Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


-rasm. Mintaqaviy turistik xizmat bozori samaradorligini belgilovchi shartlar



Download 6,6 Mb.
bet23/141
Sana03.01.2022
Hajmi6,6 Mb.
#315126
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141
Bog'liq
Turistik xizmatlar bozori(1)

1-rasm. Mintaqaviy turistik xizmat bozori samaradorligini belgilovchi shartlar

Yuqoridagi 1-rasmda ko‘rsatilmagan boshqa shartlarga turistik sohada amalda bo‘lgan qonunchilik muhitini hamda tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlarini kiritish mumkin. Ammo turli sabablar oqibatida, masalan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida, bozor nochor bo‘lib qolishi mumkin, bu esa kutilganidan past iqtisodiy natijalarga olib keladi. Bunday holatda davlat aralashishga majbur bo‘ladi hamda turistik xizmat bozoriga ta’sir qiladigan tadbirlar qo‘llab, iqtisodiy holatni yaxshilashning tezkor chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, turistik xizmat bozori faoliyati samaradorligining oshishi ham davlat boshqaruvi hisobidan ta’minlanar ekan. Turizmning davlat tomonidan boshqarilishining asosiy maqsadi mamlakatda turistik faoliyatni tashkil etish va rivojlantirishning aniq reja va qoidalarini ishlab chiqish hamda qonunlarni qabul qilishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining 1999 yilda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunida davlat siyosatining turizm sohasidagi asosiy yo‘nalishlari va davlat organlarining turizm sohasida joylardagi vakolatlari belgilangan.17

Mamlakatimizda turistik faoliyatni davlat tomonidan boshqarishda turli tamoyillarga amal qilinadi. Davlat turistik faoliyatni O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri sifatida e’tirof etib, turistik faoliyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi va uni amalda bajarish uchun qulay sharoitlar yaratadi; ahamiyatli yo‘nalishlarni aniqlab, ularni rag‘batlantiradi; xorijda O‘zbekistonning turizm uchun qulay mamlakat sifatidagi nufuzini shakllantiradi hamda uni xalqaro maydonda reklama qiladi; shuningdek, o‘zbek turistlari, turoperatorlari va turagentlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Turizm xizmat bozoridagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:


  • turizm industriyasini rivojlantirish;

  • fuqarolarning dam olish huquqlarini, sayohat qilishda harakatlanish erkinligini ta’minlash;

  • turistik resurslardan oqilona foydalanish va ularni saqlash;

  • bolalar, yoshlar, nogironlar va aholining kam ta’minlangan qatlamining turizmdan foydalanish bo‘yicha me’yoriy bazasini takomillashtirish;

  • turistik industriyani rivojlantirishga mablag‘ jalb qilish;

  • turistik xizmatlar bozorida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish;

  • turistlar xavfsizligini, ularning huquqlari, qonuniy manfaatlari va mulkiy himoyasini ta’minlash;

  • turizm sohasining ilmiy ta’minotini tashkil qilish va rivojlantirish;

  • kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • xorijiy mamlakatlar va halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Turizm xizmat bozorining xorijdagi boshqaruvini tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda davlat boshqaruvining uchta modelini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi model markazlashgan davlat ma’muriyatining yo‘qligini nazarda tutadi, bunda barcha masalalar bozor “o‘z-o‘zini tashkil etish” tamoyili asosida joylarda hal qilinadi. Ayrim mamlakatlar hukumatlari ushbu mamlakat turizmi xalqaro bozorda mustahkam o‘rin egallagan va u xorijiy turistlar uchun doimo sirli va jozibali bo‘lganida yoki turistik bozor sub’ektlari nufuzli mavqeni egallaganda, shunday qarorlarni qabul qiladi. Bunday holda turistik bozor sub’ektlari, ya’ni turfirmalar o‘z muammolarini davlat ishtirokisiz mustaqil hal qila oladilar va ular butun milliy bozor manfaatlariga ega va mustaqil reklama aksiyalariga qodir bo‘lishganda, shunday qarorlar qabul qilishi mumkin. Turizm industriyasining bunday boshqarish modelidan AQShda foydalanilgan (1997 yilda AQShda turizm bilan shug‘ullanuvchi VSTTA davlat tizimiga barham berilgan).

Ikkinchi model butun soha faoliyatini nazorat qiluvchi kuchli va nufuzli vazirlikning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunday boshqaruvni amalga oshirish uchun ma’lum shart-sharoitlar talab qilinadi, jumladan, turizm industriyasiga, reklama va marketing faoliyatiga, turistik infratarkibga katta mablag‘lar sarflash lozim bo‘ladi. Ushbu model bo‘yicha turistik sohani boshqarish Turkiya, Misr, Tunis kabi turizmga mamlakatga valyuta kirib kelishining asosiy manbalaridan biri sifatida qaraydigan davlatlarda joriy qilingan.

Uchinchi model Yevropa davlatlarida qo‘llanilib, mamlakat turistik faoliyatini rivojlantirish masalalari ma’lum bir ko‘ptarmoqli vazirlik tomonidan hal qilinadi. Masalan, G‘arbiy Yevropada bu faoliyat bilan ko‘proq iqtisodiy yo‘nalishdagi vazirlik shug‘ullanadi. Davlat boshqaruvining bunday modelining jiddiy xususiyatlaridan yana biri – davlat turizm ma’muriyati tashkilotlarini ikki toifaga ajratishidir. Birinchi toifadagi tashkilotlar davlat boshqaruvining global masalalari bilan shug‘ullanadi va tarmoq uchun me’yoriy-huquqiy bazani yaratish, statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, mintaqalar faoliyatini muvofiqlashtirish, halqaro darajadagi hamkorlik masalalari bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi toifa tashkilotlar esa marketing tadqiqotlarini olib boradi. Bu toifadagi tashkilotlar turistik vazirlik tarkibiga kiruvchi yoki unga bo‘ysunuvchi, ammo boshqaruv organi bo‘lmagan muassasa hisoblanadi. Xorijda ushbu mamlakat haqida tasavvurni yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha faoliyat ularning zimmasida bo‘ladi (jumladan, ko‘rgazmalarda ishtirok etish, xorijdagi turvakolatlarning boshqaruvi). Shuningdek, moliyalashtirishning asosiy ulushi aynan ushbu toifadagi institutlar zimmasiga tushadi.

Bundan tashqari, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida davlat boshqaruvidagi turistik ma’muriyat davlat topshiriqlariga xususiy sektordan moddiy mablag‘larni jalb qilish uchun, turli darajalardagi boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zaro foydali hamkorlik shakllarini topish uchun mahalliy hukumat hamda xususiy biznes sohasi bilan yaqin munosabatda ishlaydi.

Xalqaro turizmning rivojlanish tendensiyalari, turistik sohani tashkil etish uslubi va tuzilishiga ko‘ra O‘zbekiston sharoiti uchun, bizning fikrimizga ko‘ra, turizm sohasini boshqaruvning uchinchi modeli ma’qul keladi.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda shakllangan turizm tizimi yuz berayotgan davlat mulkchilik shakllari ustunligiga asoslanuvchi yuqori darajada markazlashgan ma’muriy tizimdan mulkchilikning turli shakllarini biriktiruvchi xo‘jalik mexanizmiga o‘tish jarayonini aks ettiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida markazlashmagan turistik faoliyatni amalga oshirish huquqini mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalarga berishni taqozo qiladi. Ushbu jarayon turli assotsiatsiyalar, ittifoqlar va uyushmalar tuzish bilan amalga oshiriladi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda turizm sohasida shakllangan vaziyatni hisobga olib, turistik kompleksni boshqa-rishning uch darajadan iborat (makroiqtisodiy, mezoiqtisodiy, mikro-iqtisodiy darajalarda) tashkiliy tuzilmasini taklif qilamiz.

Makroiqtisodiyot darajasida yuqori qonun chiqaruvchi organda -O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1999 yilda «Turizm to‘g‘risida”gi Qonun tayyorlangan edi, hozirgi paytda Qonunchilik palatasida uni takomillashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ammo turizm sohasining kelajakdagi iqtisodiy ahamiyatini va uning byudjet hosil qilish funksiyasini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu masalani ko‘rib chiqish Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar” masalalari Qo‘mitasiga emas, balki iqtisodiyot va tadbirkorlik sohalari bilan shug‘ullanuvchi Qo‘mitalarning biriga topshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.

Turistik faoliyatning makroiqtisodiyot darajasidagi davlat boshqaruvining yetakchi yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:



  • turistik xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoyalash;

  • turistik bozorning samarali ishlashi, turistik ko‘rgazma ob’ektlari, mehmonxonalarini qayta ta’mirlash va yangilarini qurishga mablag‘lar jalb qilish hamda turizmni rivojlantirishga zarur bo‘lgan infrastruktura uchun talab qilinadigan huquqiy sharoitlarni yaratish;

  • turizm sohasida kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;

  • monopolizm rivojiga yo‘l qo‘ymaydigan raqobatbardosh muhit yaratish;

  • milliy turizm mahsulotini xalqaro bozorda olg‘a yuritish;

  • tarixiy-madaniy yodgorliklarni saqlash va himoyalash.

2-rasm. O‘zbekistonda turizm kompleksini boshqarishining tashkiliy tuzilmasi

Mezoiqtisodiyot darajasida davlat organlari bo‘lgan tarmoq vazirlik idoralari hamda mahalliy hukumat organlarining turizm sohasi bo‘yicha joylardagi vakolatlari va vazifalari belgilangan bo‘lishi kerak. Shu jihatdan, “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va qayta tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Uning bosh maqsadi O‘zbekistonda yuqori samarali va raqobatbardosh zamonaviy turizm bozorini shakllantirish va shu asnoda, o‘zbek hamda xorij fuqarolarining turistik xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun keng imkoniyatlarni yaratishdir. Natijada, turizm mamlakat iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shishi, jumladan, yangi ish o‘rinlarining ko‘payishi va davlat byudjetiga soliq to‘lovlarining kelib tushishi, chet el valyutasining oqib kirishi, madaniy va tabiiy merosni saqlash hamda oqilona foydalanish hisobiga yangi turistik majmuani yaratish kabi muhim ijtimoiy iqtisodiy vazifalar o‘z ijrosini topadi.

Turizm xizmat bozorida mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:



  1. hududiy turistik tashkilotlar bilan ijtimoiy turizmni rivojlantirishning mahalliy dasturlarini yaratish va mazkur turizm destinatsiyasida mintaqaviy maqsadli dasturlarni amalga oshirishda hamkorlik qilish;

  2. mahalliy turistik resurslardan iqtisodiy jihatdan oqilona foydalanish;

  3. turizm industriyasi tashkilotlarida aholi bandligini ta’minlash;

  4. madaniy va tabiiy merosni saqlash va tiklashga, mahalliy turizm infratuzilmasini yaxshilash va rivojlantirishga daromad mablag‘larni yo‘naltirish.

Turistik kompleksning boshqaruv tizimini tashkil etishning mikroiqtisodiyot darajasida turizm industriyasida ish yuritayotgan turli mulk shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar, korxonalar va “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasining viloyatlardagi mintaqaviy bo‘limlari va byurolari faoliyat yuritadi. 2009 yilda O‘zbekiston bo‘yicha turistik korxonalarning soni 620 tani tashkil qilgan bo‘lib, ushbu korxonalarda 4,3 ming kishi ish bilan band bo‘lgan. Demak, o‘rtacha olganda har bir turfirmaga 6 kishi to‘g‘ri kelmoqda18.

Turizmni boshqarish tizimini qayta tashkil etish natijasida yangi va yanada samarali boshqaruv usullari paydo bo‘lmoqda, korxonalar hamda turistlarning huquq va manfaatlari himoyasi kuchaytirilib, turizmni rivojlantirishning maqbul yo‘nalish hamda uslublari aniqlanmoqda. Shubhasiz, turizm sohasida davlat siyosatining muhim qismi uni amalga oshirish mexanizmini tayyorlashdan iborat. Turistik xizmat bozorining davlat tomonidan boshqaruv tarkibining tahlili hozirgi paytda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi iqtisodiy va ma’muriy mexanizmi mavjudligini ko‘rsatdi:



  • soliq imtiyozlari, subsidiyalar va dotatsiyalar;

  • turizm rivojlanishiga yordam beruvchi va turistik xizmatlar iste’molchisi huquqlarining himoyasini ta’minlovchi milliy qonunchilik tizimi va me’yoriy aktlar;

  • mamlakatga kirishda va undan chiqishda pasport qaydlari hamda vizaga oid cheklovlarni kamaytirish;

  • narxlarni turli arzonlashtirish usullarini qo‘llash va imtiyozlar berish yo‘li bilan nomavsumiy turizmni rag‘batlantirish;

  • ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

  • turistlar xavfsizligi talablarning kuchaytirilishi;

  • davlat tomonidan atrof-muhitni, madaniy va tarixiy hamda boshqa bir qator turistik resurslarni saqlash bo‘yicha qo‘llanilayotgan choralarni kuchaytirish.



Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish