Urganch davlat universiteti


“Yoshlik”jurnalida e’lon qilingan qissalar tahlili



Download 38,43 Kb.
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi38,43 Kb.
#87106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ta'lim

2.“Yoshlik”jurnalida e’lon qilingan qissalar tahlili.

Oʻtgan yilda 30 dan ortiq qissa eʼlon qilindi. Biroq, afsuski, ularning yarmidan koʻprogʻi ommaviy adabiyot namunalariga toʻgʻri keladi. Asosan, “Yoshlik” jurnallarida chop etilgan, shuningdek, kitoblarga kiritilgan ayrim qissalarga umumiy tavsif berishga harakat qilamiz.

Havola etilayotgan qissalar mavzu mundarijasi turlicha. Qissalar tahlilidan: milliy qadriyatlar talqiniga eʼtibor berilayotgani; sobiq mafkura xizmatchilarining tazarrusi yoritilayotgani; ommaviy madaniyatning yoshlar maʼnaviyatiga taʼsiri ifodalanayotgani; sanʼatlar aloqadorligiga ahamiyat qaratilayotgani; ijtimoiy turmushdagi ziddiyatlarni kulgi, piching zamirida tasvirlanayotgani; asar hajmiga ahamiyatning susayishi kuzatildi.

Luqmon Boʻrixonning “Yigit iztirobi” (“Yoshlik”) nomli qissasida talaba yoshlar hayotiga nigoh tashlanadi. Ilk jumla Tolmasning universitetga qabul qilingani haqidagi xabardan boshlanadi. Syujet chizigʻida sodda, mehnatkash yigit bilan dangal, choʻrtkesar, bezori Bosit hayoti parallel beriladi. Kursdosh Nuqra bois yigitlar munosabati taranglashadi. Asarda ommaviy madaniyatning yoshlar tarbiyasiga taʼsiri koʻzga tashlanadi. Oʻzbek qizlarining jamiyatda oʻzlarini erkin tutishlari, hayo, ibo kabi fazilatlarning yoʻqolib borishi kuzatiladi. Yaʼni, Nuqra bir vaqtda ikki yigitni umidvor etsa, Oygul kinoteatrda Tolmasga suykalib erkalik qiladi, Gulya ilk uchrashuvdayoq Bositni kvartirasida tunashga chorlaydi. Togʻay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasidagi Oymomo obrazini eslasak, bu ayoldagi iffat, ibo, hokisorlik yoshlarga ibrat boʻlarlik. Qimmat momo Oymomoga xiyonatni taklif qilganida birdan jazavaga tushib, momoga tashlanadi. Boisi, Oymomo haromdan hazar qiluvchi diyonatli ayol. Hozirgi yoshlar oʻrtasidagi erkin muloqot oddiygina meʼyor boʻlib qolayotgani va bu badiiy asarlarga ham kirib kelayotgani kishini tashvishlantiradi. Mazkur asarda oshiq yigit Tolmasning olijanobligi qizni davolash uchun moddiy yordam bergani orqali ifodalanadi. Oʻgʻirlik qoralanib, uning mudhish oqibati koʻrsatiladi. Qissada oshiq yigitning iztirobi ishonchli, taʼsirli ifodalansa, maqsadga muvofiq boʻlardi. Menimcha, qissada ziddiyatni kuchaytirish, obrazlarni teranroq yoritish lozim.



Yana Luqmon Boʻrixonning “Quyosh hali botmagan” (“Yoshlik”) qissasida or-nomus, gʻurur kabi oliy tuygʻular milliy kurash negizida yoritiladi. Qissaga tanlangan “Sahro soʻqmogʻida boshin egib jim, Bir kimsa ketmoqda, bilmasman u kim…” (A. Oripov) epigrafi ilk tugun, jumboq boʻlib, oʻquvchini oʻyga toldiradi. Ilk jumla, “Biz hali Absal polvonni tanimas edik”, deya boshlanar ekan, yana qiziqish ortadi. Muallif ikki doʻst – Davron hamda Norsoat portretini chizadi. Yoshligidan toʻqlikda oʻsgan, shoʻx, mard, aqlli, lekin biroz takabbur Davron feʼlida yetakchilik kuchli. Shoirtabiat, taʼsirchan Norsoat esa tobelikka moyil. Voqealar Kengsoy atrofida rivojlantiriladi. Absal polvonni vazmin, sodda, kamgap qilib tasvirlaydi. Koʻngli nozikligini sibizgʻaga boʻlgan ixlosi orqali asoslaydi. Kurash maktabini koʻrmagan, ammo tugʻma isteʼdod egasi boʻlgan bu inson ikki doʻstga kurash sirlarini oʻziga xos usulda oʻrgatadi. “Polvon odam uch narsaga hokim: nafs, shuhratparastlik, manmanlik, uch narsaning quli: haqiqat, or-nomus, sibizgʻa (muhabbat)”, degan aqidasi qissaning asosiy gʻoyasi sanaladi. Polvon yigitlarga yoʻlboshchi. Oʻz amallari bilan shogirdlarini hayotda toblanishga, halol yashashga oʻrgatadi. Ustoz kelajakka ishora qilib: “U sizlarni kuldiradi, kuydiradi, u sizlarni bor qiladi, yoʻq qiladi. Ana shunda juda-juda sibizgʻa chalgilaring kelib qoladi”, – deydi. Qissada tabiat tasviri, kishilar qiyofasi yaxshi tasvirlangan, sibizgʻa detali orqali muhabbat talqin qilingan. Avlodlar oʻrtasidagi vorisiylik, milliy oʻzlikni asrash gʻoyalari asarning konsepsiyasi sifatida koʻtarilgan. Lekin, nazarimizda, asarda dramatizmni yanada kuchaytirish, xarakter qirralarini yorqinroq ifodalash lozim. Asarda “Quyosh hali botmagan” jumlasi koʻp takrorlanadi, bu jumla qissaning leytmotivi, lekin qahramonlarning hayotini muhim oʻzanga solgan kishi Absal polvon haqida “Biz hali Absal polvonni tanimas edik” degan jumla asar boshida yoziladi-da, polvonning oʻzi haqidagi fikrlar keyinroq, yettinchi sahifadan oʻtgach beriladi.

Murodboy Nizanovning “Havo kemasidagi ikkovlon” (“Yoshlik”) qissasida sadoqat mavzusi koʻtariladi. Asarning tuzilishi dialog shaklida. Bir sanatoriyda dam olayotgan Shahzoda Nurjamolga opasi Bekzodaning baxtli turmushini tinmay maqtaydi. Pochchaning ustomon, ehtiyotkorligi turli epizodda anglab boriladi. Asar ikkiyuzlamachi, makkor tabiatli nopok kimsalarni fosh qilishga, ular qilmishini baholashga chorlaydi. Hozir urchiyotgan oilaviy ajrimning asosiy sababi – xiyonat qoralanadi. Muallif ayol muhabbatining josusi pochchaga ism berishga orlanib, uning muallimligini eslatib oʻtadi, xolos. Maʼnaviyatni targʻib etadigan kimsaning oʻzi muqaddas tuygʻuni toptashi ziddiyatni yuzaga chiqaradi. Bizningcha, asarda rus xalqi ijodidan rivoyatlar berish oʻrniga qoraqalpoq xalqining boy merosidan namuna kiritilsa maʼqul edi. Axir, asar boshida Gʻarib va Shohsanam eposi eslatilib, opa bilan pochcha muhabbati ularga mengzaldi-ku. Shodiqul Hamroning “Qaqnus qanotidagi umr” (“Yoshlik”) qissasi oilada farzand tugʻilgan ondagi xushnudlik lavhasidan boshlanadi. Muallif ism qoʻyish masʼuliyati, uning farzand kelajagiga taʼsiri masalasini yoritishga urgʻu beradi. Bejiz Hadisi shariflarda ota-onaning farzandiga munosib ism qoʻyishda burchdor ekanligi taʼkidlanmagan. Ziyoli qahramon bu borada koʻp oʻylanar ekan, matn tarkibiga qorayimlar haqidagi qissa kiritiladi. Unda oʻtmish avlod ismni ulugʻlashi, haqiqiy ism voyaga yetib, turli sinovga bardosh bergan insonga nasib etishi, noloyiqlar esa qabiladan badargʻa qilinishi uqtirilgan edi. Tilanchi obrazi ham otaga ism oʻz ruhi hamda yuki bilan yaralishini taʼkidlab, uni tanlashda eʼtiborli boʻlishni eslatib, maʼlum vaqt syujet chizigʻidan chetlashadi. Nihoyat, goʻdakka Muayyad (quvvatlangan, madad berilgan) ismi beriladi. Biroq, koʻp oʻtmay bolada gʻayritabiiy holatlar kuzatiladi. Goʻdakning mungli nigohi, bezovtalanishi, dunyodan ne istayotganini anglamay xarxasha qilishi ota-onasini qattiq tashvishlantiradi. Ziyoli doʻsti Hayot xarakterida bolasiga xos telbalik holatini kuzatib, muqoyasa qiladi, kalavaning uchini axtaradi. Koʻp oʻtmay, hovlida paydo boʻlgan tilanchi goʻdakning dardini volidaga anglatib: “Haliyam gumrohlik qilib, bolaga koʻp azob beribsizlar. Ohu nolasi yetti osmonni tutib ketgan. U tugʻilganida kesilgan kindigi bor-ku, shuni izlayapti. Unga shuni topib beringlar”, – deydi. Qissada gʻayritabiiy siyratli Tilanchi, Hayot, Muayyad dardmand shaxslar, ular umr mohiyatini, yashash sinoatini oʻzgacha anglaydi. Pok qalbli insonlar muhitdagi nosozlik, nohaqlikni hazm qilolmay iztirob, figʻon chekadi, yoʻl axtarishga intiladi. Goʻdak taxmondagi koʻrpa, koʻrpachalar orasidan (oʻzbek xonadoniga xos jihoz) narsa izlaydi. Faqat beshikda yotib, alla tinglaganda biroz orom oladi. Bola kesilgan kindigi bezovta qilgani bois yerga, qon tomgan maskanga talpinadi. Ziyoli ota anglolmagan haqiqatni oʻqimagan, ammo uqqan donishmand Tilanchi tushunadi. Ota goʻdakni oʻzi tugʻilgan maskanga olib borib, norasida fitratiga sokinlik, xotirjamlik baxsh etishiga ishonadi. Qissada ona Vatan, tugʻilgan yurtga mehr, sadoqat mantiqan dalillanadi. Mumtoz adabiyotdagi Qaqnus qush obraziga murojaat etilib, oʻz dardi koʻyida oʻrtangan jonzotning majoz insonga koʻchishi, shiddatli hayotning oniy lahzasini aks ettirishga eʼtibor beriladi. Qissa boshlanishida bayonchilik kuzatiladi. Onaning Yaratganga iltijo paytida goʻdagidan ayrilsa oʻjarlik bilan taqdirini qargʻab oʻtishini aytishi xatoday, zero, inson bu holatda tavozeda boʻlishi maqsadga muvofiq.


Download 38,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish