Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatishning texnologik sxemasi



Download 0,89 Mb.
bet25/45
Sana22.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#838048
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
2 5287265544951568944

Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatishning texnologik sxemasi. Mehmonxonada turistlarga xizmat ko‘rsatishning yopiq texnologik sikli quyidagi asosiy xizmatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Qabul qilish va joylashtirish xizmati;
2. Nomer fondidan foydalanish xizmati;
3. Tijorat xizmati;
4. Texnik muhandislik xizmati;
5. Boshqaruv xizmati.
Bu asosiy xizmatlarni yetkazib berish uchun zarur bo‘ladigan ta’minlovchi xizmatlarning minimal to‘plamidir.
1.Qabul qilish va joylashtirish xizmati: qabul qilish, ro‘yxatga olish, turistlarni nomerlarga joylashtirish, hisob-kitoblar, joylarni bron qilish va turistlarni uyiga yoki boshqa joyga jo‘natishni ta’minlaydi. Qoida bo‘yicha, xizmatni joylashtirish ishlarini menejer boshqaradi va unga ro‘yxatga olish byurosi, porte, administratorlar, xizmat ko‘rsatish byurosi, shveysarlar, garderobchilar, yuk saqlash kamerasi xodimlari, bron qilish xizmatlari bo‘ysunadilar.
2.Nomer fondidan foydalanish xizmati yashash va qo‘shimcha binolar ta’miri hamda texnik xizmat ko‘rsatilishini, odam joylashtirishga tayyorlash, tozalash, kosmetik yoki rejali ta’mirlash uchun nomerlarni foydalanishdan chiqarishni ta’minlaydi. Ushbu xizmat menejeri nomer fondiga xizmat ko‘rsatish va ta’minlash guruhini, qavat xizmatchilarini, farroshlarni, konferansiya boshqalarni boshqaradi.
Bron qilish tizimi dunyoning turli shaharlari bilan aloqada bo‘lgan va tarmoqqa birlashtirgan EHM kompleksini o‘z ichiga oladi. Kompleksning asosiy vazifasi quyidagilar:

  • shu mehmonxona buyurtmasi bo‘yicha nomerlarni bron qilish;

  • boshqa mehmonxonalar buyurtmasi bo‘yicha nomerlarni bron qilish;

  • turli transport turlariga chiptalarni bron qilish;

  • boshqa vazifalar.

Ba’zi hollarda bunday tizim asosiy mehmonxonadagi mahalliy (ichki) masalalarni ham yechadi:

  • mijozlar bilan avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar;

  • nomer fondini rejalashtirish;

  • xodimlar ish haqini hisoblash;

  • moddiy ne’matlarni hisoblash, buxgalteriya hisoboti va boshqalar.

Yirik mehmonxona komplekslari yagona bron qilish tizimlariga ulanadilar. Ularga Sabre, Galileo, Amadeus, Vorldspan kabilar kiradi. Bu bron qilish tizimlari ikki asosiy vazifani bajaradi:
- mehmonxonalarda nomerlarni band qilish;
- chiptalarni poyezd, teploxod va boshqalar narxlarida bron qilish.
Qo‘shimcha va yordamchi xizmatlar bo‘limi ba’zi hollarda o‘z ekskurssion byurosiga, o‘z xo‘jaligiga, ish, kongress va biznes turlarni ta’minlash bo‘yicha maxsus byurolarga, gid-tarjimonlar, ta’minlangan konferens-zal, kabinet, orgtexnika kabilarga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek bu xizmat tarkibiga quyidagilar ham kiradi:
- sartaroshxona va kosmetik salonlar;
- kir yuvish xizmati;
- atele, tikish va oyoq kiyim ustaxonasi;
- maishiy xizmatlar ustaxonalari;
- bolalarga qarash xizmati;
- tibbiy xizmatlar bo‘limi;
- kimyoviy tozalash;
-ijara xizmati;
- boshqa xizmatlar.

Mehmonxonalar klassifikatsiyasi - aniq bir mehmonxona va nomerlarning xizmat ko‘rsatish kriteriylari va standartlariga mos kelishini aniqlashdir. Har bir davlatda qabul qilingan klassifikatsiya standartlarning sifat parametri hisoblanadi va bu uning nufuziga, shakllanishiga, mijozlariga, xizmatlar narxiga ta’sir qiladi.


Mehmonxonalar klassifikatsiyasi xalqaro va milliy darajalarda, shuningdek, mehmonxonalar zanjiri, uyushmalari, ittifoqlari darajasida tartibga solib turiladi. Hozirda 30 dan ortiq klassifikatsiyasi mavjud bo‘lib, ulardan nisbatan keng tarqalganlari quyidagilar:
-yulduzlar tizimi (1dan 5gacha);
-harflar tizimi(A,V,S,D);
- "tojlar" yoki kalitlar tizimi;
- ball tizimi;
- razryadlar tizimi va boshqalar;
Dunyoda yagona tizimning yuzaga kelishi uchun davlatlarning milliy an’analari, madaniy-tarixiy farqlar, sifat kriteriylari to‘siq bo‘ladi. Hozirda O‘zbekistonda mehmonxonalar klassifikatsiyasi tizimi 1 dan 5 yulduzgacha bo‘lgan standart joriy qilingan.
Har bir yulduz kategoriyasi quyidagilar bo‘yicha ma’lum standartlar talablariga javob berishi lozim:
- binolar, inshootlar;
- mehmonxona nomerlari;
- hayot xavfsizligini ta’minlash tizimi;
- qulaylik darajasi;
- asosiy, qo‘shimcha va yordamchi xizmatlar;
- personallar malakasi va boshqalar.
Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha zaruriy xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona (nomer) va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay talab qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir mehmonxonaga razryad berildi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi.
Xizmatlar xili va maishiy qulaylik darajasi jihatidan otellar klassifikatsiyasi butun jahon sivilizatsiyasida qabul qilingan ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida bunday turdagi klassifikatsiyalar davlat tarkibi (Fransiyada markaziy, Ispaniyada mahalliy) ishiga kiradi va maxsus qonunchilik aktlarini ko‘rib chiqish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar (jumladan Shveysariya)da ular rasmiy harakterga ega emas, balki mehmonxona biznesi vakillari tashabbusi bilan kelishib olinadi. Bundan tashqari ko‘pgina mehmonxona zanjirlari, assotsiatsiyalar va ittifoqlar o‘z klassifikatsiyalariga ega. Ularning umumiy soni 30 dan ko‘p. Shu jumladan, yulduzlar tizimi (birdan beshgacha), harflar tizimi (A-V-S-O), «toj» yoki «kalitlar», ballar va boshqalar. Ularni faqat toifa (kategoriya)lari miqdori, ramzlari, balki xizmat ko‘rsatish standartlari bilan ham farqlanadi. Bu farqlar davlatning tarixiy madaniy xususiyatlaridan kelib chiqadi va milliy an’analar, urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Otellarning asosiy mijozlari ichki turistlar hisoblanadi. Ular yil davomida 70-90 % yuklanishni ta’minlaydi. Amalda ana shular mehmonxona bazasiga talab va servis darajasini belgilaydilar.
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi, boshqa binolari mavjudligi, mehmonlar dam olishi va ishbilarmonlar ishlashi uchun jihozlangan binolar borligi, ularga xizmat ko‘rsatish qanday yo‘lga qo‘yilganiga qarab otellar yulduzli klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi. Mehmonxona korxonalarini yulduz bilan ajratish eng ko‘p tarqalgan lekin u ham universal emas. Misol uchun, Ispaniyada birdan besh yulduzagacha mehmonxona kategoriyalari belgilangan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatlisi alohida ajratilgan. Xuddi shuncha kategoriya Fransiyada ham amal qilinadi: yulduzsiz, birdan to‘rt yulduzgacha va to‘rt yulduz «lyuks». Vengriyada otellar esa besh razryadga ega bo‘lib u birdan besh yulduzgachadir.
Korxona moddiy bazasi xilma-xil talablariga asoslangan va uning ekspluatatsiya holati, servis madaniyati va sifati hisobga olingan mehmonxonalar klassifikatsiyasi harakterlidir. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish qanchalik yaxshi tashkil etilsa, joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Mehmonxonalar o‘rtasida jihozlanishi va ko‘rsatayotgan xizmatlari xususiyatlariga qarab, keng profildagi mehmonxonalar ajralib turadi. Ya’ni ular apart-otel (kvartira tipida), motellar, kurort mehmonxonalari, klublar yashash bilan birga va boshqalar.
Turistik biznesda keyingi yillarda «Pucopte» (inglizchadan report - kurort) klass otellar tarmog‘i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‘oq bo‘ylarida joylashgan. Tropik bog‘lar va parklar ko‘rinishidagi yam-yashil daraxtlarga burkangan «risorts» lar jannati dam olish joylaridir. Bu kategoriyadagi otellarga tijorat xizmat «hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi.
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlarga joylashish, ovqatlanish («shved dasturxoni»), ko‘ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish, shuningdek samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. Shinam va uncha qimmat bo‘lmagan dam olish a’lo darajada transport xizmati ko‘rsatish bilan uyg‘unlashib ketgan. Bolalar va uy hayvonlarini nazorat betida qoldirish mumkin. Shuningdek boshqa qulayliklar «Risorte»ni turistlar uchun ayniqsa o‘rta xol sayyohlar uchun yanada jozibador qiladi.
Mulkchilikka munosabat o‘zgarishi kondominium tizimida o‘z aksini topgan. Ya’ni bir necha shaxs birgalikda bitta mulkni egallaydi. Bu g‘arbda keng tarqalgan va mamlakat turistik bozoriga taymsher ko‘rinishida kirib kelgan.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish