Mavzuni mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar:
Turistik reklama e’lonlarini tahlil qiling va ular o‘rtasida inklyuziv turlarni ajrating. O‘z qaroringizni tushuntirib bering.
Biror bir inklyuziv turning asosiy xizmatlar to‘plamini tuzing (qo‘shimcha xizmatlarni inobatga olgan holda).
Tayanch so‘z va iboralar: turistik xizmatlar, xizmat ko‘rsatish darajasi, xizmatlar paketi, buyurtmali turlar, inklyuziv turlar, xizmat ko‘rsatish dasturi.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1. Turistik xizmatlarning xususiyatlarini aytib o‘ting?
2. Xizmat ko‘rsatish darajalarini aytib o‘ting?
3. Xizmatlar paketini xususiyatlari nimada?
4. Xizmat ko‘rsatish dasturi deganda nimani tushunasiz?
5.Xizmat ko‘rsatish dasturini tuzish tartibi haqida so‘zlab bering?
6. Turlarni tashkil qilish texnologiyasi nima bilan aniqlanadi?
7. Optimal xizmat ko‘rsatish dasturi deganda nimani tushunasiz?
V.Mavzu.Turistik firmalar monitoringini amalga oshirishda nazoratning roli
Reja:
5.1.Turistik firmalar faoliyatida nazorat tushunchasi.
5.2. Turistik firmalar faoliyatida nazoratlar tasnifi va turlari.
5.3. Turistik firmalar faoliyatida nazoratning funksiyalari va vazifalari.
5.4. Turfirmalarda ichki nazorat va uni amalga oshirish.
Xizmatlarni loyihalash uchun asos bo‘lib uning qisqacha ta’rifi xizmatlar bozorini tadqiq qilish natijasida olingan va xizmatlar ijrochisining imkoniyatlarini inobatga olgan holda buyurtmachi bilan kelishilgan talablar to‘plami hisoblanadi. Xizmatlar tavsifi tegishli xizmat turiga bo‘lgan davlat standarti talablaridan past bo‘lmasligi lozim. Loyihaga xizmatlar iste’molchilari va ularning mulklariga bo‘lgan xavf xatarni kamaytirish, ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha konkret talablarni kiritish lozim.
Har qanday xizmatlarga bo‘lgan turistlar talabining ifodalovchi hujjatlar o‘zida qo‘yidagilarni saqlashi lozim:
turistlarga xizmat ko‘rsatish usullari, shakllari va jarayonlarining bayoni;
turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tavsifi;
zarur xodimlar soni va ularning kasbiy tayyorgarligi;
xizmat ko‘rsatishni ta’minlashning kafolati;
rekreatsion resurslar mulkdorlari, sanitar-epidemiologik nazorat organlari, yong‘in nazorati va h.k. lar bilan kelishuv.
Xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalash xizmatlarni taqdim etishning alohida bosqichlari va ularning har biri uchun alohida texnologik haritalarni tuzish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Turni loyihalashning natijasi bo‘lib, texnologik hujjatlashtirish hisoblanadi. (texnologik haritalar, yo‘riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va h.k.)
“Turistik sayohat” xizmatini loyihalash 2 bosqichni ko‘zda to‘tadi.
1) Turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq “turistik sayohat” xizmatiga kiruvchi har bir turni loyihalash.
2) “Turistik sayohat” xizmatini umumiy ravishda loyihalash.
Turist talablariga binoan xizmatlarni loyihalashda xizmatni ijro etuvchi tashkilotlarning imkoniyatlari inobatga olinishi lozim. “Turistik sayohat” xizmatining qisqacha tavsifi ma’lum hududdagi rekreatsion resurslar imkoniyatlarini o‘rganish, aholi ehtiyojlari va to‘lov qobiliyatini, hamda turistik sayohatlar turiga bo‘lgan talabni o‘rganish asosida tuziladi. Tavsif turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi loyihasida aniqlashtiriladi. Xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqishda qo‘yidagilar aniqlab olinadi:
sayohat marshruti;
xizmatlar ijrochilari-turistik tashkilotlar ruyxati;
har bir xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xizmatlarni taqdim etish davri;
ekskursiyalar va diqqatga sazovar ob’ektlar tarkibi;
bo‘sh vaqt tadbirlari kompleksi;
marshrut har bir punktiga tashrifning davomiyligi;
sayohatda ishtirok etuvchi turistlar soni;
ichki tashuvlarga mo‘ljallangan transport turlari;
gidlar, ekskursiyachilar, chet ellik vakillar yo‘riqchilar, tarjimonlar shuningdek ularning tayyorgarligiga bo‘lgan talab;
transport vositalarining zaruriy miqdori;
reklama axborot vositalarini tayyorlash tartibi.
Turni loyihalashning natijalari bo‘lib:
turistik sayohatning texnologik haritasi;
tashkilotning yuklanish grafigi;
turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi.
Turistik xizmatlarga bo‘lgan talablar:
Majburiy xayot va sog‘liq, mol-mulk xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi;
Tavsiya etiladigan vazifaga muvofiqlik, bajarishda tezkorlik va aniqlik, komplekslik xizmat ko‘rsatuvchi persanalning aholi qo‘laylik erganomlik, estetiklik.
Do'stlaringiz bilan baham: |