Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Download 1,96 Mb.
bet34/176
Sana31.12.2021
Hajmi1,96 Mb.
#264862
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   176
Bog'liq
Mehmonxona xo'jaligida xizmatlar sifatini boshqarish

Sifat nazorati - ulchovlarni amalga oshirish va belgilangan talablar bilan takkoslashga karatilgan xarakatlar.

Ishonchlilik - maxsulotning talab kilingan funksiyalarni belgilangan sharoitda belgilangan vakt davomida bajarish kobiliyati.

Nomuvofikllik - belgilangan talablarning bajarilmasligi.

Nukson - belgilangan ekspluatatsiya talablarning bajarilmasligi.

Sobik Sovet Ittifoki davlatlarida xam sifatni ta’minlash va boshkarish xarakati keng tarkalgan edi. Sifatni ta’minlash buyicha muntazam tizim Saratov viloyatida 1955 yilda vujudga keldi.Ushbu tizimning asosiy tamoyili - bu nuksonsiz maxsulot ishlab chikarish ("bezdefektnoe izgotovlenie produksii" BIP), ya’ni bevosita ijrochilarning ishlab chikarilgan maxsulot uchun mas’uliyati. BIP tizimi xar bir ish joyida sifatni yukori darajasiga erishishga karatilgan edi va uni joriy kilish avvalo ishchilarni kiziktirish, ish joyini va sharoitlarini takomillashtirish, xar bir ijrochining ish sifatini nazorat kilish va baxolash usullarini yaratish bilan boglik bulgan. Sifatni mikdoriy kursatgichlaridan biri - bu maxsulotni texnik nazorat xodimlariga birinchi takdimdan topshirish foizidir.

Ushbu kursatgich nuksonsiz mexnat tizimiga asos solgan bulib, xar bir ijrochining mexnat faoliyatini maxsulot sifatiga boglanishiga olib keladi. Shuni kayd kilish joizni, birinchi takdimdan topshirish kursatgichning takomillashgan shakli xozir xam kup tashkilotlarda kullanib kelinmokda, chunki uning asosiy afzalliklari -soddalik va axborotlilik - xozirgi vaktda xam katta axamiyatga ega.

Saratov tizimining takomillashuvi Gorkiy shaxri korxonalarida "Sifat, ishonchillilik, resurs birinchi maxsulotdan" (KANARSPI) tizimini vujudga keltirdi. Ushbu tizimning mazmuni maxsulot yaratish yulga kuyish kunidan boshlab uning sifati, ishonchliligi va uzok muddat xizmat kilishini ta’minlash buyicha konstruktorlik, texnologik va tashkiliy tadbirlarni kompleks ravishda tadbik kilishdadir. Ushbu tizim butun texnologik jarayonining yukori sifatli maxsulot chikarishga muntazam ravishda moslashtirishni maksad kilib kuygan edi. BIP tizimidan asosiy farki e’tiborni mexnat sifatiga emas, balki ishlab chikarishni tashkiliy - texnologik sifatlariga karatishdan iborat edi.

Sifatini boshkarishning yana bir uziga xos tizimi "motoresursni oshirish buyicha ishlarni ilmiy tashkil kilish" (NORM) deb ataladi. Ushbu tizimning asosiy elementlariga kuyidagilar kiritiladi:


  • ishlab chikarilgan materiallarning ishonchliligi maxsus tayanch nuktalari orkali yigilish va kayta ishlash;

  • maxsulotni yaratish soxasidagi jaxon tajribasini urganish, uni ijodiy yondashuv asosida korxonaga moslashtirish imkonini maxsus tuzilgan ilmiy bulinmalar tomonidan tadkikot kilish;

  • motorlarning sifati va xizmat muddatini oshirish buyicha ilmiy izlanishlarga ishlab chikarish faoliyatini buysindirish;

  • ishchi va xizmatchilar malakasini doimiy ravishda oshirish;

  • erishilgan sifat darajasini saklab kolishning tashkiliy - texnik choralarini doimiy ravishda amalga oshirish;

  • maxsulot attestatsiyasini joriy kilish;

  • maxsulotlarni ishlatuvchi iste’molchilar bilan birgalikda motorlar ishonchligi va xizmat muddatini oshirish choralarini ishlab chikish:

80-yillarda "maxsulot sifatini boshkarishning kompleks tizimi" (KSUKP) xarakati sanoatning barcha soxalarda keng kullanildi.

Ushbu tizimning asosiy xususiyatiga korxona standartlarini joriy kilish va ularga kat’iy rioya kilish kiradi. Mazkur tizim oldingi sifatni boshkarish tizimlarning barcha ijobiy tomonlarini uz ichiga kamrab olgan edi.

Maxsulot sifatini boshkarish kompleks tizimida sifat darajasini oshirish asosiy maksad kilib kabul kilingan edi va bu maksadga kuyidagilar orkali erishish kuzda tutilgan:


  • oliy sifat kategoriyali yangi maxsulotlarni yaratish va ishlab chikarishga joriy kilish;

  • ishlab chikarish assortimentida oliy sifat kategoriyali maxsulot xissasini doimiy ravishda oshirib borish;

  • ishlab chikarilayotgan maxsulotlarni doimiy ravishda mukammallashtirish;

  • davlat standartlariga moslashtirilgan korxona standartlarini joriy kilish;

  • maxsulot attestatsiyasini utkazish;

  • xodimlarni moddiy va ma’naviy kiziktirishning barcha jabxalarini maxsulot sifatiga boglash;

  • sifatni nazorat kilish va baxolash usullarini takomillashtirish.

Mazkur tizim birinchi marotaba ishlab chikarish korxonaning uziga xosligini va maksadlari xususiyatlarini xisobga oladigan buldi. Masalan: xar bir korxona uz imkonidan kelib chikkan xolda assortiment va sifat siyosatini ishlab chikish imkoniga ega buldi. Bundan tashkari korxona standartlarining soni va tarkibi mustakil ravishda tanlanishiga asos yaratildi. Uz navbatida ushbu tizim korxonalar erkinligini va mustakilligini oshirishga sharoit yaratib berdi.

Maxsulot sifatini oshirish kompleks tizimining ijobiy tomonlari uning sanoatda, kurilishda, transportda va savdoda joriy kilinishiga sabab buldi.

Ammo, Sovet Ittifokida xukm surayotgan ma’muriy-buyrukbozlik boshkaruv tizimi sifatni boshkarish tizimlarining muvaffakiyatli faoliyat kursatishiga tuskinlik kildi. Avvalambor, barcha korxona va tashkilotlar davlat tasarrufida bulganligini yoddan chikarmaslik zarur. Demak davlat xujalik yurituvchi sub’ektlarining mustakil bulishidan manfaatdor bulmagan. Ikkinchidan, ma’muriy boshkaruv tizimida barcha kursatkichlar yukoridan belgilangan va korxona imkoniyati xamda maksadlari bilan umuman xisoblashilmagan.

"Erishilgandan rejalashtirish" koralangan usuli korxonalarga bajarib bulmaydigan kursatkichlar belgilanishiga olib keldi va korxonalarni mavjud imkoniyatlarini oxirigacha ishlatmaslikka majbud kildi.

Bundan tashkari mustabid tizimda inson erkinligining bugilishi uning tashabbuskorligi, tadbirkorligi kabi fazilatlarining keng rivojlanishiga tuskinlik kildi.

Bozor munosabatlarning shakllanishi bunday tusiklarni buzib tashladi. Korxona, tashkilotlar va aloxida tadbirkorlar bozor talablarini tula kondirishi uchun sifatni boshkarish tizimlarini yaratishga manfaatlidirlar. Shu sababli yukoridagi tizimlarning ijobiy tomonlarini takomillashtirish, zamonga moslashtirish va ommaviy kullash davr talabi deb ta’kidlasak mubolaga bulmaydi.





  1. Download 1,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish