Urganch davlat universiteti


“Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalar tahlili



Download 38,43 Kb.
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi38,43 Kb.
#87106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ta'lim

3.“Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan hikoyalar tahlili.

Insonni oʻzi yashab turgan muhitdan bir qadar yuksaklikka koʻtarish va tubandagi hayotga bir qur nazar tashlashga undash istagi adabiyotning birlamchi maqsadlaridan biridir. Keyingi yillarda inson ichki holatlarini, kechinmalarini aks ettiruvchi, qalblarni tozalovchi, yuksakka koʻtaruvchi hikoyalar yaratildimi, yaratilgan boʻlsa, ular Gʻ. Gʻulomning “Mening oʻgʻrigina bolam”, A. Qahhorning “Asror bobo”, Sh. Xolmirzayevning “Oʻn sakkizga kirmagan kim bor” hikoyalari kabi dilga yaqinmi va yoki farqlimi? Umuminsoniy tushunchalar bugungi hikoyalarda ham aks etayaptimi, degan savollar ijodkorlar, adabiyotshunoslar oldiga koʻndalang qoʻyilganda qanday javob olamiz? Oʻtish davrining oʻziga xos qiyinchiliklari, maʼnaviy dunyoqarashda roʻy bergan tub burilishlar, shakllangan estetik ideallarning nurashiyu tamoman yangi qiyofadagi zamondosh obrazining paydo boʻlishi, uning ruhiy iztiroblarini qalamga olinishi kitobxonni biroz gangitgani, yangi adabiyotga yot nazar bilan qarashni paydo qilgani sir emas. Biroq bugungi kun adabiyotini tahlil qilar ekanmiz, oʻzimizga qadrdon boʻlgan, asliy va asriy qadriyatlarimizga qaytilayotganiga ham guvoh boʻlamiz.

“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” hamda “Kitob dunyosi” gazetalarining 2013 yilgi sonlarida eʼlon qilingan hikoyalarda ana shu masalalarning koʻtarilayotganligi quvonarli holdir. “Kitob dunyosi” gazetasi sahifalarida ijodkorlarimiz asarlarining jahon adabiyotining mashhur namoyandalari ijodi bilan yonma-yon berilishi nafaqat adabiyotshunoslarimizni, balki oʻquvchilarimizni ham asarlarni tanqidiy koʻz bilan kuzatishga ruhlantirayapti.

2013 yil bu ikki gazetada chop etilgan jami hikoyalar soni 80 ga yaqin. Ular adabiyotimizning oʻq tomiriyu tanasiga aylangan ijodkorlardan tortib, badiiy ijod olamiga endi qadam qoʻyayotgan, hali kitobxonu adabiy jamoatchilikka yaxshi tanish boʻlmagan qalamkashlar hikoyalaridan iborat.

Gazetalarimizda Oʻlmas Umarbekovning “Xadicha”, Shukur Xolmirzayevning “Qorbobo keladi” hikoyalarining chop etilishi oʻquvchilarimizni otaxon hikoyanavislarimiz ijodiga yana bir bor nazar tashlash imkonini berganligi bilan ahamiyatlidir. “Kitob dunyosi” gazetasi oʻquvchilarni professional-zamondosh ijodkorlar bilan tanishtirish maqsadida Erkin Aʼzamning bundan bir necha yillar avval nashr etilgan “Manana” hamda yangi hikoyalaridan biri “Huloʻl”, Isajon Sultonning “Ota qasidasi”, Joʻra Fozilning “Sohildagi uy”, “Toʻy”, “Qoʻshiq”, Normurod Norqobilovning “Keksa tut”, Qoʻchqor Norqobilning “Nozi,… Nozigul”, Nurulloh Muhammad Raufxonning “Etakdagi kulba”, Erkin Norsafarning “Kapalaklar ortidan”, “Chol va nabira”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Koʻrinmas farishtalar”, Luqmon Boʻrixonning “Kutilmagan tashvish”, Nodir Normatovning “Ayol ovozi”, Shoyim Boʻtayevning “Dasta rayhon”, Otaulining “Diydor”, Ashurali Joʻrayevning “Ketmon yuzidagi oy”; ham sheʼriyatda, ham nasrda ijod qilayotgan ijodkorlarimizdan Xosiyat Rustamovaning “Gilam”, Halima Ahmedovaning “Sulaymonning bogʻi” kabi hikoyalari va bir qator yosh ijodkorlarning jami 45 ga yaqin hikoyalari eʼlon qilindi. Shuningdek, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida Ulugʻbek Hamdamning “Vatan haqida qoʻshiq”, Abduqayum Yoʻldoshning “Shingil hikoyalar”, Qoʻchqor Norqobilning “Oqibat daraxti”, Nabi Jaloliddinning “Mustaqillik”, Joʻra Fozilning “Yangi bogʻlarda”, “Bayramning rangi”, Abdusattor Hotamovning “Muz ustida”, Allanazar Abdiyevning “Burgut choʻqqisi”, Gulchehra Asronovaning “Yoʻlda”, “Vatan”, Asliddin Mustafoyevning “Hassa”, “Yoʻlovchi”, Muborak Rustamovaning “Shaharlik muallim”, Shodmon Otabekning “Xonadon”, Samiya Aqiyevaning “Nasiba”, Karimberdi Toʻramurodning “Palov” kabi 30 dan ortiq turli mavzulardagi hikoyalari bosildi.

Hikoyalar tahliliga oʻtar ekanmiz, avvalo, oʻzbek nasrining bugungi qiyofasini belgilab beradigan ijodkorlar hikoyalariga eʼtiborimizni qaratdik. Adabiyotimizda oʻz uslubi va oʻrniga ega yozuvchilarimizdan biri Erkin Aʼzamdir. 2013 yilda “Kitob dunyosi” gazetasida adibning “Manana” hamda “Halol” hikoyalari chop etildi. Birinchi asar bundan 30 yil oldin yaratilgan boʻlsa-da, bugungi kun uchun ham muhim boʻlgan voqealar bayon etiladi. Bu asar yozuvchining kitoblariga ham kiritilgan. Asar haqida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida Murtazo Qarshiboyevning munosabati ham eʼlon qilindi. Hikoya adibning toʻplamlaridan biriga kiritilganligi va ilmiy jamoatchilikka yaxshi tanish boʻlganligini inobatga olib biz u haqda batafsil toʻxtalishni lozim topmadik. Yozuvchimizning ikkinchi hikoyasi “Huloʻl” ham oʻquvchini befarq qoldirmadi. Asarning nomlanishining oʻziyoq unga boʻlgan qiziqishni orttiradi. Adib asarlarining oʻziga xosligini taʼminlovchi asosiy vositalardan biri, asarlaridagi ohang va jonli xalq tilidan unumli foydalanishdir. Erkin Aʼzam har bir asarida oʻziga xos ohang topadi va asar soʻnggigacha shu ohangni saqlaydi. Yumor, kinoya, detal tanlash bu hikoyada ham yetakchilik qiladi. Hikoyada ayol uchun baxt nima, degan savol oʻrtaga tashlanadi.

Normurod Norqobilovning “Keksa tut” (“Kitob dunyosi”) hikoyasi kundalik turmushimizda ahyon-ahyonda uchrab tursa-da, dilimizga gʻashlik soladigan, insonning qadr qimmati sustlashib borayotgan, mehr-oqibat unutilayotgan, inson ruhiyatidagi odamiylik degan tuygʻularning yoʻqolib, kundan kunga mayda tashvishlar bilan oʻralashib borayotganligini bayon etishi bilan qimmatlidir. Ming yillarga guvoh boʻlgan tutning eʼtiborsiz harakat tufayli qulashi nurab borayotgan qadriyatlarga ishoradir. Hikoya uchun tanlangan syujet, detallashtirish mahorati adib uslubining oʻziga xosligini taʼminlagan.Gazetada Oʻlmas Umarbekovning “Xadicha”, Shukur Xolmirzayevning “Qorbobo keladi” hikoyalarining chop etilishi oʻquvchilarimizni otaxon hikoyanavislarimiz ijodiga yana bir bor nazar tashlash imkonini berganligi bilan ahamiyatlidir. “Kitob dunyosi” gazetasi oʻquvchilarni professional-zamondosh ijodkorlar bilan tanishtirish maqsadida Erkin Aʼzamning bundan bir necha yillar avval nashr etilgan “Manana” hamda yangi hikoyalaridan biri “Halol”, Isajon Sultonning “Ota qasidasi”, Joʻra Fozilning “Sohildagi uy”, “Toʻy”, “Qoʻshiq”, Normurod Norqobilovning “Keksa tut”, Qoʻchqor Norqobilning “Nozi,… Nozigul”, Nurulloh Muhammad Raufxonning “Etakdagi kulba”, Erkin Norsafarning “Kapalaklar ortidan”, “Chol va nabira”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Koʻrinmas farishtalar”, Luqmon Boʻrixonning “Kutilmagan tashvish”, Nodir Normatovning “Ayol ovozi”, Shoyim Boʻtayevning “Dasta rayhon”, Otaulining “Diydor”, Ashurali Joʻrayevning “Ketmon yuzidagi oy”; ham sheʼriyatda, ham nasrda ijod qilayotgan ijodkorlarimizdan Xosiyat Rustamovaning “Gilam”, Halima Ahmedovaning “Sulaymonning bogʻi” kabi hikoyalari va bir qator yosh ijodkorlarning jami 45 ga yaqin hikoyalari eʼlon qilindi.

Qoʻchqor Norqobilning “Nozi,… Nozigul” (“Kitob dunyosi”), “Oqibat daraxti” (“OʻzAS”) hikoyalari eʼlon qilingan. “Nozi,… Nozigul” hikoyasi bir muhabbat haqidagi anʼanaviy uslubda yozilgan. Mavzu garchand yangi boʻlmasa-da, muallif muhabbatning boqiyligi, koʻngilga tashrif buyurgan ilk tuygʻuning yillar oʻtgani sayin mustahkamalanishi haqida yana bir bor eslatadi. Ammo asarda bugungi ijtimoiy hayotimizning katta muammolari aks etgan, deya olmaymiz. Shunday boʻlsa-da, syujet va kompozitsion qurilish jihatidan ancha mukammal hikoyalar sirasiga kiradi. Adibning ikkinchi hikoyasi “Oqibat daraxti” abadiy mavzulardan biri boqiy qadriyatlarimiz haqida. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, uni kelajak avlodlarga meros qoldirish asriy anʼanalarimizdan biri. Lekin bu meros haqida har kimning oʻz hayot falsafasi bor. Yozuvchining asl maqsadi ham shu, bu falsafa kimga qanday xizmat qiladi.

Isajon Sulton bir qancha hikoyalari, romanlari bilan adabiyotshunoslarning diqqat-eʼtiborida boʻlgan yozuvchilarimizdan. 2013 yilda adibning “Ota qasidasi” (“Kitob dunyosi”) nomli hikoyasi chop etildi. Chindan ham asar ota madhiga bagʻishlangan. Hikoya tili sodda va ravon. Hikoyada muammo toʻgʻri tanlangan, tasvirda, voqealarni bayon etishda yozuvchi koʻproq rivoya usulidan foydalangan va maʼlum maʼnoda, bu oʻzini oqlagan. Ammo janr talablari nuqtai nazaridan baholaydigan boʻlsak, asar koʻproq hikoya emas, badiaga xos unsurlarga ega.

Otaulining “Diydor” hikoyasi (“Kitob dunyosi”) Abdulhamid Choʻlpon va otasining diydorlashuvi haqida. Adib hikoyaga shoirning otasi bilan boʻlgan soʻnggi uchrashuvini asos qilib oladi. Hikoyada yozuvchining badiiy niyati toʻgʻri tanlangan, ammo ochilmay qolganga oʻxshaydi. Choʻlpon obrazini yaratishda dramatik lavhalar yetishmaydi. Hikoyada tarixiy faktlar va badiiyat uygʻunligi asosli tasvirlanmagan.

Abdunabi Boyqoʻziyev “Toʻqol kampir” (“Kitob dunyosi”) hikoyasida xalqona qarash va ijtimoiy motivlarga yangicha nigoh bilan yondashib, taʼsirchan syujet yarata olgan. Toʻqol kampirning oʻtmishi misolida bugungi kun muammolarini ham koʻrsatadi. Hikoya chuqur dramatizm bilan yozilgan. Muallif qahramon xarakterini chizishda hech qanday ortiqcha taʼrif tavsiflardan foydalanmaydi. Oddiygina qilib “Nosqovoqni bolam deb ovundi”, deyilishining oʻzi Toʻqol kampirning holatini koʻz oldimizda gavdalantiradi.


Download 38,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish