uslubiy tavsiyalarning ishlab chiqilganligi ishning 

amaliy ahamiyatini belgilaydi.  Mazkur tadqiqot ishi  natijalaridan bakalavriyat va 

magistraturada ilmiy tadqiqotlar olib borishda, shuningdek, akademik litsey va 



 

 



kasb-hunar kollejlarida tarix fani o`qituvchilari tomonidan pedagogik jarayonlarni 

tadqiqotlar texnologiyasi bo`yicha tashkil qilishda foydalanish mumkin. 



 

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 

tarix fani uslubiyotida yangi metod hisoblangan tadqiqotlar texnologiyasi  dars 

samaradorligini oshirishda, fanni to`liq ozlashtirishda o`qituvchi va o`quvchi 

uchun muayyan imkoniyatlar yaratadi: 

1.  Tadqiqotlar  texnologiyasi bu o`quv jarayonini hayot bilan, amaliyot bilan 

bog`lashda juda qulay metoddir 

2.  Ushbu texnologiya o`quvchilarda mustaqil ishlash, izlanuvchanlik, o`z oldiga 

maqsad qo`yish va maqsadli harakat qilish, muammolarni yechish , hamkorlikda 

faoliyat olib borish va boshqa foydali ko`nikmalarni shakllantiradi 

3.  Tadqiqotlar  texnologiyasi o`z ichiga o`qitishning barcha interaktiv metodlarini 

jamlagan holda mashg`ulotni tashkil  qilish imkoniyatini beradi 

4. Tarix darslarida bu texnologiyadan darsda va darsdan tashqari mustaqil ishlarni 

bajarishda foydalanish yuqori samara beradi 

5.  O`quvchilarda turli axborot manbalari bilan ishlash, ularni tahlil qilish, ularga 

tanqidiy yondashish ko`nikmalarini shakllantiradi 

6. O`quvchilarda ijodkorlik, yaratuvchanlikni tarbiyalaydi 

7.  Ushbu texnologiya o`quvchilarning kelajakdagi tadqiqotchilik ishlariga zamin 

yaratadi 

8.  Loyihalarning turi va bajarilish muddatiga ko`ra har –xilligi ularni doimiy 

qo`llash va tarixning har bir bo`limini o`quvchilar tomonidan mustaqil 

o`zlashtirilishini ta’minlaydi. 

Bu texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda yashovchi va zamon 

shiddati bilan teng harakat qiluvchi faol, har tomonlama komil avlodni 

tarbiyalashda juda qo`l keladi. 

Tadqiqotning gipotezasi shundan iboratki, 

-  agar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishda 

tadqiqotlar texnologiyasidan foydalanilsa; 


 

 



-  bunda o`quvchilarning mustaqil-tadqiqotchilik faoliyati mantiqiy izchilikda 

tizimli tashkil qilinsa; 

-  o`qituvchining uslubiy-texnologik mahorati takomillashtirilsa DTS 

talablariga mos intelektual rivojlangan ma`naviyatli avlod ta’lim tarbiyasi 

jarayonida salmoqli ko`rsatkichlarga erishish mumkin. 

Bu texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda yashovchi va zamon 

shiddati bilan teng harakat qiluvchi faol, har tomonlama komil avlodni 

tarbiyalashda juda qo`l keladi. 



Dissertatsiya  tarkibining qisqacha tavsifi.  Tadqiqot ishi kirish, uch bob, 

xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovadan iborat. Ishning hajmi 83  

bet. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 



I.BOB. AKADEMIK LITSEY VA KASB -HUNAR KOLLEJLARIDA 

TARIX FANI USLUBIYOTI TAHLILI. 

 

1.1.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tarix fani mazmuni. 

 

 

Uzluksiz ta’limning bir bosqichi hisoblangan O`rta maxsus va kasb-hunar 

ta’limini amalga  oshiruvchi Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarida ta’lim 

sifatini oshirish, ta’lim berishda yangi pedagogik texnologiyalardan , zamonaviy 

o`qitish vositalaridan foydalanib, mustaqil fikrlovchi, o`z fikrini erkin ifoda eta 

oladigan, keng dunyoqarashga, chuqur bilimga ega yoshlarni tarbiyalash uchun bir 

qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

O`quv rejalari bo`yicha hozirgi davrda tarix fani uchun akademik litseylar va 

kasb-hunar kollejlari uchun 160 soat ajratilgan, yani “O`zbekiston tarixi”- 80 soat, 

“Jahon tarixi”-80  soat. Shundan “O`zbekiston tarixi” fanida nazariy ya`ni ma’ruza 

darslari 74 soat, amaliy mashg`ulotlar 6 soat, “Jahon tarixi” fanida esa 80 soat 

mashg`ulotning hammasi nazariy ya`ni ma`ruza shaklida o`qitilishi 

rejalashtirilgan[9,44].  

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta’lim tizimining 1,2-kurslarida 

tarix kursi quyidagi ketma-ketlikda o`qitish ko`zda tutilgan: 

I kurslarda  O`zbekiston  va jahon tarixining  1917-1991yillardagi davri 

o`rganiladi. Ushbu kursda o`quvchilar  Turkistonda sho`rolar istibdodining 

o`rnatilishi, Turkiston Muxtoriyati, milliy ozodlik harakatlari, sovet 

hokimiyatining 1929-30 yillarda yuritgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy 

siyosatini qiyosiy tahlil qila olish va uning mustamlakachilik mohiyati, 

O`zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, O`zbekiston Respublikasi 

mustaqilligi uchun kurash, Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning mohiyati haqida 

tarixiy bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar. 

Jahon tarixi kursida esa  o`quvchilar  Birinchi jahon urushi, uning mohiyati, 

1917-1939-yillardagi G`arb va Sharqning asosiy davlatlari taraqqiyoti, Jahon 


 

 

11 



iqtisodiy inqirozi, ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari va uning 

oqibatlarini o`rganadilar va kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar. 

II-kursda tarix fanini o`rganishda O`zbekiston  va  tarixining 1991-2010 yillardagi 

voqealar bilan tanishadilar.  O`zbekiston davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi, 

O`zbekistonning o`ziga xos taraqqiyot yo`li, O`zbekiston Respublikasi 

Prezidetining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid asarlarida ilgari surilgan g`oyalar, 

bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil O`zbekiston Respublikasi rivojlanishining 

umumiy xususiyatlari, dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, 

ularni bartaraf etish vazifalari, hozirgi davrda O`zbekistonning madaniy-ma’maviy 

taraqqiyoti, O`zbekistonda demokratik davlat qurish, demokratik va fuqarolik 

jamiyatini barpo etish, ma`naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish masalalarini 

o`rganib kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar. 

Jahon tarixining II kurslar uchun mo`ljallangan qismi 1945-2010-yillarni o`z 

ichiga oladi: huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllantirish  

qonuniyatlari va turli mafkuralar kurashi, G`arb va Sharqdagi ozodlik harakatlari, 

1945-1991-yillardagi dunyo tarixi, “sovuq urush”ning mohiyati, mustabid, totalitar 

tuzum  halokati, 1991-2010- yillardagi yangi demokratik davr. 

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-mayda qabul qilgan “Ozbekiston 

Respublikasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora  -  tadbirlari 

to’g’risida”gi qaroridan  [3 ]  kelib chiqib, akademik litseylarda mazkur fan 

chuqurlashtirilgan holda o’rganib kelinmoqda. O’quv rejalari bo’yicha hozirgi 

davrda “O’zbekiston tarixi” faniga akademik litseylarda tarix fani chuqurlashtirilib 

o’tiladigan guruhlar uchun 428 soat ajratilgan[10,5].  

Akademik litseylarda tarix fani chuqurlashtirilgan 1,2,3-kurslarida 

O’zbekiston tarixi fani O`zbekistonning eng qadimgi davridan boshlab to bugungi 

istiqlol yillarigacha bo`lgan davrni qamrab olgan. 

1-kursda O`zbekiston tarixi fanida  O’zbekiston hududida eng qadimgi davrdan to  

1917-yilgacha  bo`lgan davri o`rganiladi.  Bu davrni o`rganish jarayonida 

o`quvchilar maktabda 5-sinfdan 9-sinfgacha o`rgangan O`zbekiston tarixi fanidan 


 

 

12 



olgan bilimlarini takrorlab, mustahkamlab boradilar. I kursda o`quvchilar:    

-  O’rta Osiyo hududida eng qadimgi davr  -  Qadimgi tarixning davr va 

bosqichlari.  O’zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va dastlabki 

taraqqiyot bosqichlari. Zardushtiylik. O’rta Osiyoga eron –  ahamoniylari va 

yunon–makedon qo’shinlarining bostirib kirishi va ularga qarshi xalq kurashi. 

Buyuk ipak yo’li va uning tarixiy ahamiyati  

-  O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va 

rivojlanishi. Ilk o’rta asr davlatlari. VI – VII asrlarda madaniy hayot.  

- O’rta Osiyoning arab xalifaligi tomonidan fatx etilishi. Movarounnahr fatx 

etilishining iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari. Xalq harakatlari.  

-  Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil  davlatlarning shakllana boshlashi. 

Ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy hayot.  

-  IX  –  XIII asr boshlarida madaniy hayot. Etnik jarayonlar va o’zbek 

xalqining shakllanishi   

-  Mamlakatimiz hududi mo’g’ullar istilosi  davrida. Xalq harakatlari. 

Chig’atoy ulusi.  

-  Amir Temur va Temuriylar davri. Amir Temur–markazlashgan davlat 

asoschisi. Temuriylar davrida mamlakatning ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy va 

madaniy hayoti. Temuriylar davlatining inqirozga yuz tutishi.  

-  Movarounnahrda Shayboniylar hukmronli davri. O’zbek xalqining etnik 

tarkibida sodir bo’lgan o’zgarishlar.  

-  Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi. Buxoro xonligida siyosiy 

tarqoqlikning kuchayishi va uning oqibatlari. Buxoroda mang’itlar sulolasi 

hukmronligining o’rnatilishi.  

-  Xiva xonligi. Xonlikning  ijtimoiy  –  siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. 

Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. XVI –  XIX 

asrning birinchi yarmida Qoraqalpoqlar.  

- XVIII – XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligi Qo’qon xonligining 

tashkil topishi. XVIII asrning ikkinchi yarmi –  XIX asr boshlarida Toshkent 


 

 

13 



bekligi. Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro munosabatlari.  

- XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlarining hududi, aholisi, ma’muriy – 

boshqaruv tizimi, ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayoti.  

Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoning bosib olishi va Turkistondagi 

mustamlakachilik siyosati. Turkiston general – gubernatorligi.  

-  XIX asr oxiri –  XX asr boshlarida Turkiston o’lkasi, Buxoro amirligi va 

Xiva xonlining ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti.  

-  XIX asr oxirlarida Turkistondagi milliy –  ozodlik harakatlari va uning 

ahamiyati. Jadidchilik harakati va uning Turkiston ijtimoiy –  siyosiy va madaniy 

hayotidagi ahamiyati. 1916 yilgi qo’zg’olon va uning oqibatlari, ahamiyati. 

Mustamlaka sharoitda Turkistonda madaniy hayotni o`rganadilar hamda, kerakli 

bilim va ko`nikmalarini mustahkamlab oladilar. 

O`zbekiston tarixining 2-kurs  o`quv dasturi O`zbekiston tarixining eng 

ziddiyatli va og`riqli davri bo`lgan 1917 – 1985-yillar tarixini o`rganishni nazarda 

tutadi. Ushbu kursda o`quvchilar: 

-  Turkistonda  Sovetlar  mustamlakachiligi istibdodining o’rnatilishi. 

Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi, uning faoliyati va sovetlar tomonidan 

qonga botirilishi. O’lka xalqlarining milliy ozodlik, erk va mustaqillik uchun  

kurashlari.  

- Buxoro va Xiva Sovet Rossiyasining mustamlakasi. XXSR va BXSR-ning 

tashkil etilishi. Sovetlar istibdodiga qarshi qurolli harakatlarning yuzaga kelishi va 

uning oqibatlari.  

-  Sovet hokimiyatining 1920-1930 yillarda O’zbekistonda yuritgan siyosiy-

iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy siyosati va uning shovinistik ulug’ davlatchilik 

siyosatini qiyosiy tahlil tahlil qila olish va uning mustamlakachilik mohiyati. 1930-

yillardagi qatag’onlik siyosati, uning fojeali oqibatlari. 1917-1940-yillarda 

Qoraqalpog’istonning ijtimoiy – siyosiy hayoti.   

- O’zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki.  

-  Urushdan keyingi yillarda xalq xo’jaligining tinch qurulishga o’tishda 


 

 

14 



o’zbek xalqining fidokorona mehnati. Ziyolilarning qatag’on qilinishi va uning 

oqibatlari.  

-  1946–1970-yillarda O’zbekistonning ijtimoiy –  siyosiy hayoti. Paxta 

yakkahokimligining kengayishi va uning salbiy oqibatlari. Aholi turmush 

darajasidagi o’zgarishlar va muammolar. Ma’naviy madaniyatning rivojlanishidagi 

ziddiyatlar.   

-  1970–1985-yillarda O’zbekistonda Sovetlar uztibdodining yanada 

kuchayishi. Mamlakatdagi ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. 

-  Qoraqalpog’iston ASSRning 1946 –  1990 yillarda ijtimoiy –  siyosiy 

hayoti.  

- O’zbekistonda ijtimoiy – siyosiy inqirozning kuchayishini o`rganib, ushbu 

davr haqida o`z tushunchalarini shakllantiradilar va kerakli bilim va ko`nikmalarga 

ega bo`ladilar. 

O`zbekiston tarixining: 1985-2012-yillar ya`ni Mustaqillik arafasi va istiqlol 

yillarini o`z ichiga olgan davrini o`quvchilar 3-kursda o`rganadilar. Unda


Download 422,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish