Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


A. Sayohat qilish maqsadi bo‘yicha



Download 0,89 Mb.
bet22/45
Sana22.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#838048
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
2 5287265544951568944

A. Sayohat qilish maqsadi bo‘yicha:

  • turistik-sog‘lomlashtirish yo‘nalishlari (faol harakat bilan, cho‘milish, tog‘ chang‘isi);

  • ekskursiya-bilish;

  • sport (turli sport turlari bilan shug‘ullanish);

  • o‘rgatuvchi (tilni, alohida sport turlarini, hunarlarni o‘rganish);

  • tomosha-ko‘ngil ochish (teatr, kino, karnaval, yarmarkalar, festivallarga borish);

  • qiziqishlar bo‘yicha turlar (ov, baliq ovi, meva va qo‘ziqorin terish, badiiy va musiqiy ijod);

  • etnik va maishiy turlar, ya’ni, milliy madaniyat va noan’anaviy turmush tarzini o‘rganish;

  • to‘y sayohatlari;

  • ish va kongress turlar;

  • ishlab chiqarish va tanishtirish dasturlari va h.k.

B. Harakatlanish usuli bo‘yicha:

  • statsionar turlar;

  • yo‘nalishli turlar;

  • xich-xayking (avtostop bilan sayohat qilish);

  • veloturlar va boshqalar.

V. Sayohat qatnashchilari tarkibi bo‘yicha:

  • guruhli turlar;

  • individual turlar;

  • oilaviy turizm: bolalar va o‘smirlar turizmi, yoshlar turizmi;

  • "Uchinchi", "to‘rtinchi" yoshdagi odamlar turizmi;

  • VIP-turlar va boshqalar.

Qayd etib o‘tish lozimki, dasturlarning bu ro‘yxatini tugadi deb hisoblash kerak emas. Turizmning aynan dasturiy yo‘nalishi ahamiyatli darajada tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchan va moda, qiziqishlar, eskirish va qiziqishning yo‘qolishi kabi oldindan aytib bo‘lmaydigan yo‘nalishlarga bog‘liq. Shuning uchun vaqt o‘tishi bilan yangi dasturlar turlari paydo bo‘ladi, avvalgilari esa yo‘qoladi. Menejerlar vazifasi - talab va ehtiyojlarni kuzatib borish va bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida ta’sir javobini qaytarishdan iborat.
Dasturiy xizmat ko‘rsatish muammolari, turizmda yangi yo‘nalish va turlarning yuzaga kelishi xalqaro darajada muhokama qilinadi va BTT xizmat ko‘rsatish shakllari va dasturlari takomillashishi muammosini dolzarb deb tan oladi. 1998 yil Lissabonda XXI asr turizmining asosiy tendensiyalari tahliliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilgan. Konferensiyada dunyoning 80 mamlakati vakillari, shu jumladan, 55 turizm vazirliklari qatnashdilar. Bu mazkur masalaga butun dunyo turizm mutaxassislarining jiddiy e’tiborini bildiradi.
Konferensiyaning maqsadlaridan biri turizm bozorining yaqin o‘n yillikda tez sur’atlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan segmentlarnini aniqlashdan iborat edi. Shunday segmentlarga ekoturizm, kruizlar, suvda aktiv dam olish, qutbga yaqin joylarga, cho‘llarga, tropik o‘rmonlarga sayohat qilishni misol qilib keltirsa bo‘ladi. «Turizm - 2020 yilga nazar» izlanishi natijalari e’lon qilindi, turmahsulot nisbatan tez sur’atda rivojlanadigan bozorning besh segmenti aniqlandi: sarguzasht, ekologik, madaniy turizm, kruizlar va tematik parklarga sayohat qilish.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish menejmentining dolzarb yo‘nalishlaridan biri animatsiya, ya’ni, xizmat ko‘rsatish dasturlari, turistlar dam olishi va hordiq chiqarishini jonlantirishdir. Bu hodisa turizmda interer hashamatliligi va servisi bo‘yicha teng bo‘lgan kurortlar raqobati natijasida yuzaga kelgan. «Xizmat ko‘rsatishni animatsiyalashtirish» formulasi topilgan.
Animatsiya - bu bo‘sh vaqtni o‘tkazishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir.
Bunga turistlar va ekskursantlarni «tirilgan» tarixiy personajlar kutib oladigan animatsion shou-muzeylar yoki kechasi mehmonxonada turistlar ishtirokida shoular tashkil qilishlar kiradi.
Animatsion dasturlar sport o‘yinlari va musobaqalarini, raqs kechalarini, karnaval, uyin, ma’naviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Turli xil liboslarga asoslangan turistik mahsulotlar - bu animatsion turizmning avangard yo‘nalishlaridan yana bittasidir. Bunga misol -turistlarning Amerika ranchosida dam olishi bilan birga tashkil etilgan tur bo‘lib, unda turistlarga kiyim, kovboy narsalari beriladi, otda yurish va kovboylik mahoratlari o‘rgatiladi.
Venada turistlar borishi mumkin bo‘lgan an’anaviy professional ballar: Avstriya qurolli kuchlari ofitserlari bali, farmatsevtlar, ovchilar, qandolatchilar, kir yuvuvchilar ballari o‘tkaziladi. Bu ballarga boruvchilar XIX asrga moslab tikilgan kiyimlarni ijaraga olishlari mumkin. Bunday turlar turistlarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ballar istalgan saroy yoki qal’alarda tashkil etilishi mumkin.
Sport yoki etnofolklor, sarguzasht yoki xobbi turlar animatsiyasi ssenariysi va harakteriga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq bu yerda bevosita turistlarni qatnashtirish asosida dasturni jonlantirish umumiydir.
Boshqa yo‘nalish - bu mehmonxona va dam olish markazlarida turistlar dam olishini bevosita animatsiyalashtirish.
Animatorlar (ko‘p hollarda yoshlar) turistlar bilan doimiy ravishda ishlashadi. Ularnig asosiy vazifasi - mijozlarni zeriktirib qo‘ymaslikdir. Ko‘pincha, bunday ishchilar all-inklusive tipidagi klublarda uchraydilar. Turistlar kunduzi ularni butik rastasida yoki kortda, sport musobaqalari yoki baliq ovida ko‘rishlari mumkin, kechasi esa aynan shu xodimlar turistlar qatnashishi ko‘zda tutilgan qiziqarli shou tashkil qiladilar. Animatorlar, odatda, forma sifatida turistlar uzoqdan ko‘rishlari va tanib olishlari uchun ochiq rangli fotbolkalarni tanlashadi. Futbolkada uning ismi va u biladigan tillar davlatlari bayroqlari bor kartochka bo‘ladi. Ular xushmuomala bo‘lishadi va turistlar bilan eski tanishlardek ko‘rishadilar: "Qalay, kechagi ekskursiya yoqdimi? Keling, biz bilan voleybol o‘ynaysiz". Mijozlar yuzini eslab qolish - ularning professional majburiyatidir.
Animatorlar ishi qiziq va quvnoq bo‘lishi bilan birga og‘ir hamdir. Ertalab ular aerobik mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar, plajda turistlarni ko‘ngil ochishlarini tashkil qiladilar. Kunduzi turistlar bilan ekskursiyaga va do‘konlarga boradilar. Kechqurun shou va bardagilar zerikib qolmasligini ham ta’minlashlari kerak. Kimnidir raqsga taklif qilish, kim bilandir shunchaki suhbatlashish lozim. Shuning uchun ham, odatda, yoshlar animator bo‘lib ishga kiradilar.
Til to‘sig‘i mavjudligi bemalol suhbatlashishga yordam bermaydi va animatorlarga qo‘yiladigan birinchi talablardan biri kamida ikki xorijiy tilni bilishdir. Agar undan ko‘p bo‘lsa yanayam yaxshi. Shunda animator turli davlatlardan kelgan turistlar bilan ishlay oladi va juda kerakli mutaxassisga aylanadi.
Animatorlar ishining yaxshi misoli sifatida "Klub Med" kurortlari tizimi klublarini keltirsa bo‘ladi. "Klub Med"ga animator bo‘lib ishga kirgan odamlar haqiqatda ham bilimi va universalligi bilan ajralib turadi. Ular nafaqat yosh, chaqqon bo‘lishi, balki kamida ikkita tilni bilishi, hamma bilan til topishib keta olishi lozim. Bu yerda alohida lavozim - GO -. fransuz tilidan olingan Gentils Organisateurs so‘zining qisqartmasi - "yoqimli tashkilotchilar" bo‘lishi mumkin. GOning asosiy vazifasi - "Klub Med"ning barcha shaharchalari ajralib turadigan erkinlik va tabiiylik muhitini yaratishdan iborat. Agar barda biror kishi zerikayotgan bo‘lsa, albatta, GOning yoniga o‘tkazishadi va suhbatga tortishadi. Ular doimo biror hazil yoki qiziqarii narsani bilishlari mumkin. Mijozlarni ham bu yerda hurmat bilan - GM - Gentils Members so‘zining qisqartmasi - "klubning yoqimli a’zolari" deb atashadi. Animatorlar sababli "Klub Med"ning istalgan shaharchasida dam olish haqiqiy bayramga aylanadi.
Turlarni animatsiyalashtirish va tashkil etish uchun bayramlar nishonlanadigan sanalar kalendaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir Turistning u yoki bu sanaga qiziqishi, bu qiziqishlarning "jonlantirilgan", turistning o‘zi qatnashadigan ko‘rinishda tashkil etilishi xizmat ko‘rsatish dasturini yanada jonlantiradi. Har safar yangi bayramlarni tashkil qilish qimmatga tushishi bois, doimiy harakatdagi animatsion dasturlarni sotish maqsadga muvofiqdir
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, turizmda animatsiya formulasini quyidagi kompleks ko‘rinishida qabul qilish mumkin: qiziqishlardan foydalanish, ekspozitsiyalarni jonlantirish, harakatlarga turistlarni jalb qilish, tomoshalarning turli-tumanligi.
Shundan kelib chiqib, turizm animatsiyasi uslubiy asoslarini quyidagicha shakllantirish mumkin:

  • operatorning hordiq chiqarish va tomoshalar markazlari, festival va karnavallar tashkilotchilari bilan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish dasturiga tadbirlar ma’lumotlarini faol qo‘shib borish;

  • sodir bo‘layotgan tadbirning psixologik qabul qilinishi va tematikasini hisobga oladigan dam olish (tadbir) ssenariysini tuzish;

  • yo‘nalishda turistlarning har xil bo‘lish ehtimoli bor xizmatlar bog‘liqligini ko‘zda tutgan holda ishlab chiqilgan ssenariy asosida to‘liq xizmat ko‘rsatish kompleksini amalga oshirish;

  • ob-havo va boshqa sabablarga ko‘ra dasturga o‘zgartirish kiritilganda animatorlaning turistlar bilan ishlashi. Umuman animatsion turizm faoliyati deganda xordiq chiqarish-tomosha va servis komplekslarining har bir turist dam olishiga va xizmat ko‘rsatishga shaxsiy yondashuvning o‘zaro yaqin hamkoriigini tushunishimiz mumkin.

Asosiy vazifa turistga qiziqarli bo‘lishi, o‘zini dastur qatnashchisi sifatida his qilishi, yaxshi dam olish uchun qulaylik mavjudligidir.
Zamonaviy turizm faoliyatini tashkil etuvchilaridan biri turistik xizmat ko‘rsatish sifatini tartibga solishdir.
Mahsulot sifati - iste’molchilarning ma’lum istaklarini qondirishni ta’minlaydigan xususiyatlar majmuidir.
Xizmatlar sifati - iste’molchilarning taxmin etiladigan yoki belgilangan ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini aniqlaydigan xizmatlar tasniflarining majmuidir.
Turistik xizmat ko‘rsatish sifati - dam olish va sayohat qilish chog‘ida turistlarning istak va ehtiyojlarini qondirish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlar va tadbirlar majmuidir.
Turistik xizmat ko‘rsatishning kompleks harakteri turoperator ishining yagona sifat ko‘rsatkichini ishlab chiqishda qiyinchilik tug‘diradi. Turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini tushunishda turoperator ishi sifatini aniqlashning ikki xil yondashuvi: agentlik va iste’molchi yondashuvi mavjud.
Bu muammoni agentlik yondashuvi natijasi «Turizm: praktika, problemi, perspektivi» (1998 g.№4) jurnalida chop etilgan, BANKO axborot xizmati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot misolida ko‘rib chiqamiz.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish