2-MODUL. SIFATNI BOShQARIShNING NAZARIY VA AMALIY YoNDAShUVLARI
3-mavzu: Sifatni boshqarish ilmiy maktablari shakllanishi va rivojlanishi
1. Sifatni boshqarish ilmiy asoslarining vujudga kelishi. Sifatni boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishida vatanimiz va sobiq ittifoq olimlarining qo‘shgan hissasi.
2. Sifatni boshqarishning AQSh maktabi shakllanishi va rivojlanishi.
3. Sifatni boshqarishning yapon maktabi va uning asosiy jihatlari.
1. Sifatni boshqarish ilmiy asoslarining vujudga kelishi. Sifatni boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishida vatanimiz va sobiq ittifoq olimlarining qo‘shgan hissasi.
Bizlarning zamonamiz rivojlangan tovar ishlab chikarish jamiyatlari zamonidir. Tovar ishlab chikarishning zaminida ixtisoslashuv, kooperatsiya va ayrimboshlash yotadi.
Ixtisoslashuv yukori mexnat unumdorligini ta’minlaydi va shu bilan jamiyatning farovonligiga asos soladi. Shubxasiz fakat mexnat unumdorligining yukori chukkilariga chikishgina xozirgi xalk boyliklarini vujudga kelishiga sabab bulgan.
Kooperatsiya tovar ishlab chikarishda mukammal alokalarni yaratish asosida ummuiy xarajatlarni kamaytirishga olib kelgan. Masalan: avtomobil motorlarining eng sifatli va arzoni Angliyada ishlab chikariladi. Demak, Uzbekistonda kimmat matorlarni ishlab chikarish urniga arzon motorlarni sotib olib avtomobillarga urnatamiz va "Neksiya"larimiz yanada arzon buladi. Xalkaro mikyosdagi koopearsiya AKSh, Yaponiya, Singapur Janubiy Koreya kabi davlatlarning rivojlanish negizidir.
Va nixoyat tovar ishlab chikarish jamiyatining uchinchi va eng muxim elementi ayirboshlashdir. Jamiyat a’zolarining ayirboshlash asosida faoliyat kursatishi ixtisoslashuv va koopearsiyani vujudga keltiradi. Ayirboshlash zarurati kuprok maxsulot yaratilishiga olib keladi. Ayirboshlash jarayoni ishlab chikarishning zarurligini baxolaydi va sifatga e’tibor berishga olib keladi.
Iktisodiy nazariyada teng ayirboshlash tushunchasi mavjud., ya’ni kiymati teng bulgan buyumlar almashish ob’ektlari bulishi mumkinligiga ta’kidlanadi.
Bu yerda kiymat tarikasida ijtimoiy mexnat sarflari tushuniladi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, ayirboshlash vaktida tomonlar ushbu buyumning "kiymatini" uzlari kelishadilar. Ya’ni tomonlarning fikricha ayirboshlanadigan buyumning foydaliligi berilayotgan buyumdan yukori buladi.
Demak, ayirboshlashda buyumning kiymati emas, balki iste’mol kiymati muxim urinni kasb etadi.
Iste’mol kiymati anik bir shaxsga nisbatan yoki anik bir buyumga nisbatan namoyon buladi. Xar bir shaxs ushbu buyum kanchalik foydaliligini uzi xal kiladi. Xozirgi vaktda ushbu foydalilik darajasini urganish va me’yorlashtirish usullari kashf etilgan va muvaffakiyatli kullanmokda. Bozor iktisodiyotida iste’mol kiymatini buyum baxosiga tenglashtirish tajribasi asosiy urinni egallaydi.
Sifat tushuchasi juda keng ma’noda ma’lum talablarga yoki kursatkichlarga javob berishni anglatadi. Sifat kursatkichlari deganda ma’lum tovar , xizmat, tabiiy yeki siyosiy xodisa va boshkalarning jamiyat kuygan talablari tushuniladi. Xayotda xar bir kichik yeki katta narsaga ma’lum talab kuyiladi. Masalan: Turar joy binosi yashashga mos bulishi kerak; avtomobil yukni tashish vazifasini bajarish kerak, yozda ob-xavo ma’lum darajada bulishi kerak va xokazo. Ushbu talablarning bajarilishi maxsulot yeki jaraenning sifatni yeki sifatsizligini belgilab beradi.
Maxsulot sifati tushunchasi xam yukoridagilarga asoslangan xolda ta’riflanadi.
Maxsulot sifati - bu maxsulot yeki xizmatning shunday xossalar va kursatkichlar majmuasini, ular maxsulotda belgilangan yeki potensial extiyojlarni kondirish kobiliyatini yaratadilar.
Ushbu atama kuyidagilarag asoslanadi:
xar bir maxsulot yeki xizmat ma’lum extiyojni kondirish uchun yaratiladi, demak uning foydali kursatkichlari oldindan belgilanadi;
xar bir maxsulot kuplab turli xossalarga ega va bu xossalar nafakat oldindan kuzlangan extiyojni balki yana boshka potensial extiyojlarni kondirishi mumkin;
shu kuplab xossalarning, ichida xaridor yeki iste’molchilarning fakat extiyojni kondiruvchi xossalari kiziktiradi.
Demak, maxsulot sifatini albatta iste’molchi nuktai nazaridan kurib chikilishi maksadga muvofikdir. Maxsulot sifatini belgilovchi xossalar birlamchi sifat belgilari (BSB) deb ataladi. Ushbu birlamchi sifat belgilari maxsulot ishlab chikarish jarayonida ishchilarning psixologik, ijtimoiy va iktisodiy sharoitlarga turlicha e’tibor berishlari va ularga doimiy ravishda boshkaruv xarakatlarini amalga oshirish bilan boglik . Tajriba shuni kursatadiki ishchilarning mexnat kilish sifati maxsulot sifatining eng asosiy omillaridan biri xisoblanadi.
Sifat - bu maxsulotning (xizmatning) belgilangan yoki taxmin kilinadigan extiyojlarni kondirish kobiliyatini shakllantiruvchi xossalar va kursatkichlar majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |